Elektr sig'imi. Kondensator va ularning qo'llanilishi

Elektr sig'imi. Kondensator va ularning qo'llanilishi

O'quvchilarga / Fizika
Elektr sig'imi. Kondensator va ularning qo'llanilishi - rasmi

Material tavsifi

Elektr sig'imi. Kondensator va ularning qo'llanilishi. Elektr maydon energiyasi

MAVZU: Elektr sig'imi. Kondensator va ularning qo'llanilishi. Elektr maydon energiyasi . DTS.Kondensatorlar va ularning qo'llanilishi haqida tushuncha berish. DARS MAQSADLARI: A) ta'limiy. Elektr sig'imi.Uning birligi, kondensator, o'zgaruvchan kondensator sig'imi elektr maydon haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy . Yangi fizik tushunchalarning mazmun va mohiyatini tushuntirish , tajriba o'tkazish, tajriba natijalarini qayta tahlil qilish, xulosa chiqarish. V) Rivojlantiruvchi. Yangi fizik tushunchalar orqali talabalarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirib texnikaga qiziqish uyg'otish. DARS TURI: Nazariy. DARS MYeTODI: Yangi mavzuni bayon qilish. Savol- javob, munozara. FANLARARO BOG'LIKLIK.Matematika, texnika. DARS JIHOZI: Kondensatorlar turli xildagi elektrometr, o'lchov simlari, lampochka, batareya, ampermetr. DARSNING BORIShI. 1.tashkiliy qism. 5 min. 2. Mavzuga kirish 10 min. 3.Yangi mavzu bayoni 20 min. 4. Mustaqil ish 35 min . 5. Xulosa 7 min . 6. Vazifa 3min . 1.tashkilIY QISM : Guruh talabalari salom alik qilib guruh davomati va formasi, daftar, kitoblari tekshiriladi. 2.MAVZUGA KIRISh: Talabalardan fan yutuqlari fanga doir eshitgan ko'rgan va o'qigan yangiliklari so'raladi. Yangi fizik tushunchalar aytiladi. Elektr sig'imi, kondensator shu vaqtda kondensioner boshqa-boshqa tushuncha ekanligi tushuntiriladi. 3. YaNGI MAVZU BAYoNI. Mavzuni boshlash vaqtida quyidagi savollar beriladi. Odamning sig'imi qancha? Nima uchun foto rasmga tushayotganla fotograf spichkadan foydalanadi? Ularning fikri olingandan keyin bugungi mavzuning maqsadi shu narsalarni aniqlashdan iborat deb mavzu rejasi tanishtiriladi va bayon qilinadi. RYeJA. Elektr sig'imi va birligi. Kondensatorlar va sig'imi. Kondensatorning sig'imi. Kondensator energiyasi. Eletr sig'imi. Ikki o'tkazgichning elektr zaryadi to'play olish qobiliyatini ifodalaydigan fizik kattalik kiritamiz.Bu kattalik elektr sig'imi deyiladi. Ikki o'tkazgich orasidagi kuchlanish U o'tkazgichlarning sirtidagi elektr zaryadiga (birida +q zaryad, ikkinchisida -q zaryad )proportsionaldir . Ikki o'tkazgichning elektr sig'imi deb, ulardan biridagi elektr zaryadning bu o'tkazgich bilan qo'shni o'tkazgich orasidagi potentsiallar ayirmasi nisbatiga aytiladi: Q C=-- U O'tkazgichlarga +q va -q zaryadlar berilganda U kuchlanish qanchalik kichik bo'lsa, o'tkazgichlarning elektr sig'imi shunchalik katta bo'ladi. Agar ikki o'tkazgichga +1 Kl va -1Kl zaryad berilganda ular orasida 1 V potentsiallar ayirmasi hosil bo'lsa, bu ikki o'tkazgichning sig'imi bir birlikka teng bo'ladi. Bu birlik farad (F) deb ataladi. 1F= 1KlV. 1Kl zaryad juda katta bo'lgani uchun 1F ga teng sig'im ham juda katta bo'ladi. Shuning uchun amalda ko'pincha bu birlikning ulushlari mikrofarad (mkf) = 106F va pikofarad(pf)= 10-12 F ishlatiladi. Kondensator. Ikki o'tkazgichdan iborat bo'lgan sistemalar kondensatorlar deb ataladi. Kondensatorlar ikki o'tkazgich bo'lib, bu o'tkazgichlar orasidagi qalinligi ularning o'lchamlaridan juda kichik bo'lgan dielektrik qatlam qo'yiladi. Bu holda o'tkazgichlar kondensator qatlamlari deyiladi. Ikki kontsentrik sferadan iborat bo'lgan sferik kondensatorda butun maydon qatlamlar orasida bo'ladi. Kondensatorning zaryadi deganda qoplamalardan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.98 KB
Ko'rishlar soni 566 marta
Ko'chirishlar soni 94 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:36 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.98 KB
Ko'rishlar soni 566 marta
Ko'chirishlar soni 94 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga