De-Broyl gipotezasi

De-Broyl gipotezasi

O'quvchilarga / Fizika
De-Broyl gipotezasi - rasmi

Material tavsifi

De-Broyl gipotezasi Yorug'likning interferensiya, difraksiya hodisalarini hosil qilishi, uning to'lqin xususiyatiga ega ekanligini tasdiqlaydi. Yorug'likning fotoeffekt, kompton effekti hodisalarda ko'rinishi esa uning korpuskulyar (zarra) xususiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Shunday qilib, yorug'likning bir vaqtda ham to'lqin ham korpuskulyar xususiyatlarga, ya'ni to'lqin zarra dualizm xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan. Bu xususiyatlar bir-birini istisno qilmaydi, balki bir-birini to'ldiradi. Yorug'likning ham to'lqin ham korpuskulyar xususiyatga ega bo'lishligi uzoq vaqtlargacha sezilarli bo'lmadi. Elektromagnit to'lqinlarning korpuskulyar xususiyatga ega ekanligi aniqlangandan so'ng moddiy zarralar ham to'lqin xususiyatiga egami, degan savol tug'iladi. Bu savolga kvant mexanikasi nazariyasining asoschilaridan biri fransuz fizigi Lui de-Broyl javob berdi. De-Broyl dualizm faqat optik hodisalarga xos xususiyat bo'lmay, balki universal ahamiyatga ega, degan fikrni ilgari surdi. De-Broyl 1924-yilda barcha moddiy zarralar korpuskulyar xususiyatga ega bo'lishi bilan birga to'lqin xususiyatga ham ega, degan o'z gipotezasini taklif qildi. Endi zarraning korpuskulyar va to'lqin xususiyatlarini bog'lovchi munosabatlarni chiqarish kerak edi. De-Broyl to'lqin va korpuskulyar manzaralarning biridan ikkinchisiga o'tish qoidalarini moddiy zarralar holiga tatbiq etdi. Erkin fazoda J doimiy tezlik bilan harakatlanayotgan m massali moddiy zarra (masalan, elektron) mavjud bo'lsin. Korpuskulyar manzarada zarra E energiya va P impuls bilan xarakterlanadi, to'lqin manzarada n chastota va l to'lqin uzunligi bilan aniqlanadi. Agar to'lqin va zarra manzaralar bitta namunaning turli jihatlari bo'lsa, u holda ularni xarakterlovchi kattaliklar orasidagi bog'lanish quyidagi munosabatlar orqali ifodalanadi: P - zarra impulsi, Ye - zarra energiyasi, w - doiraviy chastota, w=2pn ; n - chiziqli chastota, l - de-Broyl to'lqin uzunligi, k -to'lqin vektori. k ning absolyut qiymati: Tinch holatdagi massasi nolga teng bo'lmagan zarralar uchun P=mJ, kichik tezliklar uchun m o'zgarmasdir. Yorug'lik tezligi bilantaqqoslanuvchi tezliklar uchun relyativistik massa formula orqali tezlikka bog'liq bo'ladi. (3.5) formulada m - zarraning harakat jarayonidagi massasi, m0 - zarraning tinch holatdagi massasi, J - zarra tezligi, c - yorug'lik tezligi. Tinchlikdagi massasi nolgateng bo'lmagan zarralar uchun de-Broyl to'lqin uzunligi Shunday qilib, de-Broyl gipotezasini quyidagicha ta'riflash mumkin: m massa va E energiyaga ega bo'lgan moddiy zarrakorpuskulyar xususiyatga ega bo'lishi bilan birga to'lqin xususiyatiga ham egadir. Zarralarning korpuskulyar va to'lqinxususiyatlarini bog'lovchi (3.1), (3.2) yoki (3.3), (3.4) tenglamalar de-Broyl tenglamalari deyiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.2 KB
Ko'rishlar soni 331 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:04 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.2 KB
Ko'rishlar soni 331 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga