Yupqa plastinkalardagi interferensiya

Yupqa plastinkalardagi interferensiya

O'quvchilarga / Fizika
Yupqa plastinkalardagi interferensiya - rasmi

Material tavsifi

Yupqa plastinkalardagi interferensiya Reja: Kogerent to'lqinlar hosil qilish usullari Interferensiya hodisasiga asoslanib ishlaydigan qurilmalar Yorug'lik interferensiyasining ishlatilishi 1. Kogerent to'lqinlar hosil qilish usullari Yuqorida aytganimizdek, ikkita mustaqil yorug'lik manbai chiqargan yorug'lik to'lqinlari qo'shilganda intensivliklar qo'shilishini kuzatish mumkin, interferensiyani emas. Yuqoridagi mulohazalardan ko'rinadiki, yorug'lik nurlarini interferensiyasini kuzatish uchun kogerent yorug'lik dastalarini hosil qilish kerak. Kogerent yorug'lik manbai olishning eng mumtoz usullaridan biri yuqorida bayon etilgan Yung usulidir. Interferensiya olish usullarini S.I.Vavilov ikki tipga bo'ladi: Frenel tipidagi interferensiya (Yung, biko'zgu, biprizma, bilinza usullari va hokazo). Nyuton tipidagi interferensiya (yupqa pardadagi, ponadagi, Nyuton halqalari va boshqalar). Biz quyida kogerent to'lqinlar hosil qilishning ayrim usullari bilan batafsilroq tanishamiz. Biye bilinzasi. Biye nomi bilan mashhur bo'lgan bu sxema diametri bo'yicha kesilgan linza yordamida amalga oshiriladi; linzaning ikkala yarimi bir-biridan ozgina uzoqlashtiriladi, shu tufayli nurlanuvchi S nuqtaning ikki S1 va S2 haqiqiy tasviri hosil bo'ladi. Yarim linzalar orasidagi yoriqni K ekran yopib turadi (7.1 - rasm). S1 va S2 lardan kelayotgan ikkala yorug'lik oqimi ustma-ust tushgan sohada interferensiya yuz beradi. Interferension maydondagi M nuqtaning yoritilganligi interferensiyalashuvchi ikki nurning yo'l farqiga bog'liq. Chizmadan ko'rinishicha, interferensiyalashuvchi yorug'lik oqimlari fazoviy burchak o'lchamlari orqali belgilanadi, bu burchaklar kattaligi dastalarning ustma-ust tushgan qismlarini aniqlovchi nurlar orasidagi burchakka bog'liq bo'ladi. Bu 2 burchak ustma-ust tushgan dastalar aperturasi deb ataladi. 2 burchakning maksimal qiymati va shartga mos keladi; bu holda ekran cheksizlikda joylashgan bo'ladi. Odatda 2 burchak birmuncha kichik bo'ladi, chunki ekran S1 S2 ga nisbatan katta bo'lgan chekli D masofada joylashgan. 2 aperturaning kattaligi interferension maydonning burchakli o'lchamlarini ifodalaydi, bu maydonning o'rtacha yoritilganligi S1 va S2 manbalar tasvirlarining ravshanligi va burchakli o'lchamlariga bog'liq. Interferensiya maydoni orqali o'tgan to'la oqim shu maydon yuziga va, demak, 2 burchakka proporsionaldir. Interferension maydonda interferensiya tufayli yoritilganlik taqsimoti o'zgaradi, ya'ni interferension polosalar hosil bo'ladi. S dan chiqib interferometrning har bir tarmog'i orqali M ga kelayotgan mos nurlar orasidagi 2 burchak M nuqtadagi interferension effektni aniqlovchi nurlarning yoyilish burchagidan iborat. Amalda bu burchak interferension maydonning har qanday boshqa nuqtasi uchun ham o'shanday qiymatga ega bo'ladi. Bu burchakni biz interferensiya aperturasi deb ataymiz. Interferensiya maydonida unga 2 nurlar uchrashish burchagi mos bo'lib, uning kattaligi 2 burchakka tasvirlar yasash qoidalari orqali bog'langan. Ekrangacha bo'lgan masofa o'zgarmaganda 2 qancha katta bo'lsa, 2 shuncha katta bo'ladi. Interferensiya aperturasining 2 kattaligi manbaning ruxsat etilgan o'lchamlariga ko'p bog'liq. Nazariya va tajribaning ko'rsatishicha, interferensiya aperturasi ortishi bilan manba kengligining ruxsat etilgan o'lchamlari, ya'ni hali aniq interferension manzara ko'rinadigan holdagi o'lchamlari kamayadi. Biye interferometrining asosiy xususiyatlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 54.48 KB
Ko'rishlar soni 155 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 54.48 KB
Ko'rishlar soni 155 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga