Yuqori haroratli quyosh qurilmalari Reja: Quyosh energiyasini to'plash yo'llari. Quyosh oshxonalari. Quyosh pechlari. Past temperatura hosil qiladigan qurilmalar tuzilishining soddaligi, arzonligi tufayli ulardan foydalanib kelinmoqda. Ammo bunday qurilmalar yordamida yuqori temperaturalarni hosil qilib bo'lmasligi bu turdagi quyosh qurilmalarining qo'llanish sohalarini ancha chegaralab qo'yadi. Quyosh energiyasidan foydalanib suv qaynatish, bug' hosil qilish, bazi ovqatlarni pishirish, qiyin eriydigan qattiq moddalarni eritish, payvandlash, elektr tokini hosil qilish uchun to'g'ri quyosh radiatsiyasini to'plab yoki jamlash kerak. Quyosh nur energiyasini to'plash uchun qo'llaniladigan qurilmalarni to'plovchilar yoki jamlagichlar deb yuritiladi. To'g'ri quyosh radiatsiyasi oqimini A) linzalar yordamida, B) qaytargichlar yordamida to'plash mumkin. Maktab fizika kursidan malumki, ikki tomoni qavariq linzalar o'ziga tushgan parallel nurlar dastasini bir nuqtada -fokusda to'playdi. Linzalarni katta va kichik o'lchamlarda tayyorlash mumkin. Linzalar juda toza shishadan tayyorlangani va egri sirti juda yaxshilab silliqlangani uchun ularni tayyorlash qimmatga tushadi. Shuning uchun linzalardan jamlagichlar yasash hozirgi vaqtda uncha keng tarqalmagan. Shu vaqtgacha barcha mamlakatlarda to'g'ri quyosh radiatsiyasini to'plash uchun qaytargichlar turidagi jamlagichlardan foydalanilmoqda. Malumki, uziga tushgan nurlar oqimini qaytaruvchi sirt oq - yaltiroq bo'lishi kerak. Shu maqsadda keyingi yillarda oyna ko'zgudan va yaltiratilgan alyuminiyning qaytarish koeffitsiyenti taxminan 0,8; yaltiratilgan alyumiyning qaytarish koeffitsiyenti 0,75 atrofida bo'ladi. Keyingi yillarda qaytarish koeffitsiyenti 0,9 gacha etadigan ustini alyuminiy bilan qoplagan polietilen teraftalat plyonkasi ham jamlagichlar yasashda tobora ko'p qo'llanilmoqda. Talab qilingan kontsentratsiyaga qarab qaytaruvchi sirtlar Paraboloid, Parabolo - silindrik, Fatset, Konussimon shaklda bo'lishi mumkin. Endi biz qaytaruvchi jamlagichlarning to'plash darajasi tushunchasi bilan tanishaylik. Parabola egri chizig'ining o'z simmetriya o'qiga nisbatan aylanishidan hosil bo'lgan sirt paraboloid sirt bo'ladi. Agar paraboloid shakldagi ko'zguga parallel nurlar dastasi tushsa, uning yuzidan qaytgach paraboloid fokusida to'planadi (rasm - 1). Shuning uchun fokusidagi nuqtaning temperaturasi atrofdagi nuqtalarning temperaturasidan ancha yuqori bo'ladi. Rasm. Endi quyosh nurlanishining Yer yuziga tushishini qarab chiqamiz. Yerga tushuvchi quyosh nurlari o'zaro ideal parallel yo'nalgan emas. Quyosh Yerdan ancha uzoq va diametri Yernikidan 109 marta katta bo'lgandan uning burchak diametri 32' ga teng. Shuning uchun ham quyosh nurlari paraboloid qaytargich yuzining istalgan nuqtasiga quyoshning turli nuqtasidan eng ko'pi bilan 0 = 32' burchak ostida tushadi. Agar qaytaruvchi yuzi ideal paraboloid bo'lganida edi, u vaqtda paraboloid yuziga tushish va qaytish burchaklari o'zoro teng bo'lar edi. Ammo amalda paraboloid sirti ideal paraboloid bo'lmaydi. Shuning uchun qaytish burchagi har doim 0 dan katta bo'ladi. Natijada paraboloiddan qaytgan nurlar dastasi paraboloid fokusidan simmetriya o'kiga tik ravishda o'tuvchi tekislik-fokal tekislikdagi fokus nuqtada aniq kesishmasdan, balki fokus nuqtaga nisbatan diametri d bo'lgan yorug' dog'ni hosil qiladi (rasm-2). ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:31:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
196.43 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:31 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
196.43 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:33 ]
Arxiv ichida: doc