6-sinf fizika darsligi asosida 48-mavzu: Yorug'likning tarqalishini o'rganish uchun quyidagi tajribani ko'raylik. Yorug'lik manbai (M) va ekran (E) oralig'iga birorta to'siq (T) qo'yaylik (103-a rasm). Shunda ekranda to'siq hosil qilgan soyani ko'ramiz. Agar manba (M) bilan ekran oralig'iga tirqishi bor to'siqni (TT) qo'ysak, ekranda tirqish shakliga mos yorug' dog'ni ko'ramiz (103-b rasm). Soya chetlaridan to'siqqa tomon chiziqlar tushirsak, ular manbada uchrashadi. Shunday hol yorug' dog' va tirqish orqali to'g'ri chiziq o'tkazilsa ham kuzatiladi. Bundan yorug'lik to'g'ri chiziq bo'ylab tarqaladi, degan xulosaga kelamiz. Shunga ko'ra yorug'likni nur deb ham ataladi. Matematikada ba'zan to'g'ri chiziqni chizishda «nur o'tkazaylik» degan iborani ham ishlatishadi. 104-rasmda buyum orqasida hosil bo'lgan soyani qaraylik. Soyaning o'rta qismi to'la qorong'i, chet qismi esa nimqorong'i. Shunga ko'ra to'la qorong'i qismini soya, nimqorong'i qismini yarim soya deb ataladi. 104-a rasmda buyum ga yorug'lik ikkita manba (S1 va S2 )dan tushgan hol ko'rsatilgan. Buyum orqasida hosil bo'lgan soya qismiga birorta manbadan yorug'lik tushmaydi. Yarim soya qismiga manbaning bittasidan yorug'lik tushadi. Yarim soyadan tashqariga har ikkala manbadan yorug'lik tushadi. Agar shamlardan birini o'chirsak, buyum orqasida faqat soya hosil bo'ladi. 104-b rasmdagi manzarani tushuntirishga harakat qiling! Unda shar o'lchami yorug'lik manbai elektr lampochkasidan ancha kichik. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:31:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
848.5 KB
Ko'rishlar soni
160 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:32
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:31 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
848.5 KB
Ko'rishlar soni
160 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:32 ]
Arxiv ichida: ppt