Daryolarning to'yinish manbalari

Daryolarning to'yinish manbalari

O'quvchilarga / Fizika
Daryolarning to'yinish manbalari - rasmi

Material tavsifi

Daryolarning to'yinish manbalari Yer kurrasidagi barcha daryolar to'yinishining asosiy manbai atmosfera yog'inlaridir. Yomg'ir ko'rinishida tushgan yog'inlar yer yuzasida oqim hosil qiladi va daryolar to'yinishining bevosita manbai bo'ladi. Agar yog'in qor ko'rinishida yog'sa, u yer sirtida yig'ilib, havo harorati ko'tarilgach eriydi. Qorning erishidan hosil bo'lgan suvlar ham daryolar to'yinishida qatnashadi. Yer yuzasining baland tog'li qismiga yoqqan qorlar bir yoz mavsumida erib ulgurmaydi, natijada u yerdagi qor zahirasini boyitib, doimiy qorliklar va muzliklarni to'yintiradi. Ana shu baland tog'lardagi asriy qorliklar va muzliklar suvi daryolar to'yinishining yana bir manbai hisoblanadi. Yomg'ir suvlari hamda qor va muzliklarning erishidan hosil bo'lgan suvlarning bir qismi yer ostiga sizilib, grunt va yer osti suvlariga qo'shiladi. Yer osti va grunt suvlari ham daryo o'zaniga sekin astalik bilan qo'shiladi, natijada daryolarda doimiy suv bo'lishi ta'minlanadi. Shunday qilib, daryolar to'yinishining to'rt manbai mavjuddir: yomg'irlar, qor qoplami, baland tog'lardagi muzliklar, yer osti suvlari. Iqlimning daryolarning to'yinishidagi ahamiyati va ularning suv rejimiga ta'sirini iqlimshunos olim A.I.Voyeykov o'zining 1884 yilda chop etilgan Yer kurrasi va xususan Rossiya iqlimlari kitobida aniq yoritib bergan. Mazkur kitobda qayd etilgan daryolar o'z havzalari iqlimining mahsulidir, degan ibora hozir ham o'z kuchini yo'qotmagan. Hozirgi paytda bu fikr birmuncha keng ma'noda, ya'ni daryolar­havzadagi mavjud landshaftning umumiy muhitida iqlimning mahsulidir, deb ta'riflanadi. Natijada iqlimning yetakchi hissasini ta'kidlash bilan birga, landshaft sharoitlari­havzalarning geologik tuzilishi, tuprog'i, o'simligi va boshqa omillarning ahamiyatiga urg'u beriladi. Daryolarning iqlimiy tasnifi «Daryolar o'z havzalari iqlimining mahsuli», degan xulosaga asoslangan holda A.I.Voyeykov daryolar suv rejimining xususiyatlaridan iqlim indikatori sifatida foydalanish mumkin, deb hisoblaydi. Shu fikrga asoslanib, u daryolarning iqlimiy tasnifini ishlab chiqdi. Ushbu tasnifda Yer kurrasidagi barcha daryolar quyidagi to'rt guruhga bo'linadi: 1. Qor va muzlik suvlaridan to'yinadigan daryolar. Bu guruh o'z navbatida uch turga bo'linadi: a) tekislikdagi va balandligi gacha bo'lgan hududlardagi muzliklar suvi hisobiga to'yinadigan daryolar. Bunday daryolar shimoliy hududlarda joylashgan; b) tog'lardagi qor va muzliklar hisobiga to'yinadigan daryolar. Ushbu turga misol qilib O'rta Osiyo daryolarini ko'rsatish mumkin. Bu daryolarda to'linsuv davri yozda kuzatiladi; v) bahor va yozning boshlarida qor suvlari hamda yomg'ir suvlari hisobiga to'yinadigan daryolar. Masalan, Ob, Yenisey, Lena, Ғarbiy Yevropa daryolari, AQSh ning shimolidagi daryolar. Bunday daryolarda suvning ko'tarilishi yil davomida ikki marta kuzatiladi. 2. Asosan yomg'ir suvlaridan to'yinadigan daryolar. Bu guruh to'rtga bo'linadi: a) musson va tropik yomg'irlardan to'yinadigan daryolar. Bu daryolarda to'linsuv davri yoz fasliga to'g'ri keladi. Masalan, Amazonka, Gang, Amur daryolari; b) ko'proq qish faslida va yil davomida yog'adigan yomg'ir suvlaridan to'yinadigan daryolar. Bunga O'rta va Ғarbiy Yevropadagi Vezer, Maas, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.58 KB
Ko'rishlar soni 493 marta
Ko'chirishlar soni 32 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:04 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.58 KB
Ko'rishlar soni 493 marta
Ko'chirishlar soni 32 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga