Real gazlar

Real gazlar

O'quvchilarga / Fizika
Real gazlar - rasmi

Material tavsifi

Real gazlar. Van-der-Vaals tenglamasi. Eksperimental izotermalar. Kritik holat Moddaning qattiq va suyuk holatlari Van-der-Vaals tenglamasi. Ideal gaz holatining parametrlari Klapeyron -Mendeleev tenglamasi deb ataladigan munosabat bilan ifodalanar edi. Klapeyron-Mendeleev tenglamasiga tegishli tuzatmalar kiritib real gaz holatini aks ettiradigan ifodani hosil qilish mumkin. bu vazifani 1873 yilda Van-der-Vaals bajaradi. Real gazning ikki molekulasi bir-biriga o'zaro itarishish kuchlari keskin namoyon buladigan masofagacha yaqinlasha oladilar. boshqacha aytganda, radius bo'lgan shar xajmi o'zaro ta'sirlashayotgan bu ikki molekula markazlari uchun takiklangan xajm bo'ladi. Xar bir molekulaga mos keluvchi takiklangan xajm esa ikki marta kichik, yani ga teng. Bu xajm molekulaning xususiy xajmi dan 4 marta katta. Binobarin, 1 mol real gazning barcha molekulalari uchun takiklangan xajm bo'ladi. Shuning uchun real gazning holat tenglamasida gaz solingan idishning xajmi emas, balki molekulalar harakatlanishi mumkin bo'lgan xajm ishtirok etishi kerak: Ikkinchidan, molekulalar orasidagi o'zaro tortishish kuchlari xam etiborga olinishi kerak. Real gazning bosmi ideal gaz bosimidan kamrok bo'lishi kerak. Devorga yaqinlashayotgan molekulalarning soni ga proportsional bo'ladi. Devorga yokinlashayotgan molekulalarni gazning ichki tomoniga tortadigan molekulalarning soni xam ga proportsional. Bundan real gaz bosimining kamayishi ga, yani ga (chunki ) proportsional bo'lishi kerak, degan xulosaga kelamiz. Shuning uchun real gazning holat tenglamasi quyidagi ko'rinishga keladi: yoki . Mazkur munosabat Van-der Vals tenglamasi deb ataladi. va esa muayyan ga molekulalarini xarakterlovchi doimiylar bo'lib, ularni Van-der Vals tuzatmalari deb xam ataladi. Temperaturaning turli, lekin uzgarmas qiymatlari uchun tenglamaning (pV) diagrammadagi grafiklari tasvirlangan. Ularni Van-der Vals izotermalari deb ataladi. Van-der -Vaals tenglamasining bita ildizi haqiqiy, ikkitasi mavxum bo'lgan xoll yuqori temperaturalarga mos bo'lgan izotermalarda kuzatiladi. Mavxum ildizlar fizik manoga ega emas. Past temperaturalarda Van-der-Vaals tenglamasining uchala ildizi haqiqiy, lekin turli qiymatlarga ega bo'ladi. Mazkur xoll T1, T2, T3 temperaturalardagi izotermalarda aks etgan. Bosimning bitta qiymatiga xajmning uchta qiymati mos keladi. Yanada yuqorirok biror temperaturaga taallukli izotermada uchala nuqta ustma-ust tushadi (K deb belgilangan). Odatda, ni kritik temperatura deb, unga mos bo'lgan izotermani esa kritik izoterma deb ataladi. Demak, kritik temperaturada Van-der-Vaals tenglamasining uchala ildizi haqiqiy bitta qiymatga ega bo'ladi. Eksperimental izotermalar. Kritik holat 1866 yilda ingliz fizigi T. Endryus tomonidan amalga oshirilgan tajribalarda karbonat angidrid gazi uchun izotermik protsesslardagi bosim va xajm orasidagi bog'lanish tekshirildi. Tajriba sxemasi tasvirlangan. Tajribada gaz temperaturasi uzgarmas saqlanadi, albatta. Tajribada aniqlangan izotermalardan biri aks ettirilgan. Xajmning katta qiymatlariga mos keluvchi sohada gaz xajmi kamaytirilgan sari bosim monoton ravishda ortib boradi. Izoterma mazkur sohasining shakli giperbolaga yaqin. Binobarin, bu sohada karbonat angidrid gazining xossalari ideal gaz xossalariga uxshab ketadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.8 KB
Ko'rishlar soni 423 marta
Ko'chirishlar soni 47 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.8 KB
Ko'rishlar soni 423 marta
Ko'chirishlar soni 47 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga