Mavzu: Yorug'likning issiqlik va kimyoviy ta'siri Yorug'lik manbayidan, masalan, elektr lampadan yorug'lik hamma tomonga tarqaladi va atrofdagi narsalarga tushib, ularni isitadi. Yorug'lik ko'zimizga tushib, ko'rish tuyg'usi hosil qiladi. Yorug'lik tarqalishida ta'sir bir jismdan (manbadan) boshqa jismga (qabul qilgichga) uzatiladi deyish mumkin. Umuman olganda, bir jism boshqa jismga ikki xil usulda: yo manbadan qabul qilgichga moddaning ko'chirilishi vositasida yoki jismlar orasidagi muhit holatining o'zgarishi vositasida (modda ko'chirilmasdan) ta'sir qilishi mumkin. Masalan, bizdan biror masofada turgan qo'ng'iroq mo'ljalga olinib, unga shar otilsa-yu, bu shar qo'ng'iroqqa borib tegsa, qo'ng'iroq jiringlaydi Bunda moddani ko'chiramiz. Nyuton yorug'likning korpuskular1 nazariyasi nazariyasi ijodchisi edi. Bu nazariyaga ko'ra, yorug'lik - manbadan har tarafga tarqaluvchi zarrachalar oqimidan zarrachalar oqimidan (moddaning ko'chishidan) iborat. Gyuygensning tasavvurlariga ko'ra, yorug'lik yorug'likyorug'lik alohida, faraziy muhitda - butun fazoni to'ldiruvchi va barcha jismlarning ichiga singuvchi efirda tarqaladigan to'lqindan iborat. Ikkala nazariya ham alohida-alohida holda uzoq vaqt mavjud bo'lib keldi. Ularning hech biri ham ikkinchisi ustidan g'alaba qozona olmadi Yorug'lik dastalari fazoda o'zaro kesishganda bir-biriga hech qanday ta'sir etmasligining sababini korpuskular nazariya asosida izohlab berish qiyin edi. Yorug'lik zarrachalari o'zaro to'qnashib, har tarafga sochilishi kerak-ku, axir. Òo'lqin nazariya buni oson izohlab bera olar edi. Masalan, suv betidagi to'lqinlar bir-biri orqali bemalol o'tadi va bunda ular o'zaro ta'sir etmaydi. Ammo yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalishini va buning natijasida aniq soyalar hosil bo'lishi sababini to'lqin nazariya asosida izohlab berish ancha qiyin edi. Korpuskular nazariyaga ko'ra esa yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalishi inersiya qonunining natijasi deb qaralar edi. Yorug'likning tabiati to'g'risidagi bunday nomuqim ahvol XIX asrning boshigacha, yorug'lik difraksiyasi (yorug'likning to'siqlarni aylanib o'tishi) va yorug'lik interferensiyasi (yorug'lik dastalari bir-biri ustiga tushganda yoritilganlikning kuchayuvi yoki zaiflashuvi) hodisalari kashf etilgan vaqtgacha davom etib keldi. Bu 1 Lotincha korpuskula korpuskula zarracha zarrachazarracha demakdir. kutubxonasi 6 hodisalar faqat to'lqin harakatlar uchun xos. Ularning sababini korpuskular nazariya asosida izohlab bo'lmaydi. Shu sababli to'lqin nazariya uzil-kesil va to'la g'alaba qilgandek bo'ldi. Bunday ishonch XIX asrning ikkinchi yarmida Maksvell yorug'lik elektromagnit to'lqinlarning xususiy holi ekanligini ko'rsatgandan keyin ayniqsa mustahkamlandi. Maksvellning ishlari yorug'likning elektromagnit nazariyasiga asos bo'ldi. Gers elektromagnit to'lqinlarni tajribada aniqlagandan keyin yorug'likning to'lqin kabi tarqalishiga hech qanday shubha qolmadi. Bunga hozir ham shubha yo'q. Ammo XX asr boshida yorug'likning tabiati to'g'risidagi tasavvurlar tubdan o'zgardi. Rad etilgan korpuskular nazariya har holda haqiqatga yaqin ekanligi to'satdan ma'lum bo'lib qoldi. Yorug'lik xuddi zarrachalar oqimi kabi sochiladi va yutiladi. Yorug'lik xuddi zarrachalar oqimi kabi sochiladi va yutiladi. Yorug'likning uzlukli ekanligi, ya'ni unda kvant xossalari borligi payqaldi. Nuqtaviy yorug'lik ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:31:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.12 MB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:31
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:31 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.12 MB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:31 ]
Arxiv ichida: pptx