Yorug'likning qutblanishi va kristallar optikasi

Yorug'likning qutblanishi va kristallar optikasi

O'quvchilarga / Fizika
Yorug'likning qutblanishi va kristallar optikasi - rasmi

Material tavsifi

Yorug'likning qutblanishi va kristallar optikasi Reja: Malyus qonuni Yorug'likning qaytishda va sinishda qutblanishi Yorug'likning ikkiga ajralib sinishidagi qutblanish Yorug'likning elliptik va doiraviy qutblanishi Xulosa 1. Malyus qonuni XIX asrning boshlarida T.Yung va O.Frenel yorug'likning to'lqin nazariyasini rivojlantirganda, yorug'likning to'lqin tabiati noma'lum edi. Dastlab, yorug'lik butun olamni to'ldirib turuvchi muhit-efirda tarqaluvchi bo'ylama to'lqin bo'lsa kerak, - deb o'ylashdi. Interferensiya va difraksiya hodisalarini o'rganishda yorug'likni bo'ylama yoki ko'ndalang to'lqin ekanligi ikkinchi darajali edi. Birinchi marta T.Yung (1816 y.) yorug'lik to'lqin xususiyatiga ega ekanligi haqida gapirgan. Frenel ham Yungdan bexabar holda ko'pgina tadqiqot natijalariga asoslanib kristallarda yorug'likni ikkiga ajralib sinishi nazariyasini yaratib yorug'lik to'lqini ko'ndalang to'lqin ekanligi konsepsiyasini ilgari surdi. Bu hodisalardan ma'lum bo'ldiki, yorug'lik ko'ndalang to'lqin ekan. Asta sekin tadqiqot natijalari yig'ilib yorug'likning ko'ndalang to'lqin ekanligi uzil-kesil isbotlandi. Fransuz injeneri E.Malyus 1809 yilda o'zining nomi bilan ataladigan qonunni kashf etdi. Malyusning tajribasida yorug'lik ikkita bir xil turmalin plastinkasidan o'tkaziladi (turmalin tiniq yashilroq rangdagi kristall modda). Plastinkalarni o'q atrofida bir-biriga nisbatan (burchakga burish mumkin (rasm). O'tuvchi yorug'lik intensivligi cos2 ga to'g'ri proporsional ekan: Yorug'likning ikkiga ajralib sinishini ham, Malyus qonunini ham yorug'likni bo'ylama xususiyatidan kelib chiqib tushuntirib bo'lmaydi. Yorug'likni ko'ndalang to'lqin ekanligidan kelib chiqilsa, bu hodisalar osongina tushuntiriladi. Quyidagi rasmda ko'ndalang to'lqin tarqalishini mexanik modeli keltirilgan. Elektromagnit to'lqinda vektorlar o'zaro perpendikulyar bo'lib, to'lqin tarqalishi yo'nalishiga perpendikulyar tekislikda yotadi (11.2-rasm). Hamma vaqt yorug'likning modda bilan o'zaro ta'siri jarayonida elektr vektori muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun ham vektor yorug'lik vektori ham deb yuritiladi. Agar elektromagnit to'lqin tarqalish jarayonida yorug'lik vektori o'zining oriyentatsiyasini saqlasa, bunday to'lqin chiziqli-qutblangan yoki yassi qutblangan (to'lqinlarni qutblanishi termini, ko'ndalang mexanik to'lqinlarga nisbatan Malyus tomonidan kiritilgan) deyiladi. Yorug'lik vektori tebranayotgan tekislik tebranish tekisligi deb (11.2-rasmda, u z tekisligi), magnit vektori tebranayotgan tekislik (x z - tekisligi) esa, qutblanish tekisligi deb yuritiladi. Lazerlar chiziqli qutblangan nur chiqaradi. Yorug'lik qaytishi va sinishida ham qutblanishi mumkin. Masalan, ko'k yorug'lik osmonda qisman yoki to'la qutblangan bo'ladi. Biroq, oddiy manbalar nurlantiradigan yorug'lik (masalan quyosh nuri, lampalar nurlanishi va boshqalar) qutblanmagan. Bunday manbalardan chiqadigan nurlanish har xil vaqtda bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda ko'p sonli atomlar nurlanishidan iboratdir. Shuning uchun natijaviy to'lqin vektorining oriyentatsiyasi vaqt bo'yicha tartibsiz o'zgaradi. Natijada barcha yo'nalishlar bo'yicha tebranishlar o'zaro teng bo'ladi. Bunday qutblanmagan yorug'lik tabiiy yorug'lik deb ataladi (11.3-rasm, a). а) b) rasm. a - tabiiy yorug'lik, b - qutblangan yorug'lik 2. Yorug'likning qaytishda va sinishda qutblanishi Tabiiy yorug'lik manbaidan tarqalayotgan yorug'lik qutblanmagan bo'ladi, ya'ni barcha yo'nalishlarda tebranishlar mavjud bo'ladi. Tabiiy yorug'lik nurini sindirish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 363.96 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 363.96 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga