Yorug'likning qutblanish hodisasidan foydalanib polyarimetr yordamida eritmalardagi shakarning miqdorini aniqlash Reja: Qisqacha nazariya. Asbobning tuzilishi va ishlash tamoyili. Yorug'likning elektromagnetik nazariyasiga asosan yorug'lik to'lqinlari ko'ndalang to'lqinlardir. Haqiqatan, ham, yorug'lik to'lqinlarning ko'ndalang ekanligini uning kristallardan o'tishda ishonch hosil qilish mumkin. Turmalin kristalida tayyorlangan T1 plastinkaning tekisligi kristall panjaraning o'q deb ataladigan yo'nalishiga parallel bo'lsin. Plastinka orqali uning sirtiga perpendikulyar yo'nalishda yorug'lik o'tkazamiz. Kristallni yorug'lik nuri yo'nalishi atrofida bursak turmalin orqali o'tgan yorug'likning intensivligida hech qanday o'zgarish sezmaymiz, vaxolanki turmalin dastlabki yorug'lik dastasini ikki marta susaytiradi (1-rasm). Demak yorug'lik manbaidan kristallga tushayotgan yorug'lik to'lqini o'zining tarqalishi yo'nalishiga nisbatan assimetriklik qilmaydi. Biroq nur yo'liga yana xuddi shunday T2 turmalin plastinkasi birinchi plastinkaga parallel qilib qo'yilsa, u holda manzara murakkablashadi. Bu yerda o'tayotgan yorug'likning intensivligi kristall plastinkalarning bir-biriga nisbatan joylashishga bog'liq bo'ladi. Agar plastinkalarining o'qi o'zaro parallel bo'lsa yorug'lik intensivligi eng katta, agar plastinkalar o'qi bir-biriga perpendikulyar bo'lsa o'tgan yorug'lik intensivligi nolga teng bo'ladi. Yorug'likning intensivligi burchakga proportsional bo'ladi. - ikkala plastinka o'qlari orasidagi burchak. Bu yerda kristallga elektr vektorlari xilma-xil joylashgan elektromagnetik yorug'lik to'lqinlari to'shganda kristall orqali yarmi o'tadi, shu sababli elektor vektorining yo'nalishi kristall o'qiga parallel bo'lgan to'lqinlar kristalldan o'tadi. Shunday qilib, Ye vektorning vaziyati xilma-xil bo'lgan yorug'likdan Ye ning malum bir yo'nalishiga mos qismini kristall ajratib oladi. Bundan buyon biz Ye elektr vektorining va demak magnit vektori N ning ham vaziyati xilma-xil bo'lgan yorug'likning tabiiy yorug'lik deb, Ye vektorining (N ning ham) yo'nalishi yagona bo'lgan yorug'likni yassi qutblangan yoki chiziqli qutblangan yorug'lik deb ataymiz. Bundan shu kelib chiqadiki, turmalin kristallidan o'tgan tabiiy yorug'lik, qutblangan yorug'likka aylanadi. -4- Ikkinchi plastinkada qutblangan yorug'lik tushadi va plastinkadan uning joylashishiga qarab qutblangan yorug'likning oz yoki ko'p qismi o'tadi, chunonchi elektr vektorining ikkinchi plastinka parallel bo'lgan qismiga mos keladigan qismi o'tadi. K 1-rasm Birinchi plastinkadan o'tgan to'lqinning elektr vektorining yo'nalishi, ikkinchi plastinkadan o'tgan yorug'likning amplitudasi - ga intensivligi esa - ga proportsionaldir, elektr vektori Ye joylashgan tekislik qutblangan yorug'likning tebranish tekisligi deb, magnit vektori joylashgan tekislik bazan qutblanish tekisligi deb ataladi. Ikki dielektrik chegarasida yorug'lik qaytganda yoki singanda ham yorug'likning qutblanishi yuz beradi. Buni Malyus kashf etgan. Bunday qutblanishni quyidagi tajribadan kuzatish mumkin (2-rasm). 0 2-rasm. - manbadan chiqayotgan tabiiy yorug'likning parallel nurlar dastasi - shisha ko'zguga tushayotgan bo'lsin, bu ko'zgu 0 aylantiruvchi -5- yon tomondan qoplagich shisha plastinka keltirilib shunday o'rnatiladiki, bu holda plastinka ostida havo pufakchasi qolmasin. Eritmaning burish burchagini aniqlashdan oldin, kyuvetasiz (eritmasiz) polyarimetrning ko'rsatishini yozib olinadi yoki kyuveta distrlangan suv bilan to'lg'azilib ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:31:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.59 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:31 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.59 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:31 ]
Arxiv ichida: doc