Zamonaviy fizikaning yuzaga kelish tarixi Reja: 1. Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi tarixi. 2. Qattiq jismlar fizikasi. 3. Optika va kvant elektrodinamikasi. 4. Past temperaturalar fizikasining ochilish tarixi. Atom va uning yadrosi to'g'risidagi tushunchalar antik davrda malum bo'lsada atom, atom yadrosi va elementar zarra ularning xususiyatlarini o'rganish va atom energetikasidan foydalanish texnika va texnologiyalar rivojlangan XX asrning boshlaridan boshlandi. Atomning Rezerford - Bor modeli, Rezerfordning atomni yadro modeli bilan Borning kvant postulatlarining qo'shilmasidan iborat. Klassik fizika nuqtai nazaridan bunday qo'shish g'ayritabiiy. Klassik mexanika tezlikni (demak, kinetik energiyani) va koordinatani (yani potentsial energiyani) hech qanday sakrab o'zgarishiga yo'l qo'yilmaydi. Elektron orbitalarga asoslangan Bor postulatlariga ko'ra, atom yadrosi maydonidagi elektron faqat tanlangan orbitalar bo'yicha harakat qilish va bir orbitadan ikkinchisiga sakrab o'tishiga natijasida energiyasini ham sakrab o'zgartirish lozim. Bu birinchi - ziddiyatdir. Klassik fizika va Bor postulatlari orasida ikkinchi ziddiyatga ko'ra, klassik elektrodinamika nuqtai nazaridan, egri chiziqli troektoriya bo'yicha harakat qilayotgan elektron o'zidan elektromagnit to'lqin tarqatishi kerak. Natijada uning energiyasi kamayib, borgan sari yadroga yaqinlashib, nihoyat unga «yiqilishi» kerak. Borning birinchi postulati, bunday klassik elektrodinamika nuqtai nazaridan yuz berishi lozim bo'lgan jarayonni rad qiladi. Atom energiyastning kvantlanishi hozirgi zamon mikrodunyo fizikasining fundamental asossini tashkil qiladi. Atomning tuzilishi to'g'risidagi tasvir hosil qilishda Ernest Rezerfordning tajribasidan so'ng uni o'rganish olimlar orasida keng tasavurga sabab bo'ldi. Ernest Rezerford 30 avgust 1971 yili yangi Zelandiyada fermer oilasida tug'ilgan. 1889 yili yangi Zelandiya universitetini filali bo'lgan. Kenterberg-- kollejida o'qidi. 1893 yili kollejni fizika va matematika ixtisosligi bo'yicha aloga bitirib, magistrlik darajasini oldi. U o'zining birinchi ilmiy ishlarini magnit maydoni ta'sirini o'rganishdan boshlagan, uni 1895 yili Angliyaga D.D.Tomson taklifiga binoan keladi va 1896 yili Tomson bilan birgalikda «Gazlardan elektr toki o'tganda rentgen nurlarining ta'siri» haqida ilmiy maqola chop etiladi. Radioaktivlikning ochilishi Rezerfordning ilmiy ishlarini rivojida katta o'rin tutdi va 1898 yili uning «Uranning nurlanishida elektro'tkazuvchanlik» degan temada katta ilmiy maqolasi chop etildi. Bu paytda u Mak-Gill universitetining Monreal (Kanada) nazariy fizika kafedrasining professori edi. U Monrealda 1898-1907 yillarda bo'lib, atom tuzilishi haqida ulkan ishlarni amalga oshirdi va uning «Radiaktivlik» nomli kitobi nashr qilinadi. Bu davrda uning o'zini va mualliflikda 66 ta ilmiy maqolasi chop etildi. 1907 yili Yevropadan aniqrog'i Manchestr universiteti kafedra mudirligi lavozimiga taklif qilindi va u Manchestrga qaytib, o'zini boy tajribasini yosh fiziklarga berish maqsadida ko'plab boshqa mamlakatlardan yosh fiziklar va ximiklarni yig'di. Bular G.Geyger, E.Marsden, K.Fayans, G.Mozli, G.Xeveshi va boshqalar edi. Manchestrga 1912 yil kelgan N.Bor, Rezerford maktabiga juda katta baho bergan edi. Bu ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:31:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.6 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:31 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.6 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:33 ]
Arxiv ichida: doc