ATOM MURAKKAB SISTEMA. REJA: Katod nurlari, radioaktivlik. Atom tuzilishining yadro nazariyasi. Atom yadrosining zaryadi, atom yadrosini sun'iy yo'l bilan parchalash, atom yadrosini tarkibi. Bor nazariyasi. Tayanch iboralar: Katod, rentgen nurlari, radiaktivlik, yarim emirilish davri, nuklonlar, protonlar, izobar, izotoplar, α,γ,β-nurlar, neytron, elektronlar, Bor nazariyasi, postulatlar, kvant, kvant sonlar, yonaki, magnit. 3.1. Katod nurlari Atomning murakkabligini tasdiqlovchi dastlabki tajriba ma'lumotlari 1879 yilda siyraklashtirilgan gazlarda elektr zaryadi hosil bo'lish hodisasini tekshirish natijasida olindi. Agar elektrodlar ravshanlangan shisha naydan havo so'rib olinsa va unga yuqori kuchlanishli tok ulansa, katoddan nur tarqala boshlaydi Bu nurlar katod nurlari deyiladi Elektr maydonida ular to'g'ri chiziq bo'ylab qilayotgan harakatidan burilib, + (musbat) qutb tomonga og'adi. Demak, katod nurlari - (manfiy) zaryadlangan elektronlar oqimidan iborat bo'lib, katta tezlik bilan uchadi M: t Me →Me++e- (termoelektron emissiya) Ko'pchilik metallar ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda, ishqoriy metallar esa yorug'lik nuri bilan yoritilganda (fotoeffekt) ham e- ajralib chiqadi. Me-=9,110 -28 g, bu vodorod atom massasining11897 qismini tashkil yetadi. Elektron zaryadi 4,810-10 absolyut elektrostatik birlikka, ya'ni 1,610 K ga teng Radioaktivlik. Atom tuzilishi haqidagi ta'limot radioaktivlik hodisasini kashf etilishi tufayli yanada rivojlanib ketdi. 1896 yilda A.Bekkerel uran birikmalari ko'zga ko'rinmaydigan nurlar chiqishini va qora qog'ozdan fotoplastinkaga o'tib ta'sir etishi natijasida havoni ionlashishi aniqlandi. Bu hodisani o'rganishni francuz olimlari Per va Mariya Kyurilar davom ettirdilar va 1896 yilda atom massalari 226 va 210 ga teng bo'lgan ikki yangi element radiy (Ra) va poloniy (Ro) ni kashf etdilar. M.S. Kyuri taklifiga binoan moddalarning o'z-o'zidan nur tarqatish hodisasi radioaktivlik, bunday hodisaga ega bo'lgan moddalar esa radioaktiv moddalar deb nomlanadi. Radioaktiv nurlar moddalarni (m: suv, vodorod xlorid va x. k) hamda tirik to'qimalarni parchalaydi, lekin oz miqdorda o'simliklarni o'sishi uchun yordam beradi. Radioaktiv nurlar α,γ,β -nurlardan tashkil topgan. Masalan usti teshik qo'rg'oshin idishga radioaktiv preparatini joylashtirib, teshik qarshisiga fotoplastinka o'rnatsak, plastinkada qora dog'lar hosil bo'ladi. Bu esa radioaktiv preparatdan qandaydir nurlar tarqalayotganini isbotlaydi. Agar bu nurlar yo'liga magnit yoki elektr maydonini kiritsak fotoplastinkada uch xil dog' hosil bo'ladi, bu esa uch xil nur tarqalayotganini ko'rsatadi, elektr va magnit maydonida nurlarning bir oqimi (α-nurlar) manfiy qutbga, ikkinchi oqimi (β nurlar) musbat qutbga buriladi, uchinchi oqim (γ-nurlar) esa o'z yo'nalishini o'zgartirmaydi. α, - nurlar musbat zaryadli zarrachalar oqimi bo'lib, ularning zaryadi elektron zaryadidan ikki marta ortiq (u 2 ta musbat zaryadlidir). Bu zaryadning massasi 4 u.b. ga teng. α-zarracha musbat zaryadlangan geliy ioni ekanligi 1909 yilda isbotlandi. U material maydon har akatida elektron qabul qilib, geliy atomiga aylanadi. β-nurlar katod ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 02:53:06
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.33 KB
Ko'rishlar soni
306 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 13:59
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 02:53 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.33 KB
Ko'rishlar soni
306 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 13:59 ]
Arxiv ichida: docx