Yorug'likning tabiiy va sun'iy manbalari

Yorug'likning tabiiy va sun'iy manbalari

O'quvchilarga / Fizika
Yorug'likning tabiiy va sun'iy manbalari - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 47-mavzu: Yorug'likning tabiiy va sun'iy manbalari KIRISH SUHBATI Oldingi mavzularda aytganimizdek, Quyosh Yerdagi energiyaning asosiy manbai bo'lishi bilan birga, undagi organik hayotning sababchisi hamdir. O'simliklar va daraxtlarning o'sishi uchun albatta yorug'lik kerak. Yorug'lik deganda nimani tushunamiz? Ko'rish qanday ro'y beradi? Yorug'lik nima sababdan qalin oynadan o'ta oladi-yu, lekin yupqa karton qog'ozdan o'tmaydi? Qanday tezlik bilan tarqaladi? Bu kabi savollarga insoniyat qadim zamonlardan javob topishga harakat qilgan. Lekin yorug'lik o'z sirlarini, boshqa hodisalarga nisbatan uzoqroq saqlab keldi. Bizning ko'rish orqali atrof olam haqida olgan bilimlarimiz boshqa sezgilarimiz tufayli olgan bilimlardan ancha ko'p. Qadimgi greklar inson ko'zidan qandaydir nurlar chiqadi va ular narsa, buyumlarga tushib uni ko'radi, deb o'ylaganlar. U holda ko'zning ko'rishi kechasi va kunduzi bir xil bo'lishi kerak emasmi? Siz nima deb o'ylaysiz? Keyinchalik ingliz olimi I. Nyuton yorug'likni juda mayda zarralar oqimi deb qarashni taklif qildi. Bu oqimni yorug'lik nuri deb ataladi. Yorug'lik nuri biror manbadan, masalan, Quyoshdan chiqib narsa va buyumlarga tushadi. Ulardan qaytib ko'zimizga tushsa, ularni ko'ramiz deb tushuntiradi. Bunday tushuntirish yorug'lik bilan bog'liq ko'pgina hodisalarni tushuntirsada, ayrimlarini tushuntira olmaydi. Masalan: Qu yoshdan tananing qorayishi, gazmollarning yorug'lik ta'sirida rangi o'chib ketishi, o'simliklar bargining yashil bo'lishi va h.k. Shunday hodisalarni o'rganish jarayonida olimlar yorug'lik tabiati haqidagi boshqa nazariyalarni yaratdilar. Ular bilan Siz navbatdagi sinflarda tanishasiz. O'zlaridan yorug'lik chiqaradigan jismlar yorug'lik manbalari deb ataladi. Masalan, Quyosh, yulduzlar, elektr lampochkasi, yonib turgan sham, gulxan alangasi va h.k. Ayrim jismlar o'zlaridan yorug'lik chiqarmasa-da, boshqa manbadan chiqib, o'ziga tushgan yorug'likni qaytaradi. Masalan, Oy, ko'zgular. Ayrim hasharotlar, baliqlar ham o'zlaridan nur chiqaradi. Yorug'lik manba larini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin: tabiiy va sun'iy manbalar (102-rasm). Quyosh, yulduzlar, chaqmoq, shimol yog'dusi, yaltiroq qo'ng'izlar, ayrim baliqlar, chirindilar yorug'likning tabiiy manbalariga kiradi. Inson aralashuvi bilan hosil qilinadigan yorug'lik manbalariga sun'iy manbalar deyiladi. Ularga elektr lampochkasi, gulxan alangasi, kerosin lampasi, televizor ekrani, elektr va gaz payvandi, lyuminessent lampalar, qizigan gazlar va h.k. lar kiradi. Yorug'lik manbalaridan chiqadigan nur turli rangga ega bo'ladi. Jismlarning yorug'lik chiqarishining asosiy sababi uning qizishidir. Jism temperaturasining yuqori yoki past bo'lishiga qarab, undan chiqayotgan nur rangi ham o'zgaradi. Masalan, elektr lampochkasidan belgilangan tok o'tmasa, u qizarib yonadi va xonani yaxshi yoritmaydi. Yorug'lik ta'sirida ishlaydigan jismlar yorug'likni qabul qilgichlar deyiladi. Inson ko'zi shu vazifani bajaradi. Fotoplyonkalar, fotosurat, videokamera, Quyosh batareyalari, pult bilan boshqariladigan televizor va magnitofonlar shular jumlasidandir. O'simliklarda Quyosh nurlari ta'sirida murakkab jarayonlar boradi va Yerdagi hayot uchun muhim bo'lgan kislorod ajraladi va oqsillar, yog' hosil bo'ladi. Yorug'likning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.69 MB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:32 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.69 MB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga