Yulduzlarning paydo bo'lishi va evolyutsiyasi

Yulduzlarning paydo bo'lishi va evolyutsiyasi

O'quvchilarga / Fizika
Yulduzlarning paydo bo'lishi va evolyutsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Yulduzlarning paydo bo'lishi va evolyutsiyasi Reja: Yulduzlarning gaz va chang bulutlaridan kondensatsiyalanishi Yulduzlarni gravitetsion siqilish vaqti va ularni asosiy ketma- ketligiga tushishi Yulduzlar evolyutsiyasi jarayonini bosqichlari 1. Yulduzlarning gaz va chang bulutlaridan kondensatsiyalanishi. Yulduzlarning yoshi 106 yillardan (tarrqoq yulduz to'dalari va asosiatsiyalari) dan boshlab 10 10 yilgacha (sharsimon shakildagi to'da yulduzlari uchun) bo'lishi mumkin. Ko'pchilik kuzatuvchilar fikricha yulduzlar yuluzlararo fazodagi diffuz gazlardan kondensatsiyalanadi. Bunday yosh yulduzlar galaktika yelkalaridagi gaz va chang ko'p bo'lgan sohalarda taqsimlanishi bilan tasdiqlanadi. Diffuz tumanliklar galaktika yelkalarida magnit maydon yordamida muvozanatda turadi. Bunday kuchsiz maydon yordamida yulduzlarni muvozanatini saqlab bo'lmaydi. Shuning uchun qari yulduz qoldiqlari bilan kuchsiz bog'langan bo'ladi. Yosh yulduzlar ko'p hollarda to'dalarni tashkil etadi, masalan Orion yulduz to'dasi, unga bir necha ming yosh yulduzlar kiradi. To'dalar yosh yulduzlardan tashqari katta miqdordagi gaz va chang joylashgan bo'ladi. Bunday to'dalardagi gaz tez kengayadi, bundan oldin gaz nisbatan zich gaz massasidan iborat bo'lgan. Diffuz tumanlikdan yulduzlarni kondensatsiyalanish jarayoni hali ohirigacha ma'lum emas. Agar gaz va chang bilan to'ldirilgan ma'lum hajmdagi muhit massasi ma'lum kritik kattalikdan oshsa bu hajmdagi muhit gravitatsiya kuchi ta'siri ostida siqila boshlaydi. Bu jarayonga gravitatsion kondensatsiyalanish jarayoni deyiladi. Kritik kattaligi zichlikga, temperaturaga va o'rtacha molekulyar og'irlikka bog'liq bo'ladi. Hisoblashlarni ko'rsatishicha diffuz materiyani zichligi yetarlicha katta bo'lgandagina yulduzlar kondensatsiyalanishi yetarli sharoitlar tasodifiy fluktuatsiyalar natijasida holsil bo'ladi, lekin qayd qilish mumkinki muhit zichligini oshishi ma'lum regulyar jarayonlar natijasida vujudga kelishi mumkin. Diffuz materiyaning eng zich sohalari globulalar yani fil hartumlari otning boshi shaklidagi tumanlik bo'lsa kerak. Globulalar va fil hartumlari yorqin tumanliklar fonida kuzatiluvchi tiniqmas qora kompakt tuzulishlaridir. Globulalar aylanma yorug' halqa shaklida bo'lib, filning hartumlari teng polosa shaklida bo'lib yorug' materiya ichida ko'rinadi. Globulalar va fil hartumlari yulduzlarni boshlang'ich avlodlari bo'lsa kerak, lekin buni to'g'ri isboti hali mavjud emas. Teskari isboti uchun kometa shaklidagi tumanliklarni olish mumkin. Bunday tumanliklar kometa dumi konusi shaklida ko'rinadi. Odatda bunday tumanlikni boshida T Buzoq Tipidagi yosh siqiluvchi yulduz joylashgan bo'ladi. Bunday yulduz tumanlik ichida kondensatsiyalangan degan fikrlar mavjud. Shu vaqtda yulduzni o'zi formasiga ko'ra fil hartumini eslatadi. Yulduzlar hosil bo'lish jarayonida hali ko'p narsalar nomalumligicha qolyaoti. Barcha izlanuvchi olimlar ham yulduzlar gaz va chang bulutlaridan kondensatsiyalanganligiga ishonmaydi. Akademik Ambarsumyan fikriga ko'ra yulduzlar zichligi katta bo'lgan boshlang'ich paytda ko'rinmaydigan nomalum tabiatli muhitni kengayishi natijasida hosil bo'lgan. Lekin ko'pchilik olimlar yulduzlar gaz va changli muhitdan kondensatsiyalanganligiga isxonadi. 2. Yulduzlarni gravitetsion siqilish vaqti va ularni asosiy ketma-ketligiga tushishi. Yulduzlarni gravitatsion siqilish vaqti ularning yashash vaqtidan ancha kichikdir. Bu vaqt ularning massasiga bog'liqdir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 108.15 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:33 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 108.15 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga