Yorug'likning korpuskulyar xususiyatlari

Yorug'likning korpuskulyar xususiyatlari

O'quvchilarga / Fizika
Yorug'likning korpuskulyar xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Yorug'likning korpuskulyar xususiyatlari Reja: Fotoelektrik effekti Fotoelementlar va ularning qo'llanilishi 1. Fotoelektrik effekti 1887 yilda nemis fizigi G.Gers tomonidan kashf qilindi va 188-1890 yillarda A.G.Stoletov tomonidan eksperimental tadqiq qilindi. 1990 yilda fotoeffekt hodisasi F.Leonard tomonidan yetarlicha o'rganildi. Bu vaqtga kelib elektron (D.Tomson 1897 yil) kashf etilgan edi, va ma'lum bo'ldiki fotoeffekt (yoki aniqrog'i tashqi fotoeffekt) moddadan unga tushadigan yorug'lik ta'sirida elektronlarni yulib olishdan iborat ekan. Fotoeffektni tadqiq qilish tajribasining qurilmasining chizmasi 16.1-rasmda tasvirlangan. Tajribalarda yuzasi yaxshi tozalangan ikkita metall elektrodli shisha vakuumli ballon ishlatiladi. Elektrodlarga ikki tomonlama kalit yordamida qutblarini o'zgartirish mumkin bo'lgan birmuncha kuchlanish U beriladi. Elektrodlardan biri (katod K) kvars darcha orqali  to'lqin uzunlikli monoxromatik yorug'lik bilan yoritiladi. 16.2-rasmda katodga tushib turgan yorug'lik oqimini ikki xil qiymati uchun olingan odatdagi egri chiziqli bog'lanish grafigi tasvirlangan. Grafik shuni ko'rsatadiki, А anoddagi yetarlicha katta musbat kuchlanishlarda fototok to'yinishga erishadi. Chunki, katoddan yorug'lik ta'sirida uzib olingan elektronlar anodga yetib boradi. Puxta qilingan o'lchashlar shuni ko'rsatadiki, to'yinish toki katodga tushadigan yorug'lik intensivligiga to'g'ri proporsional ekan. Anoddagi kuchlanish manfiy bo'lganda, katod va anod o'rtasidagi elektr maydoni elektronlarni to'xtatadi. Kinetik energiyasi |eU| dan katta bo'lgan elektronlargina anodga yetishi mumkin. Agar anoddagi kuchlanish Ut, dan oz bo'lsa, fototok to'xtaydi. Ut ni o'lchab, fotoelektronlarning maksimal kinetik energiyasini aniqlash mumkin: Ut qiymatining tushadigan yorug'lik oqimi intensivligiga bog'liq emasligi olimlarni ajablantirdi. O'lchashlar shuni ko'rsatadiki, to'xtatuvchi potensial  yorug'lik chastotasi ortishi bilan chiziqli ortib borar ekan. Ko'p sonli eksperiment natijalari asosida fotoeffektning quyidagi asosiy qonunlari aniqlandi: 1. Fotoelektronlar maksimal kinetik energiyasi yorug'lik ( chastotasini ortishi bilan chiziqli o'sib boradi va u yorug'lik intensivligiga bog'liq emas. 2. Har bir modda uchun fotoeffektning qizil chegarasi mavjud, ya'ni tashqi fotoeffekt hodisasi sodir bo'lishining min - eng minimal chastotasi. Bundan kichik chastota bilan yorug'lik tushsa fotoeffekt hosil bo'lmaydi. 3. Vaqt birligi ichida yorug'lik yordamida katoddan yulib Olingan fotoelektronlar soni bu vaqtda yutilgan yorug'lik to'lqini energiyasiga to'g'ri proporsional. 4. Fotoeffekt aslida inersiyasiz, yorug'lik chastotasi min, bo'lgan sharoitda fototok katod yoritilishi bilanoq birdan paydo bo'ladi (10-9s). Fotoeffekt negizidagi bu qonuniyatlar mumtoz fizikaning yorug'likning moddabilan o'zaro ta'siri haqidagi tasavvurni qarama-qarshi qilib qo'ydi. To'lqin tasavvuriga binoan elektron yorug'lik to'lqini bilan o'zaro ta'siri natijasida asta sekin energiya to'plash kerak va elektron katoddan uchib chiqishi uchun elektron, yorug'lik intensivligiga bog'liq va kerakli bo'lgan energiyani to'plab olishi uchun ancha vaqt talab qilingan bo'lar edi. Hisoblashlar shuni ko'rsatadiki, vaqt minutlar yoki soatlar bilan belgilanishi kerak. Biroq, tajriba ko'rsatganidek fotoelektronlar katod yoritilishi boshlangandan keyin tezda paydo bo'ladi. Bu modelda fotoeffektning qizil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 136.85 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 136.85 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga