Kuchaytirgichlar sezgirligining tahlili Reja Kuchaytirgichlar sezgirligining erishish mumkin bo'lgan chegaraviy bo'sag'asi Spektrni o'zgartirib kuchaytirgichlarning sezgirlik chegarasini oshirish Kichik signallarni o'lchashda xalaqitlarga qarshi choralar Kuchaytirgichlar sezgirligining erishish mumkin bo'lgan chegaraviy bo'sag'asi Kuchaytirish koeffitsiyenti ancha yuqori bo'lgan (106) kuchaytirgichning chegaraviy sezgirligi ularning bu parametri bilan emas, kuchaytirgichning va signal manbasining ichki shovqinlari bilan aniqlanadi. Elektron kuchaytirgichlar xususiy shovqinlarining chastotasi bo'yicha shartli ravishda ikki hilga ajratiladi: Oq shovqin. Uning quvvati spektral zichligi (S0) chastotaga bog'liq emas. Flikker shovqin yoki qizg'ish shovqin. Uning quvvati spektral zichligi esa S0 chastotaga teskari proportsional bo'ladi. Bu kattalikni bundan keyin qisqaroq qilib spektral zichlik deb ataymiz. Shuning uchun shovqinning umumiy spektral zichligi (3.1) munosabat bilan ko'rsatilishi mumkin; bu yerda f - shovqin chastotasi; fo - oq va qizg'ish shovqinlar bir xil spektral zichlikka ega bo'lgan, tutashuv takroriyligi. Kuchaytirgichga xos bo'lgan shovqin spektral zichligining chastotaga bog'liqligini ko'rsatuvchi grafik qo'yidagi 3.1-rasmda keltirilgan: Suratdagi S1 chizig'i signal manbasining qarshiligi Ri=0 xol uchun kuchaytirgichning kirishiga keltirilgan umumiy shovqin. Manba qarshiligi Ri oshaversa shovqin sathi ko'payadi va chiziq yuqoridan o'tadi S2. Buning bir nechta sabablari mavjud: Kuchaytirgich shovqiniga kirish tokining signal manbasining qarshiligidan o'tishidagi flyuktuatsiyasi qo'shiladi; Bu shovqinga signal manbasining ichki shovqini qo'shiladi. Har qanday elektr aktiv qarshilikka oq shovqin xosdir. Bu Naykvist formulasidan kelib chiqadi. Unga ko'ra oq shovqinning spektral zichligi: (3.2) Agar Boltsman doimiysi - K=38 10-23 Djk -, absolyut temperatura T=300 K, va manba qarshiligi Ri=1 kOm bo'lsa, spektral zichlikning qiymati SR= 16.6 10-18 B2Gts bo'ladi. Shovqin kuchlanishining kuchaytirgich chiqishidagi dispersiyasi shovqin spektrini barcha chastotalar bo'yicha integrallab topiladi: . (3.3) bu yerda: G(f) - kuchaytirgichning amplituda-chastotaviy xarakteristikasi (AChX). S(f) - shovqinning barcha chastotalar bo'yicha spektral zichligi. Oddiy holda kuchaytirgich past chastotalar filtriga (PTF) ekvivalent bo'lsa, uning f=0 chastotaga keltirilgan AChX si : (3.4) bu yerda - PChF vaqt doimiysi, - davriy chastota. Unda kirishga keltirilgan S0 spektral zichlikli oq shovqin, kuchaytirgich chiqishida o'rta kvadratik qiymati qo'yidagicha bo'lgan oq shovqin kuchlanishini hosil qiladi: . (3.5) Xususan, manbaning shovqin kuchlanishi: , (3.6) bu yerda SR=4kTRi. Ushbu (3.6) ifoda shovqini yo'q ideal kuchaytirgichning sezgirlik chegarasini ko'rsatadi. Masalan, signal manbasining ichki qarshiligi Ri=1 kOm; vaqt doimiysi = 1c, absolyut harorat T=300 K bo'lsa, kirishga keltirilgan shovqin kuchlanishi V (3.7) bo'ladi. Agar real kuchaytirgich ishlatilsa, mavjud manba shovqiniga kuchaytirgichning xususiy shovqini qo'shiladi. Uning o'z (xususiy) shovqinining xususiyati shundaki, chastota kamaysa shovqinning spektral zichligi cheksiz osha boradi. Masalan, chastotaviy oralig'ining pastki chegarasi fp noldan farqli bo'lgan o'zgaruvchan tok kuchaytirgichi uchun kirishga keltirilgan kuchaytirgichning xususiy shovqini yuqoridagi ...

Joylangan
09 May 2024 | 10:18:31
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
151.31 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 May 2024 [ 10:18 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
151.31 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:39 ]
Arxiv ichida: doc