Asosiy termodinamikaviy holat parametrlari

Asosiy termodinamikaviy holat parametrlari

O'quvchilarga / Fizika
Asosiy termodinamikaviy holat parametrlari - rasmi

Material tavsifi

Asosiy termodinamikaviy holat parametrlari REJA: Kirish. Asosiy termodinamikaviy holat parametrlari. Termodinamikaviy protsess. Ideal gazning holat tenglamasi. Ideal gazlar aralashmasi. Gazlarning issiqlik sig'imi. ADABIYOTLAR Asraev R.A., efendiev A.M., Safarov R.T. Issiqlik texnikasi. Buxoro 2001 y. 5-32 b. Nashokin V.V. Texnicheskaya termodinamika i teploperedacha M., 1980. 5-19 b. KIRISH Issiqlik texnikasi kursi bakalavrlar va kasb-hunar kollejlari uchun umum texnika fanlari jumlasiga kiradi. Issiqlik texnikasi-issiqlik mashinalari, apparatlari va qurilmalari yordamida issiqlik hosil qilish, uni boshqa turdagi energiyaga aylantirish, taqsimlash, tashish usullarini o'z ichiga oladigan fan sohasi va texnika tarmog'i. Issiqlik va soviqlikdan foydalanishning energetikaviy va texnologik turi mavjud. Issiqlikdan energetikaviy foydalanish issiqlikni mexanikaviy ishga aylantirish jarayonlariga asoslangan. Issiqlikni ishga aylantirishda foydalaniladigan issiqlik-texnikaviy qurilmalar issiqlik dvigatellari deyiladi. Ularga ichki yonuv dvigatellari, bug' va gaz turbinalari kiradi. Xalq xo'jaligining energiyaning turli xillarini ishlab chiqarish, o'zgartirish, uzatish, taqsimlash va iste'mol qilish bilan shug'ullanadigan tarmog'i energetika deyiladi. Zamonaviy energetika asosan issiqlikni ishga o'zgartirib, undan generatorlarda elektr energiyasi hosil qilib uzoq masofalarga uzatishga mo'ljallangan . Insoniyat jamiyati va yer shari tabiati mavjudligi va faoliyati energiya ta'siri tufaylidir, ya'ni energiyaning bir turdan boshqa turga o'zgarib turishiga asoslangan. Tabiatning fundamental qonuni bo'lgan energiyaning saqlanishi va bir turdan ikkinchi turga o'zgarib turishi 18-asrdayoq kashf qilingan. Ular orasidagi bog'lanishlar miqdor va sifat ko'rsatkichlari, energiya balansi va turlari orasidagi nisbatlar, ularning hozirgi paytdagi o'zgarib borishi, kelajakda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan muammolar va istiqbollarni o'rganish dolzarb vazifalaridan biri. Kadrlar tayyorlash bo'yicha qabul qilingan Milliy dastur ta'lim tizimini tubdan islohot qilish, yangi zamonaviy kasb-hunar kollejlari barpo qilish ularda barqaror taraqqiyotga erishish maqsadida o'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshiruvchi yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashni ustivor vazifa qilib qo'ydi. Ushbu ma'ruzalar matni to'g'risidagi fikr va mulohazalaringizni Buxoro ozik - ovqat texnologiyasi instituti Transport vositalaridan foydalanish va issiqlik texnikasi kafedrasiga yuborishingizni so'raymiz va oldindan minnatdorchilik bildiramiz. Texnikada sun'iy sovitish deganda atrof-muhit temperaturasidan past temperatura olish va uni texnologik jarayonda yoki xonalarda saqlash tushuniladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini konservalash uchun sun'iy sovitishdan 100 yildan ko'proq vaqtdan buyon foydalanilmoqda. Dastlabki sovitish qurilmalari ammiakli bo'lib, 1950 yillarda asosan ulardan foydalanilgan. Sun'iy sovitish mahsulotlarni -30-4 0S temperaturalarda saqlash imkonini beradi. Oziq-ovqat sanoatida keng tarqalgan bug' sovitish mashinalaridan foydalaniladi. Sovitish mashinasi deganda sovitish obyektidan issiqlikni chiqarib yuboruvchi qurilmalar majmuasi tushuniladi. Sovitish qurilmasi tarkibiga texnologik jarayonlarni past temperaturalarda amalga oshirish uchun zarur bo'lgan avtomatika asboblari, sovitish mashinasi, quvurlar va xonalar kiradi. Hozirgi paytda sovitish agenti ftor, xlor va uglevodorodlar birlashib, suyuq va gazsimon moddalarni sovitish agrosanoat majmualarida, transportda, savdoda, kimyo, metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik, qurilish, to'kimachilik sanoatlarida, meditsina, radioelektronika, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 104.32 KB
Ko'rishlar soni 384 marta
Ko'chirishlar soni 42 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 13:58 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 104.32 KB
Ko'rishlar soni 384 marta
Ko'chirishlar soni 42 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga