Bug' - kuch qurilmalari sikllari REJA: Asosiy tushunchalar. Karno sikli. Renkin sikli. Teplofikatsiya asoslari. ADABIYOTLAR Nashokin V.V. Texnicheskaya termodinamika i teploperedacha M., 1980. 259-267 b. Larikov N.N. Teplotexnika. M.,1986 y. 163-170 b. Asraev R.A., efendiev A.M., Safarov R.T. Issiqlik texnikasi. Buxoro 2001 y. 90-97 b. ASOSIY TUSHUNCHALAR Zamonaviy issiqlik energetikasida asosan bug'-kuch qurilmalaridan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda bizning davlatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 80 % ga yaqini bug'- kuch qurilmalarida olinmoqda. YOqilg'ining yonishida hosil bo'ladigan issiqlikni mexanikaviy ishga aylantiradigan qurilmalar yig'indisi bug'-kuch qurilmalari deyiladi. Bug'-kuch qurilmalarida eng ko'p ishlatiladigan ishchi jism juda ko'p va arzon bo'lgan suvdir. Ishchi jism sifatida bug' ishlatiladigan bug'-kuch qurilmalari ularni gazsimon ishchi jism ishlatiladigan issiqlik-kuch qurilmalaridan juda farq qildiradigan bir qator xususiyatlarga va avfzalliklarga ega. 9. 2 KARNO siklI sikl davomida o'zining agregat holatini o'zgartiradigan ishchi jismdan foydalanish Karno siklini amalga oshirishga imkon beradi. Karno sikli nam bug'da amalga oshiriladigan bug'-kuch qurilmasining sxemasi 9.1-rasmda ko'rsatilgan. 9.1- rasm. 9. 2-rasm. Bug' qozoni 1-ga suvning quruqlik darajasi X kichik bo'lgan nam bug' keladi. qozon o'txonasida yoqilg'i yonishi hisobiga nam bug'ga issiqlik beriladi va bug'ning quruqlik darajasi X birga yaqin bo'lgan qiymatgacha ortadi. Bug' bug' qizdirgich 2-ga o'tadi va bu yerda belgilangan temperaturagacha qiziydi. Ishga tayyor bug' turbina 3-ga yuboriladi va turbinada kengayganida ancha katta kinetik energiyaga ega bo'lib qoladi. Turbina ish g'ildiraklarining kuraklarida bu energiya ish g'ildiraklari aylanishining kinetik energiyasiga, so'ngra esa turbina aylantiradigan elektrik generator 4 yordamida elektr energiyaga aylanadi. Bug' turbinadan chiqib kondensator 5-issiqlik almashtirgichga kiradi, kondensatorda sovituvchi suv yordamida bug'dan issiqlik olinadi, bug' kondensatsiyalanadi. Kondensatorda bug'dan issiqlik olish protsessi o'zgarmas bosimda amalga oshiriladi. So'ngra kondensat nasos 6 bilan ta'minlovchi bak 7-ga tushadi. Ta'minlash nasosi 8 ta'minlovchi suvning bosimini berilgan qiymatgacha oshirib,qizdirgich 9 orqali yana qozonga uzatib beradi. To'yingan bug' uchun Karno sikli 9.2-rasmda tasvirlangan. Nuqta 0 R1 bosimda qaynayotgan suvning boshlang'ich holatini bildiradi. Bug'ga issiqlik q1 berilishi 0-1 izobara-izoterma bo'yicha,bug' turbinasida kengayish protsessi 1-2 adiabata bo'yicha boradi. Bu protsessda bug'ning temperaturasi T1 dan T2 gacha va quruqlik darajasi X gacha kondensatsiyalanadi. Bu 2-3 protsessda nam bug'dan issiqlik olinadi. Bug' kompressor yordamida 3-0 adiabata bo'yicha o'zining dastlabki holatigacha siqiladi. Karno sikli bo'yicha ishlaydigan issiqlik bug'-kuch qurilmasi bug' qozoni (0-1 protsess), bug' turbinasi (1-2 protsess), kondensator (2-3) va kompressordan (3-0 protsess) iborat bo'ladi. Nam bug'da amalga oshiriladigan Karno siklining f.i.k. quyidagi tenglama bilan aniqlanadi: (9. 1) Karno sikli bo'yicha ishlaydigan bug'-kuch qurilmalarining bir qator kamchiliklari mavjud bo'lib, ular amalda qo'llanilmaydi. Bu kamchiliklardan biri 2-3 kondensatsiyalanish protsessi to'liq ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 02:53:06
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
115.7 KB
Ko'rishlar soni
445 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:03
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 02:53 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
115.7 KB
Ko'rishlar soni
445 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:03 ]
Arxiv ichida: docx