Zarralar va maydonlar

Zarralar va maydonlar

O'quvchilarga / Fizika
Zarralar va maydonlar - rasmi

Material tavsifi

Zarralar va maydonlar Reja: 1. Maydon nazariyasi tushunchalari 2. Maydon formalizmi 3. Skalyar maydon. 4. Vektor maydon Zarralar va maydonlar. Zarralar va maydonlar Saqlanish qonunlari Zarralar va maydonlar orasidagi mosliklar Zarralar orasida bo'ladigan turli jarayonlarni yagona maydon nuqtai -nazaridan o'rganish uchun oldin zarralar xossalari to'g'risida to'xtalamiz. Relyativistik zarraning muhim xarakteristikasi uning massasidir. Nisbiylik nazariyasiga ko'ra yoki sistemasida bo'ladi va shu sababli massani energetik shkalada ham o'lchasa bo'ladi. Zarraning ikkinchi muhim xarakteristikasi uning spinidir. Spin kvantlangan bo'lib, tabiiy sanoq sistemasida elektron va proton spini 12 ga, fotonniki esa 1ga teng va hokazo. Zarrachaning uchinchi xossasi uning elektr zaryadidir. Elektr zaryadi ham kvantlangan bo'lib, barcha zarrachalar zaryadi elementar zaryad - e ga karrali bo'ladi. Zarrachaning to'rtinchi xususiyati uning yashash vaqtidir. Faqat elektron, proton, foton va neytrinolar va ularning antizarrachalari stabil hisoblanadi. Qolgan barcha zarralar nostabil bo'lib qonun bo'yicha boshqa zarrachalarga parchalanadi. Bu yerda zarachaning yashash vaqti deyiladi. Masalan, neytron min vaqt ichida sxema bo'yicha parchalanadi. Zarrachalar o'zaro ta'sirlashadilar va bir-birlariga aylanadilar va shu sababli ular nostabildir. Zarrachalarning' o'zaro ta'siri 4 xil bo'ladi. 1 Kuchli ta'sir 2 Elektromagnit ta'sir 3 Kuchsiz ta'sir 4 Gravitatsion ta'sir Bunday o'zaro ta'sirlarda saqlanish qonunlari bajarilishi kerak. Bu saqlanish qonunlari orasida energiyaning, impulsning va harakat miqdori momentining saqlanish qonunlari fazo - vaqt simmetriyasi natijasida kelib chiqadi. Bundan tashqari elektr va barion zaryadlarining saqlanish qonunlari ham universal hisoblanadi. Lekin barion zaryadi saqlanish qonuni ichki simmetriyaga asoslangan. Ichki simmetriyaga asoslangan yana izotop spin saqlanish qonuni mavjud. Izotop simmetriya-izotop spin saqlanish qonuni kuchli o'zaro ta'sirida saqlanadi, elektromagnit va kuchsiz ta'sirda esa buziladi. Juftlik saqlanish qonuni esa (to'lqin funksiyaning fazoviy o'qlariga nisbatan aks ettirish operatsiyasiga nisbatan) kuchli va elektromagnit ta'sirida saqlanadi, kuchsiz ta'sirda buziladi. S va C kvant sonlari ham kuchsiz ta'sirda buziladi. Endi maydon tushunchasini qaraymiz. Maydon o'zi cheksiz erkinlik darajali fizik sistemadir. Maydon tushunchasi ta'sirning ma'lum masofaga bir paytda uzatilishi tasavvuridan voz kechilganidan kelib chiqqan. Ikkita zarra orasidagi fazo maydon bilan to'ldirilgan deb faraz qilib, ular orasidagi ta'sir shu maydon orqali chekli tezlik bilan uzatiladi. Klassik maydon tushunchasining kiritilishi mana shu zaruriyat bilan bog'liqdir. Zarrachalar fizikasida esa relyativistik kvantlangan maydonlar asosiy rolni o'ynaydi. Kvantlangan to'lqin maydon - fundamental fizik konsepsiya bo'lib, uning asosida elementar zarralar xossalari va o'zaro ta'siri nazariyasi quriladi. Maydon konsepsiyasi zarrachalar sistemasi holatini yagona kvantlangan maydon orqali bayon qiladi. Kvantlangan maydon klassik maydonni kvantlash orqali hosil bo'ladi. Bunda maydon funksiyasi maydon operatoriga almashadi va u o'z navbatida tug'ilish va yo'qolish operatorlaridan iborat bo'ladi. Mana shu tutilishi va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 118.3 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 118.3 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga