Yarimo'tkazgichlarda elektron kovak o'tishlarni hosil qilish va ularning xossalarini o'rganish
Yarimo'tkazgichlarda elektron-kovak o'tishlar va ularning xossalari.
Elektron-kovak o'tish va uning turlari
Metall-yarimo'tkazgich kontakti va uning xossalari
Yarimo'tkazgichning yarimo'tkazgich bilan kontakti va uning xossalari
Geteroo'tishlarda p-n o'tishning hosil bo'lishi
Yarimo'tkazgichli diodlar olish texnologiyasi.
Past chastotali diodlar
O'ta yuqori chastotaga mo'ljallangan diodlar
Stabilitron va stabistorlar
Tunnel diodlar va varikaplar olish texnologiyasi
p-n o'tishning parametrlari va xarakteristikalari.
p-n o'tishning voltamper xarakteristikalari.
p-p o'tishning parametrlari
Yarimo'tkazgichli diod xossalarini amaliy o'rganish.
Diod xossalarini amaliy o'rganish qurilmalari sxemasi
Diod xossalarini amaliy o'rganish nataijalari
O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti umumiy fizika kafedrasi MUSAYeV ODILBYeKning 5440100-Fizika ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini olish uchun Yarimo'tkazgichlarda elektron -kovak o'tishlarni hosil qilish va ularning xossalarini o'rganish mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi Ilmiy rahbar: Risboev T.R. fizika- matematika fanlari nomzodi, GulDU Umumiy fizika kafedrasi dotsenti. guliston - 2013 y. Mundarija Kirish. 3 Asosiy qism. I-BOB.Yarimo'tkazgichlarda elektron-kovak o'tishlar va ularning xossalari. 1-§. Elektron-kovak o'tish va uning turlari……5 2-§. Metall-yarimo'tkazgich kontakti va uning xossalari……13 3-§. Yarimo'tkazgichning yarimo'tkazgich bilan kontakti va uning xossalari……16 4-§. Geteroo'tishlarda r-n o'tishning hosil bo'lishi……20 II-BOB. Yarimo'tkazgichli diodlar olish texnologiyasi. 1-§. Past chastotali diodlar24 2-§. O'ta yuqori chastotaga mo'ljallangan diodlar27 3-§. Stabilitron va stabistorlar27 4-§. Tunnel diodlar va varikaplar olish texnologiyasi28 II -BOB. r-n -o'tishning parametrlari va xarakteristikalari. 1-§. r-n -o'tishning voltamper xarakteristikalari. 30 2-§. r-p -o'tishning parametrlari……33 IV-BOB. Yarimo'tkazgichli diod xossalarini amaliy o'rganish. 1-§. Diod xossalarini amaliy o'rganish qurilmalari sxemasi……35 2-§. Diod xossalarini amaliy o'rganish nataijalari ……35 Xulosa. 36 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. 39 KIRISh Mavzuning dolzarbligi. Insoniyat hayotining hozirgi kundagi darajasini zamonaviy texnika vositalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi Bu borada yangi texnika vositalarini yaratishda yarimo'tkazgich moddalar alohida ahamiyatga ega bo'lmoqda. Hozir yarimo'tkazgichlar qo'llanilmaydigan soha topilmaydi. Yarimo'tkazgichlardan tayyorlangan asboblar endilikda avtomatika, radioelektronika, televideniya, kompyuter texnikasi kabi turmushimizning ravnaqi va muhtashamligini belgilab berayotgan sohalardagi ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi. Yarimo'tkazgich asboblar ishlatilgan va qishloq xo'jaligida temperaturani aniq o'lchashda, tuproqning namligini aniqlashda, o'simlik va hayvonlarning eng muhim xususiyatlarini baholashda va boshqa ishlarni bajarishga yaroqli qurilmalardan foydalanish ko'lami kengayib bormoqda. Yarimo'tkazgich moddalar o'zining tuzilishi jihatdan qattiq jismlar guruhiga kiradi. Lekin ular o'zining qator xossalari bilan boshqa qattiq jismlarga nisbatan fan, texnika va turmushda tobora keng ko'lamda qo'llanilib bormoqda. Buning asosiy sabablari yarimo'tkazgich moddalarning o'lchashlari, hajmi kichik, ishlash muddati katta va ishonchli, tashqi ta'sirlarga chidamli va bajaradigan xizmatlari doirasi juda keng. Mavzuning ilmiyligi. Binobarin, yarimo'tkazgich moddalar va asboblarni tadqiq etish, ularning imkoniyatlarini kengaytirish hamda yangi xossalarini kashf qilish masalalari hozirgi zamon fanida muhim o'rin tutadi. Yarimo'tkazgichning ajoyib xossalari namoyon bo'ladigan sifatli moddalar olish texnologiyasi hozirgi zamon elektronika sanoatida katta va muhim o'rin tutmoqda. Bu o'rinda yarimo'tkazgichli asboblar va ularni ishlab chiqarish texnologiyasining rivoji hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lmoqda. Integral mikrosxemalar va diskret yarimo'tkazgichli asboblar ishlab chiqarishda epitaksial jarayonlar eng oldingi o'rinni egallaydi. Epitaksial texnologiya qo'llanilishi keyingi 10-15 yil ichida sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni 4-5 marta oshirib yubordi. Mavzuning maqsadi. Ushbu ishda yarimo'tkazgichli elektron asboblarning ishlashining asosini tashkil etadigan elektron-kovak- o'tishlarning xossalarini, hosil qilinish usullarini hamda elektron-kovak - ...