7-sinf fizika darsligi asosida 29-mavzu: YUKLAMA VA VAZNSIZLIK Yuklama Prujinaga m massali jism osib, uni tinch holatda ushlab turaylik. Muvozanat holati tiklanganda jismning og'irligi: bo'ladi (93-a rasm). Agar prujinani keskin yuqoriga harakatlantirsak, uning muvozanat holatidagiga nisbatan cho'zilganligini ko'ramiz (93-b rasm). Demak, yuqoriga yo'nalgan tezlanishda yukimizning og'irligi ortadi. Buning sababini Nyutonning ikkinchi qonuni yordamida tushuntirish mumkin. Yuk yuqoriga a tezlanish bilan harakatlantirilganida, prujinaga og'irlik kuchidan tashqari qo'shimcha ma kuch ta'sir etadi. Bunda og'irlikning qiymati o'girlik kuchi va qo'shimcha kuch yig'indisiga teng bo'ladi: Jism yuqoriga tik yo'nalishda a tezlanish bilan harakatlanganda, uning og'irligi ma miqdorida ortadi. Bu yuklama deb ataladi. (2) va (1) formulalardagi og'irliklar nisbati n = (g + a)g ga teng bo'lib, yuklamani hosil qiladi. Bu formula yordamida yuklama miqdorini hisoblash mumkin. Demak, yukning o'z ostidagi tayanchga ta'sir etayotgan og'irligining miqdori og'irlik kuchidan tashqari yukning tezlanishi bor yoki yo'qligiga ham bog'liq ekan. Jism og'irligi bilan og'irlik kuchi ayirmasi noldan farqli bo'lishining sababi uning tezlanishga ega ekanligidir. Hayotimizda yuklamaning namoyon bo'lishini ko'p uchratganmiz. Masalan, tinch holatdagi lift ko'tarila boshlaganida, u a tezlanish oladi. Bunda uning ichida turgan odam lift poliga odatdagidan ma ga ko'p kuch bilan bosadi (94-rasm). Raketa katta tezlanish bilan uchirilganda, uning ichidagi kosmonavt katta yuklamaga dosh berishi kerak. Vaznsizlik Endi prujinani yuki bilan birgalikda keskin pastga harakatlantiraylik. Bu harakat boshlanganida ma'lum uzunlikka cho'zilib, muvozanat holatida turgan prujina siqiladi (95-a rasm). Bir zumda prujinaning elastiklik kuchi jismning og'irligi bilan muvozanatga keladi va jism ham pastga a tezlanish bilan harakatlana boshlaydi. Prujina cho'zilishining kamayishi esa jism og'irligi kamayganligini ko'rsatadi. Bunda og'irlik ma ga kamayadi: Jism pastga tik yo'nalishda a tezlanish bilan harakatlanganda, uning og'irligi ma miqdorida kamayadi. Tinch holatda turgan lift pastga harakatlana boshlaganda, u a tezlanish oladi. Bu paytda uning ichidagi odam og'irligi ma ga yengillashadi. Yuk osilgan prujinani qo'yib yuborsak, prujina qisqarib, yuk a = g tezlanish bilan pastga harakatlanadi. Bunda prujinaning shkalasi unga osilgan jismning og'irligi 0 ga tengligini, ya'ni vaznsizlik holatini ko'rsatadi (95-b rasm): Ta'kidlash joizki, jismning og'irligi - bu Yerga tortilishi tufayli jismning tezlanishi a = 0 bo'lganidagi tayanchga yoki osmaga ta'sir etadigan kuchidir (96-a rasm). Erkin tushayotgan jism (a = g da) esa tayanchga yoki osmaga ta'sir etmaydi, ya'ni jism og'irligi nolga teng bo'ladi (95-b rasm). Chunki bunda tayanch ham, osma ham jism bilan birga tushib boradi. Ammo og'irlik kuchi nolga teng emas, chunki ular aynan shu kuch ta'sirida pastga tushib borishadi. Demak, Yer yuziga erkin tushayotgan jism vaznsizlik holatida bo'ladi. Jismlarning erkin tushishida ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:31:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
615.81 KB
Ko'rishlar soni
156 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:33
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:31 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
615.81 KB
Ko'rishlar soni
156 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:33 ]
Arxiv ichida: ppt