Yorug'likning to'lqin tabiati

Yorug'likning to'lqin tabiati

O'quvchilarga / Fizika
Yorug'likning to'lqin tabiati - rasmi

Material tavsifi

Yorug'likning to'lqin tabiati Reja: 1. Yorug'lik to'lqinlari. Yassi va sferik to'lqinlar. To'lqin fronti, to'lqin uzunligi, to'lqin soni, fazaviy va guruhiy tezliklar. To'lqinlar energiyasi va intensivligi. Fotometrik kattaliklar va ularining birliklari. 2. Yorug'lik nurlarining monoxromatikligi va kogerentligi. Yorug'lik interferensiyasi. Yorug'lik intenferensiyasini kuzatish usullari. Ikki manba beradigan interferension manzarani hisoblash. Yupqa qatlamlardagi yorug'lik intenferensiyasi. Yorug'lik interferensiyasining qo'llanilishi. Interferometrlar. 3. Yorug'lik difraksiyasi. Gyuygens-Frenel prinsipi. Frenel zonalari. Fraungofer difraksiyasi. Difraksion panjara. Rentgen nurlari difraksiyasi. Golografiya. Tayanch so'z va iboralar: monoxromatiklik, kogerentlik, yorug'lik interferensiyasi, Yung usuli, Frenel ko'zgulari, Frenel biprizmasi, ikki manbadan interferensiya, qo'shni maksimum (minimum)lar orasidagi masofa, yupqa qatlamlardagi interferensiya, maksimum va minimum shartlari, Nyuton halqalari, optikani ravshanlashtirish, qaytaruvchi qatlamlar, interferometrlar, Linnik interferometri. Yorug'lik difraksiyasi, Gyuygens-Frenel prinsipi, Fraungofer difraksiyasi, Frenel difraksiyasi, Frenel zonalari, bir tirqishdan difraksiya, ikki va ko'p tirqishlardan difraksiya, maksimum va minimum shartlari, difraksion panjara, Rentgen nurlari difraksiyasi, golografiya, gologramma. 1. Yorug'lik to'lqinlari. Yassi va sferik to'lqinlar. To'lqin fronti, to'lqin uzunligi, to'lqin soni, fazaviy va guruqiy tezliklar. To'lqinlar energiyasi va intensivligi. Fotometrik kattaliklar va ularining birliklari. Yorug'lik qator hodisalarda to'lqin xususiyatini nomoyon qiladi. Shuning uchun to'lqinlarga oid ba'zi ma'lumotlarni dastlab yaqqollik uchun mexanik to'lqin misolida ko'rib chiqamiz. To'lqin deganda tebranishlarining muhitda (bunga vakuum ham kiradi) tarqalish jarayoni tushuniladi. Yorug'lik to'lqinining tarqalish yo'nalishi nur deb ixtiyoriy vaqtda tebranishlar yetib kelgan muhit zarralarining geometrik o'rinlari to'lqin fronti deb ataladi. To'lqin frontini tebranish sodir bo'layotgan fazoning qismi va tebranish qali boshlanmagan qismini ajratib turuvchi chegaraviy sirt tarzida tasavvur qilish mumkin. To'lqin frontining shakli muhit xossalari, tebranish manbaining shakli va o'lchamlariga bog'liq. Bir jinsli va izotrop muhitda joylashgan nuqtaviy teboranish manbaidan tarqalayotgan to'lqinlarning fronti sferik shaklda bo'ladi. Bunday to'lqinlar sferik to'lqinlar deyiladi. Agar tebranish manbai tekislik shakliga ega bo'lsa, manbaga yaqin soxalardagi to'lqinlar yassi to'lqinlar deb ataladi. Tebranish nurga perpendikulyar bo'lsa, bunday to'lqinlar ko'ndalang to'lqinlar deyiladi. Yorug'lik to'lqini ham ko'ndalang to'lqindir. Muhitning 0 nuqtasiga joylashgan manba t=0 dan boshlab =Acost garmonik tebranma harakat qilayotgan bo'lsin, bu yerda A, -mos ravishda tebranish amplitudasi va chastotasi. Amplituda deb muvozanat vaziyatidan eng katta chetga chiqish 1.1 rasm. kattaligi tushuniladi. 0 nuqtadan x masofa uzoqlikdagi zarraning ixtiyoriy t vaqtdagi siljishi =А cоs (1.1) u - to'lqinining muhitdagi tarqalish tezligi (1.1-rasm). Bu ifoda yuguruvchi to'lqin tenglamasi deb ataladi. To'lqin uzunligi deb bir xil fazada tebranayotgan 2 ta eng yaqin nuqtalar orasidagi masofaga aytiladi. =uТ ekanligidan =Аcоs Mazkur tenglamadagi 2 ni odatda, k harfi bilan belgilanadi va to'lqin soni deb ataladi. U 2 metr uzunlikdagi kesmada joylashadigan to'lqin uzunliklarining sonini ifodalaydi. Yuqoridagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.13 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.13 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga