Yorug'likning optik jixatdan bir jinsli bo'lmagan muhitdan o'tishi - sochilishi. Reley qonuni

Yorug'likning optik jixatdan bir jinsli bo'lmagan muhitdan o'tishi - sochilishi. Reley qonuni

O'quvchilarga / Fizika
Yorug'likning optik jixatdan bir jinsli bo'lmagan muhitdan o'tishi - sochilishi. Reley qonuni - rasmi

Material tavsifi

yorug'likning optik jihatdan bir jinsli bo'lmagan muhitdan utishi - sochilishi. reley qonuni RYeJA. Optik bir jinsli va bir jinslimas muhitlar. muhit orqali utgan yorug'likning sochilishi. yorug'likning sochilmasligining zaruriy sharti. Optik xira muhitlar. Zarrachalar o'lchami r bilan to'lqin uzunligi λ orasidagi bog'lanish. Xira muhitdan yorug'likni utishdagi sochilishi. Molekulyar sochilish. (Tindal effekti). Reley qonuni. yorug'lik utadigan muhit optik bir jinsli va va optik bir jinsli bo'lmagan muhitga bulinadi. Optik bir jinsli muhit deb-sindirish ko'rsatkichi koordinata ukiga bog'liq bo'lmagan va butun xajmi bo'yicha doimiy bo'lgan muhitga aytiladi. Optik bir jinsli bo'lmagan muhit deb - sindirish ko'rsatkichi doimiy bulmay, bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga muntazam uzgarib turuvchi muhitga aytiladi. Biz yorug'likning yutilishi mavzusida yorug'lik to'lqinlarining muhit orqali utganida elektronlarning majburiy tebranishi haqida fikr yuritdik.Bu tebranish natijasida paydo buladigan ikkilamchi to'lqinlar yorug'lik to'lqini olib kelayotgan energiyasining bir kismini dastlabki yo'nalishdan chetga sochib yuboradi. Bu sochilgan energiya esa shu muhit moddasi uchun tallukli bo'lmagan nurlanish tarzida namoyon bo'ladi , yani sochiladi. Agar muhit mutlako bir jinsli bulsa , yorug'likning to'lqin frontida bir - biridan biror 1 masofada turgan muhit zarrachasining ikkitasidan chikayotgan nurlar bir-birini sundiradi, chunki ular kogorent bo'lib, 2 yullar farqi bilan uchrashadi va interferensiya natijasida bir - birini sundiradi. Demak, optik bir jinsli muhitda hosil bo'lgan ikkilamchi to'lqinlarning kogorent bo'lishii yorug'likni sochilmasligining zaruriy shartidir ( 84 - rasm). 1907 yilda L. I. Mandelshtamning kursatganidek yorug'likning sochilishi fakatgina sindirish ko'rsatkichi bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga muntazam bo'lmagan holda o'zgaruvchi bir jinsli bo'lmagan muhitdagina vujudga keladi. Real muhitlarda optik bir jinslimasliklarning bo'lishi yorug'likning bazi xollarda intensiv va bazi xollarda esa zaifrok sochilishiga olib keladi. Bunday muhitlar optik xira muhitlar deyilib, bunga tutun, tuman, emultsiyalar, kolloid eritmalar, xira shishalar kiradi. Agar muhit bir jinsli bulsa uning teng xajmlarida bir xil o'lchamli zarrachalar soni xam bir xil bo'ladi. Zarrachalarning o'lchamlari har xil bo'lishi bir jinslimasliklarni keltirib chikaradi. Bunday zarrachalarning o'lchamlari to'lqin uzunligidan juda katta bulsa (r ) , sochilgan ikkilamchi nurlar kogorent bulmaydi va ular bir birini interferensiyalamaydi. Shuning uchun optik bir jinslimas muhit yorug'likni xamma tomonga sochadi (85-rasm). Kuzga kurinadigan yorug'lik to'lqin uzunligiga nisbatan zarrachalar o'lchami kichik yani, r yoki r ( 0,10,2 ) bo'lgan holda zarrachalarda bo'lgan sochilishni birinchi bo'lib (1869 yilda) laboratoriya sharoitida Tindal aniklagan edi, shuning uchun yorug'likning sochilish hodisasi tindal - effekt deb xam yuritildi. Tindal kolloidli eritmalarda, shuningdek , gazlarda yorug'likning tarqalishini kuzatish bo'yicha tajribalar qilib kurdi va sochiluvchi nurning kutblanganligini kayd kildi. Keyingi tajribalar, xech qanday begona muallak zarralar bo'lmagan , yani birinchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.99 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.99 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga