Daryo vodiysi va uning elementlari Daryo vodiysi va uning elementlari haqidagi ma'lumotlar geomorfologiya kursida batafsil yoritilgan. Shuni hisobga olib, mavzuga tegishli asosiy fikrlarni qisqacha takrorlash bilan chegaralanamiz. Daryo vodiysi suv oqimining yer sirtida bajargan ishi natijasida vujudga kelib, daryoning boshlanishidan quyi qismi tomon ketgan yassi yonbag'irlari va nishabligi bilan xarakterlanadi. Ma'lumki, ikki daryo vodiysi o'zaro kesishmaydi, lekin ular birgalikda umumiy vodiyni tashkil qilishlari mumkin. Har qanday daryo vodiysida quyidagi elementlar mavjud bo'ladi: - daryo o'zani-vodiyning oqar suv egallagan qismi; - qayir-daryoda toshqin yoki to'lin suv kuzatilganda vodiyning suv bosadigan qismi; - vodiy tubi-daryo o'zani va qayir birgalikda vodiy tubi deb ataladi; - talveg-daryo uzunligi bo'yicha o'zandagi eng chuqur nuqtalarni tutashtiradigan egri chiziq; - terrasalar-yonbag'irlardagi gorizontal yoki bir oz qiyalikka ega bo'lgan maydonchalar; - yonbag'irlar-vodiy tubini ikki yondan chegaralab turuvchi va daryoga qarab qiya joylashgan maydonlar; - vodiy qoshi-vodiy uzunligi bo'yicha yonbag'irlarning eng yuqori nuqtalarini tutashtiruvchi chiziq. Daryo vodiysining tuzilishi, shakli va o'lchamlari daryoning suv rejimiga katta ta'sir ko'rsatadi. Masalan, yonbag'irlar qiyaligining katta yoki kichikligi daryoning loyqaligiga ta'sir qilsa, o'zanning egribugriligi unda oqayotgan suvning tezligiga ta'sir ko'rsatadi. Daryo o'zani va uning ko'ndalang qirqimi Daryo o'zanining shakli vodiyning tuzilishi, daryoning suvlilik darajasi, o'zanni tashkil etgan jinslarning geologik turiga bog'liq holda daryo uzunligi bo'yicha o'zgaruvchan bo'ladi. Daryo o'zanining shakli planda izobatalar bilan ifodalanadi. Izobatalardaryo o'zanida bir xil chuqurlikdagi nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlardir. Gidrologiyada daryo o'zanining ko'ndalang qirqimi muhim ahamiyatga egadir (11rasm). Daryoning oqim yo'nalishiga perpendikulyar qirqim o'zanning ko'ndalang qirqimi deyiladi. Ko'ndalang qirqimning suv oqayotgan qismi esa jonli kesma maydoni deb nomlanadi. Ayrim hollarda ko'ndalang qirqimda suv oqmaydigan joylar ham uchraydi. Ular harakatsizo'lik maydon deyiladi. Quyida ko'ndalang qirqimning asosiy gidravlik elementlari ustida qisqacha to'xtalamiz. Ko'ndalang qirqim yuzasi () daryoda bajarilgan chuqurlik o'lchash ishlari natijasida olingan ma'lumotlardan foydalanib, quyidagi ifoda yordamida (m2 da) aniqlanadi: ifodada -o'lchangan chuqurliklar; -chuqurlik o'lchangan nuqtalar orasidagi masofalar (kengliklar). Ko'ndalang qirqimning namlangan perimetri (P) o'zan tubi chizig'ining uzunligidan iboratdir. Ko'ndalang qirqimning gidravlik radiusi (R) quyidagi ifoda yordamida hisoblab topiladi: . Ko'ndalang qirqimning suv yuzasi bo'yicha kengligi, aniqrog'i daryoning kengligi (B) bevosita o'lchab aniqlanadi. Ko'ndalang qirqimda eng katta va o'rtacha chuqurliklar farqlanadi. Eng katta chuqurlik () o'lchash natijalari tahliliga asosan aniqlanadi. Ko'ndalang qirqimning o'rtacha chuqurligi esa () quyidagi ifoda yordamida hisoblab topiladi: . Ba'zan keng va chuqurligi uncha katta bo'lmagan tekislik daryolari uchun R q ho'rt deb qabul qilinadi. Aslida esa har doim ho'rt R, ya'ni o'rtacha chuqurlik gidravlik radiusdan katta bo'ladi. Daryo o'zani ko'ndalang qirqimining yuqorida qayd etib o'tilgan barcha gidravlik ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 02:53:06
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
49.99 KB
Ko'rishlar soni
360 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:04
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 02:53 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
49.99 KB
Ko'rishlar soni
360 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:04 ]
Arxiv ichida: docx