Afsona REJA: Afsona haqida umumiy ma'lumot. Afsona turlari va uning o'ziga xos xususiyatlari. Afsonalarda ilgari surilgan g'oyalar. Afsona janriga misollar keltirish. Afsonalar haqiqatdan xabar beruvchi yolg'on hikoyalar Afsona hayotiy voqea hamda xayolan to'qilgan hodisalardan tashkil topadi. Afsona - forscha so'zdan olingan bo'lib, fantastika, sehr-jodu, fusun, avrash, hayotiy uydirmalar asos bo'lgan nasriy hikoyalarni bildiradi. Bu xildagi hikoyalar M.Qoshg'ariyning Devonu lug'otit turk asarida sav so'zi orqali ifodalangan bo'lib, hikoya, qissa deb izohlangan. Sof mifologik afsonalar ertaklarga xos belgilarga ega bo'lib, xayoliy uydirmalar asosiga qurilgan bo'ladi: O'zbek xalq afsonalari orasida tarixiy voqea va hodisalar haqidagi afsonalar katta o'rin tutadi: ...
Arximed Arximed (eramizdan oldingi 287-212-yillar) qadimgi grek olimi. U mexanika fanini (fizikaning qismi) yaratuvchilar orasida birinchi o'rinda turadi. Arximed ko'p turli texnik ixtirolar (suv ko'targich, tosh otar qurollar va boshqalar) qilgan. Arximed haqida afsona Arximed Sirakuza podshosi (eramizdan 250 yil oldin) tomonidan o'ziga berilgan masala ustida fikr yuritib, jismni suyuqlik va gaz ichidan itarib chiqaruvchi kuch kattaligini ochgan degan afsona bor. Gieron podsho oltin toj yasagan ustaning to'g'riligini tekshirishni Arximedga buyurdi. Tojning og'irligi uni yasash uchun berilgan oltin og'irligiga teng bo'lsa ham, podsho toj oltin bilan boshqa birmuncha arzon metallar qotishmasidan yasalgan bo'lsa kerak deb shubhalangan. Arximedga tojni sindirmay unda aralashma bor yo'qligini bilish topshirilgan edi. Arximed qanday usuldan foydalangani aniq malum emas, ammo quyidagilarni taxmin qilish mumkin. Dastlab u bir bo'lak toza oltinning og'irligi xajmi shunday suv og'irligidan 19,3 marta ortiq ekanligini topdi. Boshqacha qilib aytganda oltinning zichligi suv zichligidan 19,3 marta katta. Arximed toj yasalgan modda zichligini topishi kerak edi. Agar bu zichlik suv zichligidan 19,3 mata ortiq bo'lmay, undan kamroq son marta ortiq bo'lsa, bunda toj sof oltindan tayyorlangan deb xulosa chiqarish mumkin. Tojni tortish onson, ammo uning hajmini qanday qilib topish kerak? Toj shakli juda murakkab bo'lgani uchun Arximedni shu narsa qiynadi. Bu masala Arximedni ko'p kunlar qiynadi. Kunlardan bir kuni u hammomda suvga to'la vannaga tushganida birdaniga unga masalani yechish fikri keldi. O'zining kashfiyotidan shodlangan va xayajonlangan Arximed: Evrika! Evrika! , yani Topdim! Topdim! deb hitob qildi. Arximed tojni dastlab havoda, so'ngra suvda tortdi. Og'irliklari farqiga qarab, toj hajmicha suvning og'irligiga teng bo'lgan itarib chiqaruvchi kuchni aniqladi. So'ngra toj hajmini aniqlagach, uning zichligini aniqlay oldi. Zichlikni bo'lgach, podshoning oltin tojda arzon metallarning aralashmasi yo'qmi degan savoliga javob bera oldi. Afsonada aytilishicha toj moddasining zichligi toza oltin zichligidan kam bo'lib chiqqan. Shu bilan ustaning aldagani fosh qilindi, fan esa фощнши kashfiyot bilan boyidi. Tarixchilar oltin toj haqida masala Arximedning jismlarni suzishi haqidagi masala bilan shug'illanishiga sabab bo'ldi, deb hikoya qiladilar. Bizgacha yetib kelgan Suzuvchi jismlar haqida degan muhim asarining vujudga kelishi buning natijasidir. Suyuqlikdan og'irroq bo'lgan jism suyuqlikka tushirilganda uning tubiga yetguncha borgan sari chuqurroq tushadi va suyuqlik ichida turgan jism hajmicha suyuqlikning og'irligicha o'z og'irligidan yoqotadi Bajardi: Iskandarov Mirjalol Tekshirdi: TOSHKENT-2012 ...