Yarim o'tkazgichli diod xarakteristikasi va parametrlarini tadqiq etish Ishning maqsadi: Yarim o'tkazgichli diod (YaD) asosiy xarakteristikalari va parametrlarini hamda ularga tashqi muhit temperaturasining ta'sirini tadqiq etish. 1. Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik: YaD - n va r turli o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan ikkita yarim o'tkazgichlar kontaktidan iborat bo'lgan hamda bir tomonlama o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan elektron asbob. YaD VAXsi 1.1-rasmda keltirilgan. Bu yerda 1- nazariy xarakteristika, 2- real asbob xarakteristikasi (bu xarakteristika YaDning yarim o'tkazgich strukturasidagi hajmiy qarshilikni va tashqi kontaklar qarshiligini, YaDdan tok oqib o'tganda undan ajralib chiqayotgan qo'shimcha issiqlikni va x.z.larni hisobga oladi). 1.1 - rasm 1.2. Real yarim o'tkazgichli diod VAXsi 1.1- rasmda keltirilgan. Punktir chiziq bilan quyidagi tenglamaga mos keluvchi ideal VAX ko'rsatilgan: (1.1) T=300 Kda UT=26 mV. Xarakteristikalar yarim o'tkazgichli diod asosiy xossalarini namoyon etadi. Ochiq holatda yarim o'tkazgichli dioddan malum miqdorda to'g'ri tok () oqib o'tadi; bu holat yarim o'tkazgichli diodga to'g'ri kuchlanish berish natijasida ta'minlanadi: Berk holatda yarim o'tkazgichli dioddan juda kichik teskari tok () oqib o'tadi. Bu tokning qiymati germaniyli diodlarda 10-5 - 10-6A, kremniyli diodlarda esa 10-9 - 10-12A tartibga ega. Yarim o'tkazgichli diodning berk holati unga teskari kuchlanish berish natitijasida amalga oshiriladi: 1.1-rasmdan ko'rinib turibdiki, real yarim o'tkazgichli diod VAXsining to'g'ri shoxobchasi nazariy xarakteristikaga nisbatan bo'sag'aviy kuchlanish qiymati bilan ifodalanadigan sezilarli to'g'ri tok yuzaga keladigan ancha yuqori to'g'ri kuchlanish sohasiga siljigan. Germaniyli diodlarda V, kremniyli diodlarda - V. bo'lganda VAX to'g'ri shoxobchasining egilishi diod baza sohasining qarshiligi bilan aniqlanadi. Yarim o'tkazgichli diod VAXsiga tashqi muhit temperaturasining ta'siri 1.2-rasm bilan tushuntiriladi. Temperatura ortganda to'g'ri va teskari tok ortadi. 1.2 - rasm Yarim o'tkazgichli diodga temperatura ta'sirini hisobga oladigan asosiy parametrlar bo'lib quyidagilar hisoblanadi: Kuchlanishning temperaturaviy koeffitsinti αt (1.2) va teskari tokni e martaga o'zgarishiga mos keluvchi temperatura t* : (1.3) 2. Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq: 2.1. Laboratoriya ishini bajarishdan avval sxema (1.3-rasm), o'lchash usullari, qo'llaniladigan o'lchov asboblari bilan tanishib chiqish kerak 2.2. Yarim o'tkazgichli diod VAXsining to'g'ri shoxobchasi ni o'lchang (1.1-rasm). Tajribani ikki turdagi - germaniyli va kremniyli diodlar uchun bajaring. 1.3 - rasm. Tajriba bajarish uchun tavsiyalar: Yarim o'tkazgichli diod to'g'ri toki () kuchlanishga kuchli ravishda bog'liq (1.1- rasm) bo'gani sababli tokni cheklash uchun yarim o'tkazgichli diodga ketma - ket chegaralovchi qarshilik R=560 Om ulash kerak (1.3- rasm). Yarim o'tkazgichli diod VAXsini amalda o'lchash qulay, buning uchun diodga kerakli tok qiymatini berib borib, unga mos keladigan kuchlanish qiymat yozib boriladi. Tajriba vaqtida bo'sag'aviy kuchlanish qiymati ni ( bo'lganda) yozib olish kerak. O'lchash ...

Joylangan
24 Jul 2022 | 23:27:28
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
75.83 KB
Ko'rishlar soni
337 marta
Ko'chirishlar soni
44 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:29
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Jul 2022 [ 23:27 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
75.83 KB
Ko'rishlar soni
337 marta
Ko'chirishlar soni
44 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:29 ]
Arxiv ichida: docx