6-sinf fizika darsligi asosida 50-mavzu: Yorug'likning tezligi. Yorug'likning qaytishi va sinishi Aristotel, yorug'lik nuri bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga bir zumda boradi, deb hisoblagan edi. Yorug'lik tezligini tajribada aniqlashga Galiley uringan. Bir-biridan bir necha kilometr uzoqlikda joylashtirilgan ikkita odamning biriga fonus berilgan. Fonusni bir minutga berkitib ochgan odam vaqtni belgilagan. Ikkinchi kuzatuvchi ko'rgan vaqtini belgilagan. Lekin tajriba muvaffaqiyatsiz tugallangan. Yorug'lik tezligini birinchi bor 1676-yilda daniyalik astronom Olaf Ryomer o'lchashga muvaffaq bo'ldi. Shundan so'ng boshqa olimlar ham yorug'lik tezligini turlicha usulda o'lchadilar. Yorug'lik tezligi juda katta bo'lib, vakuumda v = 300 00 kms ga teng. Tabiatdagi boshqa hech qanday jism yoki zarra bunday tezlikka erisha olmaydi. Yorug'lik bir muhitdan ikkinchisiga o'tganda tezligi o'zgaradi. Masalan, suvda uning tezligi 225 00 kms bo'lsa, shishada 200 00 kms ga teng. Shunday katta tezlik bilan harakatlangan Quyosh nuri Yerga taxminan 8,3 minutda yetib keladi. Yorug'likning qaytishi. Siz ba'zi filmda qafas ichiga qo'yilgan ko'zgu oldiga borib qolgan maymun yoki boshqa hayvonlarning qanday ahvolga tushib qolganligini bir eslab ko'ring. Ular ko'zgu ichiga kirib sirli qiyofadoshini ushlamoqchi bo'ladilar. Suv ichgani kelgan yovvoyi odamlar ham suvda o'z akslarini ko'rib hayratga tushadilar. Bu hodisalarning sababi yorug'likning turli jismlar - ko'zgu, suv yuzasi, deraza oynasi, silliqlangan metall yuzalari va boshqa buyumlardan qaytishidir. Yorug'lik havodan suvga tushganda uning bir qismi qaytadi, bir qismi suv ichiga o'tadi. Yorug'likning qaytishini o'rganish uchun quyidagi qurilmadan foydalaniladi (107-rasm). Optik disk o'rtasiga yassi ko'zgu qo'yib, unga «nurli ko'rsatkich» (lazer) nurini yuboraylik. Shunda ko'zgudan nur qaytganini ko'ramiz. Nurning tushish burchagini o'zgartirib ko'rsak, qaytish burchagi ham unga mos ravishda o'zgarar ekan. Tushish burchagi deb, tushgan nur bilan, nur tushgan nuqtaga o'tkazilgan perpendikulyar orasidagi burchak (a)ga aytiladi. Qaytish burchagi sifatida qaytgan nur bilan, shu nuqtaga o'tkazilgan perpendikulyar orasidagi burchak (y) olinadi. Tajribalar ko'rsatadiki, qaytish burchagi har doim tushish burchagiga teng: Bunga yorug'likning qaytish qonuni deyiladi. Agar buyumning yuzasi mutlaq silliq bo'lganda edi, nur undan faqat bir tomonga qaytgan va biz uni o'sha tomondan qarasakkina, ko'rgan bo'lar edik. Aslida buyumlarning yuzasida g'adir-budurliklar bo'lganligi tufayli undan yorug'lik sochilib ketadi. Sochilgan nur ko'zni charchatmaydi. Shu sababli xonani yorituvchi manbalar yorug'likni sochib yuboradigan qilinadi. Yorug'likning sinishi. Yorug'likning sinishini o'rganish uchun optik diskda yassi ko'zgu o'rniga yarim doira shaklidagi shishani o'rnatamiz (108-rasm). Shishaga nurli ko'rsatkichdan nur yuborilganda, undan bir qism nur qaytganligini (1) va bir qismi sinib, shisha ichiga o'tganligini (2) ko'rish mumkin. Singan nur bilan sinish nuqtasiga o'tkazilgan perpendikulyar orasidagi burchak (B)sinish burchagi deyiladi. Tajribalar ko'rsatadiki, sinish burchagi tushish burchagidan kichik bo'ladi. Demak, yorug'lik nuri ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:31:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.16 MB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:32
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:31 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.16 MB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:32 ]
Arxiv ichida: ppt