ta'lim menejmenti fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari Asosiy savollar: ta'limda boshqaruvning mazmuni va ahamiyati. O'zbekistonda oliy ta'lim tizimini rivojlanishi. ta'lim menejmenti fanining mazmuni va vazifalari. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida oliy ta'limning tutgan o'rni va ahamiyati. Tayanch iboralar va tushunchalar: boshqaruv, oliy ta'lim tizimi, uzluksiz ta'lim tizimi, oliy o'quv yurtlari, menedjer, boshqaruv funksiyalari Darsning maqsadi: boshqaruv haqida tushuncha berish, ta'lim sohasida menejmentning xususiyatlari, funksiyalari, vazifalari haqida tushuncha hosil qilish. 1.ta'limda boshqaruvning mazmuni va ahamiyati. Oliy maktabga qo'yiladigan talablar kuchayib borayotgan sharoitda ishni tashkil etish ancha murakkablashdi va professional boshqaruvni talab etadi. Hozirgi vaqtda menejment jamiyat hayotining deyarli barcha tomonlarida aks etuvchi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa hisoblanadi. Menejmentning malum turlari (ma'muriy, bank, strategik, innovatsion va b.) orasida ishlab chiqarish menejmenti alohida o'rin egallaydi. U tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida intellektual, moliyaviy, xom ashyo, moddiy resurslarni boshqarishni o'z ichiga oladi. Bilimlar va intellektual kapitalni ulardan yanada samaraliroq foydalanish maqsadida boshqarish muammolari so'nggi yillarda birinchi darajali ahamiyat kasb etmoqda. Bilimlar boshqaruv obyekti sifatida qaralishi lozimligi keng miqyosda etirof etilmoqda. Korxonalarning raqobatbardoshlik darajasiga ularning bilimlarni jamlash, tahlil qilish va rivojlantirish qobiliyati va oxir-oqibatda raqobat sohasidagi barqaror ustunliklar tobora kuchliroq ta'sir ko'rsatmoqda. ma'lumot (ixtisoslik, malaka) olish turli o'quv fanlaridan muayyan mazmundagi bilimlarni o'zlashtirish bilan bog'liq. ta'limning mazmuni ta'lim maqsadlariga tayanadi va Davlat ta'lim standartlari bilan belgilanadi. Respublikamizda yuz bergan iqtisodiy o'zgarishlar milliy iqtisodiy amaliyotimiz uchun yangi bo'lgan bir qancha kasblarga bo'lgan talabni belgiladi. Ularning orasida menejer kasbi ham bor. Oliy o'quv yurtini boshqarish amaliyotiga hozirgi zamon menejmenti kiritilishi munosabati bilan o'quv yurtlarida menejerlarga qo'yiladigan talablar to'g'risidagi masala kun tartibiga qo'yiladi. Uning professionalizmi bozorni, uning qonunlarini bilishda, tashkilotning rivojlanishini prognoz qila olishda va tashkilot maqsadlariga erishish uchun zarur sharoitlar yaratish ko'nikmasida, resurslarni boshqarish va vaqti-vaqti boshqaruv texnologiyalarini yangilash qobiliyatida namoyon bo'ladi. Shunday qilib, ta'lim ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy rivojlanishning muhim elementigagina emas, balki shaxs va jamiyat ijtimoiy va ma'naviy rivojlanishining bevosita qismiga ham aylandi. Shu tufayli ham ta'lim jarayonini boshqarish natijasi muhim ijtimoiy-iqtisodiy omil hisoblanadi. 2. «ta'lim menejmenti» kursining mazmuni va vazifalari. Menejerlar inson faoliyatining har qanday sohasida, shu jumladan o'quv yurtlarida ham boshqaruv funksiyalari va metodlarini amalda ta'riflashni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadilar. Ammo ta'lim sohasida menejment o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladi. Avvalambor, shuni qayd etish lozimki, ta'lim muassasalari menejmentni joriy etishga ancha kech kirishganlar. Masalan, AQSHda oliy o'quv yurtlari menejmentini ishlab chiqish va uni amalga joriy etish vazifalari 1980-yillarning oxiridagina amalga oshirila boshlangan. Bugungi kunda o'quv yurtlarida menejmentni joriy etish muammosi ayniqsa dolzarb tus olganligining sababi nimada? Bizningcha, ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 02:53:06
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
52.05 KB
Ko'rishlar soni
341 marta
Ko'chirishlar soni
34 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:36
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 02:53 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
52.05 KB
Ko'rishlar soni
341 marta
Ko'chirishlar soni
34 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:36 ]
Arxiv ichida: docx