Yuqori chastotali signallarni uzatish usullari Optik aloqa, uning afzalliklari va qo'llanish sohalari. Ma'lumki yuqori tezlikdagi signallarni uzatish va qabul qilib olish uchun yuqori darajada o'tkazish qobiliyatiga ega bo'lgan yo'naltiruvchi muhit bo'lishi kerak. Bunday talablarga optik aloqa vositalariga teng keluvchi vositalar hozirgi kunda mavjud emas. Bundan tashqari optik aloqa tizimlari orqali katta hajmdagi axborotlarni xoxlagan masofalarga uzatish mumkin. Foton texnologiyasi asosidagi optik aloqa ya'ni to'liq optik tarmoqlar AON (All-optical Networks) telekommunikatsiya tarmoqlarini kelajagi hisoblanadi. Foton texnologiyasi asosidagi to'liq optik aloqada kommutatsiya, multipleksorlash va regeneratsiyalash optoelektron yoki elektrooptik emas, balki faqat optik texnologiya asosida amalga oshiriladi. Bu bilan qurilmani texnik iqtisodiy ko'rsatkichlari, ishonchliligi va uzatish tezligi bir necha martaga oshadi. Foton texnologiyasini aloqa tarmoqlariga tadbiq etishda optik kommutatorlar, optik regeneratorlar, kuchaytirgichlar, filtrlar, spektr bo'yicha zichlashtirish tizimlari qo'llaniladi. Optik aloqa bu axborot yorug'lik nuri ko'rinishida optik tola bo'ylab yoki ochiq fazo atmosferada uzatiladigan aloqadir. Axborot tola orqali uzatilsa, tolali optik aloqa tizimi, ochiq atmosferada uzatilsa, ochiq optik aloqa tizimi deyiladi. Ochiq optik aloqa tizimlarida nurlanish manbalari elektromagnit to'lqinlarni ochiq fazoga nurlantiradi, bunda nurlanishni tarqalish yo'nalishi faqatgina antennaning yo'nalish diagrammasi bilan aniqlanadi. Ochiq optik aloqa tizimlarining uzatuvchi muhiti o'z navbatida uch turga bo'linadi: atmosfera, kosmik va suv osti aloqa muhitlari. Atmosfera ochiq optik aloqa tizimlarida to'lqinlarni tarqalish xarakteristikasi yetarli darajada ob-havo sharoitlariga bog'liq. Atmosfera va suv osti uzatish muhitlarining fizik bir turda emasligi va ularning tarkibidagi begona zarrachalarni uzatilayotgan nurlanish to'lqini bilan o'zaro ta'sirda bo'lishidan elektromagnit to'lqinlar buziladi. Zarracha o'lchamlarining to'lqin uzunligi bilan taqqoslanadigan darajada yoki katta bo'lishi buzilishlarni oshiradi. Shu sababli atmosfera buzilishlari optik diapazonda turli xarakterga ega. Optik signal tola bo'ylab tarqalganda so'nadi va buziladi. Optik signallarni uzoq masofalarga uzatish maqsadida ma'lum oraliqlarda signallarni buzilish darajasiga qarab regeneratorlar yoki kvant optik kuchaytirgichlar o'rnatiladi. Regenerator kirishida optik signallar elektr signaliga, chiqishida esa elektr signaldan optik signalga aylantiriladi, ya'ni regeneratorlarda elektr signallar kuchaytiriladi, sozlanadi va boshlang'ich formasi tiklanadi. Kvant optik kuchaytirgichlari qo'llanilganda esa so'ngan optik signallar elektr signaliga aylantirib o'tilmasdan kuchaytiriladi. Qo'llaniladigan modulyatsiya turiga qarab tolali optik aloqa tizimlari analog va raqamliga bo'linadi. Analog tolali optik aloqa tizimlarida modulyatsiyaning analog usullari: intensivlik bo'yicha modulyatsiyalash, amplituda, chastota va faza modulyatsiyasi turlari qo'llaniladi. Optik nurlanish manbalarining yuqori nochiziqliligi va analog uzatish uchun talab etiladigan shovqin bardoshlilikni ta'minlash texnik murakkabligi sababli analog tolali optik aloqa tizimlaridan foydalanish chegaralangan. Shunga qaramay bir qator sohalarda qo'llaniladi (optik kabelli televideniyeda, telemetriya, operativ va xizmat aloqa tizimlarida). Raqamli tolali optik aloqa tizimlarida modulyatsiyalashning diskret usullaridan foydalaniladi. Bunda signal tashuvchining biron-bir parametri ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:31:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
984.23 KB
Ko'rishlar soni
260 marta
Ko'chirishlar soni
69 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:33
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:31 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
984.23 KB
Ko'rishlar soni
260 marta
Ko'chirishlar soni
69 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:33 ]
Arxiv ichida: ppt