8-sinf fizika darsligi asosida 17-mavzu: Zanjirning bir qismi uchun om qonuni Tok kuchining kuchlanishga bog'liqligi Chiqish kuchlanishini o'zgartirish mumkin bo'lgan tok manbaiga nikelin spiralini ulaymiz (60-rasm). Spiraldan o'tayotgan tok kuchini unga ketma-ket ulangan ampermetr, kuchlanishini esa unga parallel ulangan voltmetr yordamida o'lchash mumkin. Spiraldagi kuchlanishni 2 V ga rostlab, kalitni ulaymiz. Kalit ulanganda ampermetr 0,5 A ni ko'rsatsin (60-a rasm). Kalitni uzamiz. Spiraldagi kuchlanishni ikki marta oshirib, uni 4 V ga rostlaymiz. Zanjir kaliti ulanganda ampermetr 1 A ni ko'rsatadi, ya'ni tok kuchi ham 2 marta ortadi (60-b rasm). Tok manbaidan spiral uchlariga 6 V kuchlanishni berganimizda, ampermetr spiraldan o'tayotgan tokning 1,5 A ga teng ekanligini ko'rsatadi. Tajribani shunday davom ettirish mumkin. Tajriba natijalari shuni ko'rsatadiki, o'tkazgich qarshiligi o'zgarmas bo'lganda unga qo'yilgan kuchlanish necha marta ortsa, undagi tok kuchi ham shuncha marta ortar ekan. O'tkazgichdagi tok kuchi shu o'tkazgichning uchlari orasidagi kuchlanisbga to'g'ri proporsionaldir: I~U. (1) Tok kuchining elektr qarshilikka bog'liqligi Avvalgi tajribada spiral o'zgartirilmagan, ya'ni o'tkazgichning elektr qarshiligi o'zgarmas qilib olingan edi. Uning uchlaridagi kuchlanish esa turlicha bo'lgan. Endi o'tkazgich uchlaridagi kuchlanish o'zgarmasdan, uning qarshiligi turlicha bo'lgan holni ko'ramiz. 61-a rasmda tasvirlangan zanjimi yig'aylik. 1, 2, 3, 4 raqamlar har biriniag elektr qarshiligi 1 Q dan bo'lgan spiral o'tkazgichlarni ifodalaydi. Birinchi galda zanjirga 1 raqamli o'tkazgichni ulaylik. Kalit ulanganda, voltmetr 2 V kuchlanishni, ampermetr esa 2 A tok kuchini ko'rsatadi. Ikkinchi galda zanjirga 1 va 2 raqamli o'tkazgichlarni ketma-ket ulaylik. Bu holda ulaming birgalikdagi qarshiligi 2 Q ni tashkil etadi. Kalit ulanganda, voltmetr o'tkazgich uchlaridagi kuchlanish o'zgarmaganligini, ampermetr esa zanjirdan o'tayotgan tok kuchi 2 marta kamayganligini ko'rsatadi (61-b rasm). Endi 1, 2, 3, 4 raqamli o'tkazgichlarni ketma-ket ulab, qarshiligi 4 £2 ga teng bo'lgan o'tkazgichni hosil qilaylik. Kalit ulanganda, o'tkazgich uchlaridagi kuchlanish o'zgarmaganligini, tok kuchi esa birinchi galdagiga nisbatan 4 marta kamayganligini aniqlash mumkin. Bu tajribalardan shunday xulosa chiqadi: kuchlanish o'zgarmas bo'lganda o'tkazgich qarshiligi nccha marta orttirilsa, undan o'tayotgan tok kuchi shuncha marta kamayadi. O'tkazgich uchlari orasidagi kuchlanish o'zgarmas bo'lganda tok kuchi o'tkazgich qarshiligiga teskari proporsionaldir. Om qonuni Elektr zanjirdagi tok kuchi unga ulangan o'tkazgich uchlaridagi kuchlanish va o'tkazgichning qarshiligi orasidagi bog'lanish nemis olimi Georg Om sharafiga Om qonuni deb ataladi. Bu qonun 1827-yilda kashf qilingan. Yuqoridagi ikkala tajriba xulosalarini umumlashtirib, tok kuchi I, kuchlanish U va qarshilik R orasidagi bog'lanishni quyidagicha ifodalash mumkin: Bu formula zanjirning bir qismi uchun Om qonunini ifodalaydi. Elektr zanjirning bir qismi uchun Om qonuni quyidagicha ta'riflanadi: O'tkazgichdan o'tayotgan tok kuchi uning uchlariga qo'yilgan ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:31:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.39 MB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:33
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:31 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.39 MB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:33 ]
Arxiv ichida: ppt