Yuqoriga tik otilgan jismning harakati

Yuqoriga tik otilgan jismning harakati

O'quvchilarga / Fizika
Yuqoriga tik otilgan jismning harakati - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 14-mavzu: YUQORIGA TIK OTILGAN JISMNING HARAKATI Har qanday jism yuqoriga otilganida, u qandaydir balandlikka ko'tarilib, yana qaytib yerga tushadi. Endi bu harakatni tahlil qilib ko'raylik. Bizni jism qanday tezlanish bilan harakat qilishi qiziqtiradi. Jism yuqoriga tik otilganda, u tekis sekinlanuvchan harakat qiladi. Bunda jismning erkin tushish tezlanishi g o'rniga manfiy -g olinadi. U holda υ = υ0 + gt formuladan foydalanib, yuqoriga tik otilgan jismning ixtiyoriy t vaqtdagi tezligi quyidagicha topiladi: 49-betdagi (5) formuladan esa yuqoriga tik otilgan jismning ixtiyoriy t vaqtdagi ko'tarilish balandligini aniqlash mumkin: Tajribaning ko'rsatishicha, ma'lum bir nuqtadan yuqoriga tik otilgan jismning yuqoriga ko'tarilishiga qancha vaqt ketsa, shu nuqtaga qaytib tushishiga ham shuncha vaqt ketadi. Masalan, jism υ0 = 20 ms tezlik bilan yuqoriga tik otildi, deylik (45-rasm). g = 10 ms2 deb olib, quyidagi hisoblashlarni bajaraylik. Jism eng yuqori balandlikka ko'tarilganida, uning tezligi υ = 0 bo'ladi. U holda (1) formuladan eng yuqori balandlikka ko'tarilgunga qadar ketgan vaqtni hisoblash mumkin: (2) formulada υ0 = 20 ms deb olib, jism otilgan nuqtadan qancha balandlikka ko'tarilishini hisoblaylik: Jism eng yuqori nuqtaga ko'tarilganida boshlang'ich tezlik υ0 = 0 bo'lib, endi u g tezlanish bilan pastga tusha boshlaydi. Pastga tik harakatlanishida jism 2 sekund davomida qancha masofani bosib o'tishini hisoblaylik: Demak, jism 2 sekundda qancha balandlikka ko'tarilsa, yana 2 sekundda ana shuncha masofani o'tib, otilgan nuqtasiga qaytib tushar ekan. Endi jism qaytib tushishida t = 2 s vaqt o'tganda qanday tezlikka erishishini hisoblaylik: Jism yuqoriga shunday tezlik bilan otilgan edi. Yuqoriga tik otilgan jism qancha vaqt yuqoriga ko'tarilsa, shuncha vaqtda pastga qaytib tushadi. Jism qanday tezlik bilan yuqoriga tik otilgan bo'lsa, u qaytib tushayotib, otilgan nuqtaga yetganida xuddi shunday tezlikka erishadi. Agar (2) formulada tezlanishni nolga teng deb olsak, bu formula tekis harakat formulasiga aylanadi. Yuqoriga tik otilgan jism harakatini tahlil qilish va masalalar yechish uchun, asosan, boshlang'ich tezlik haqidagi ma'lumot kerak bo'ladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 887.06 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:33 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 887.06 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga