Atom tuzilishining Tomson modeli 1897 yilda J.Tomson tomonidan elektron kashf qilindi. 1901 yilda esa Tomson atom tuzilishining birinchi modelini taklif qildi. Tomson modeliga asosan atom musbat zaryadlangan sfera bo'lib, unda manfiy zaryadlangan elektronlar taqsimlangan. Sferaning yig'indi musbat zaryadi elektronlarning yig'indi manfiy zaryadiga teng bo'lib, atom sistemasi bir butun holda neytraldir. Musbat zaryadlangan sferaning o'lchami butun atomning radiusi tartibida, ya'ni 10-10m. Atomning nurlanishi elektronlarning muvozanat holatlari atrofida kichik tebranishlari natijasida hosil bo'ladi. Tomson modelida atomga tushgan alfa-() zarra juda kichik Bu formulada e - sfera zaryadi, R - uning radiusi, r - elektronning muvozanat holatdan chetlanishi. Muvozanat holatdan (sfera markazidan) r - oraliqda turgan elektronga ta'sir etadigan kvazielastik kuch quyidagicha ifodalanadi: chastota bilan tebranadi. 77 (4.3) formulada m - elektron massasi, R - atom radiusi, e - elektron zaryadi. Tomson modelidan foydalanib atom radiusi (o'lchami) aniqlangan. (4.3) formuladan: Spektrning ko'rinadigan sohasida λ=6×10-5sm to'lqin uzunligiga, =3×1015s-1 chastota mos keladi. U vaqtda (4.4)ga asosan atom radiusini hisoblash mumkin (e=1,6×10-19Kl, m=9,11×10-31kg). R ning bu qiymati atomning gazokinetik o'lchamiga to'g'ri keladi.Buni Tomson modelining tasdig'i ham deyish mumkin. Keyinchalik Tomson modelining yaroqsizligi aniqlandi. Tomson modeli hozirgi vaqtda atom tuzilishi haqidagi tasavvurlarning rivojlanish bosqichlaridan biri sifatida tarixiy ahamiyatga egadir. ...

Joylangan
24 Jul 2022 | 23:27:28
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.98 KB
Ko'rishlar soni
536 marta
Ko'chirishlar soni
51 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 13:59
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Jul 2022 [ 23:27 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.98 KB
Ko'rishlar soni
536 marta
Ko'chirishlar soni
51 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 13:59 ]
Arxiv ichida: docx