Atom yadrosi Reja Atom yadrosining tarkibi va asosiy xarakteristikalari. Radioaktivlik. Alfa, beta va gamma yemirilishi. Yadroviy nurlanishlarni qayd qilish usullari. Yadroviy reaksiyalar va saqlanish qonunlari. Yadrolarning bo'linishi. Zanjir reaksiya. Reaktorlar. Termoyadroviy reaksiyalar. Elementar zarralar. Hozirgi zamon fizikasining asosiy muammolari Atom yadrosining tarkibi va asosiy xarakteristikasi. 1932 yilda rus fizigi D. D. Ivanenko va nemis fizigi V. Geyzenberg bir-birlaridan mustaqil ravishda atom yadrosi ikki xil elementar zarra proton va neytronlardan tashkil topgan degan fikrga keldilar. Bu zarralar nuklonlar deb ataladi. Proton musbat zaryadlangan zarra bo'lib uning zaryadi elektron zaryadiga teng. qp=qå=1,610-19 Kl, massasi esa mp=1,6710-. Yadro tarkibida protondan tashqari zaryadsiz (qn=0) neytron (n) mavjud bo'lib uni massasi proton massasiga teng. Yadrodagi nuklonlar ya'ni proton va neytronlar sonini A-bilan belgilanib, uni yadroning massasi soni deyiladi: A=Z+N Z- yadrodagi protonlar, N-yadrodagi neytronlar soni. Z- D. Mendeleevning elementar davriy sistemasidagi ximiyaviy elementning tartib nomeri bo'lib u yadroning zaryadini aniqlaydi, ya'ni qya=za. Yadro belgisi zXAN. Tajribalarda yadrolarning shakli sferaga yaqinligi va bu sferaning radiuslari yadroning massa soni 13 darajasiga proporsional ekanligi aniqlangan. Yadro moddaning zichligini esa taribay ravishda quyidagicha aniqlash mumkin. Demak yadro moddaning zichligi yadro tarkibidagi nuklonlar soniga bog'liq emas. Uning qiymati shu qadar kattaki, yadroviy modda zichligidek zichlikka ega bo'lgan jismdan yasalgan, radiusi 200 metr chamasidagi sharning massasi Yerning massasiga teng bo'ladi. Tartib nomeri bir xil, massa soni har xil bo'lgan elementning yadrolarini izotoplar deyiladi: 1N1; 1N2; 1N3; 8 O16; 8O17; 8O18. Yadroning mya massasi uning tarkibiga kiruvchi hamma zarralar massalarining yig'indisidan hamisha kichik. Chunki nuklonlar birikib yadro hosil qilganda nuklonlarning o'zaro bog'lanish energiyasi ajralib chiqadi. Yadroning bog'lanish energiyasi Ebog' yadro tarkibidagi nuklonlarni ajratish va uning bir-biri bilan deyarli ta'sir qilishmaydigan masofaga uzoqlashtirish uchun bajarish zarur bo'lgan ishga teng. Radioaktivlik , , yemirilish. Radioaktivlikni birinchi marta 1896 yilda Fransuz olimi Bekkerl kuzatgan. Uran va uning birikmalari o'z-o'zidan chiqargan nurlar jismlardan parron o'tgan, fatoplastinkaga ta'sir qilgan, havoni ionlashtirgan. Keyinchalik radioaktivlikni Per Kyuri va Mariya Kyuri Skladovskayalar har tomonlama tekshirdilar. Beqaror ximiyaviy element izotoplarining elementar zarralar yoki yadrolar chiqarib o'z-o'zidan boshqa element izotopiga aylanishi radioaktivlik deyiladi. Bunday aylanishlar: 1) -yemirilish; 2) - yemirilish; 3) protonli ridioaktivlik va 4) og'ir yadrolarning sponton ravishda bo'linishi jarayonlarida sodir bo'ladi. Tabiiy sharoitlardagi izotoplarda bo'ladigan radioaktivlik tabiiy radioaktivlik deyiladi. Yadro reaksiyalari vositasida olinadigan izotoplarning radioaktivligi sun'iy radioaktivlik deyiladi. Sun'iy va tabiiy radioaktivlik orasida farq yo'q. Radioaktiv yemirilish qonuni N=N0 å-T formula bilan ifodalanadi. Bunda N0-boshlansich paytdagi yemirilmagan atomlar soni, N-biror t paytdagi yemirilmagan atomlar soni, -radioaktiv moddaga xarakterli bo'lgan konstanta, ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 02:53:06
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
51.98 KB
Ko'rishlar soni
202 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 13:59
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 02:53 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
51.98 KB
Ko'rishlar soni
202 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 13:59 ]
Arxiv ichida: pptx