De-Broyl to'lqinlarining xususiyatlari

De-Broyl to'lqinlarining xususiyatlari

O'quvchilarga / Fizika
De-Broyl to'lqinlarining xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

De-Broyl to'lqinlarining xususiyatlari Mikrozarralarning harakati to'lqinlar bilan ifodalanganda, ularning tarqalishi amalga oshadi. Fotonlarning tarqalishi, ya'ni yorug'likning  burchak chastotasi va k to'lqin vektori bilan tarqalishi yassi to'lqin bilan ifodalanadi: (3.7) formulada  va k ni (3.3) va (3.4) formulalar asosida energiya E va impuls P bilan almashtirilganda (3.7)ni quyidagicha yozish mumkin: (3.8) da i1kompleks son,A- to'lqin amplitudasi,E-zarraning energiyasi, P - zarraning impulsi. (3.8) da keltirilgan fotonning to'lqin funksiyasi yorug'lik to'lqinidir. Zarralar uchun esa (3.8) ifoda de-Broyl yassi to'lqini deyiladi. Kvant mexanikasida to'lqin funksiyasini psi funksiya deb ataladi. De-Broyl to'lqinlari tarqaladi, interferensiya va difraksiya hodisalarini hosil qiladi. De-Broyl to'lqinlarining ehtimollik xususiyati. Zarralarningto'lqin xususiyati ularning bir vaqtda birdaniga ko'p sonda bo'lib, harakat qilishida namoyon bo'ladi, degan fikr tug'ilishi mumkin. Lekin bunday emas. Olimlar Biberman, Sushkin, Fabrikantlar tomonidan o'tkazilgan tajribalarda elektronlar sochuvchi yupqa metall plastinka orqali bittadan o'tkazilgan va har bir sochilgan elektron fotoplastinkada qayd qilingan. Elektronlar fotoplastinkaning turli nuqtalariga tushgan, birinchi qarashda elektronlar butun fotoplastinkaga tartibsiz taqsimlangandek ko'rinadi. Lekin ko'p sondagi elektronlar sochilishidan aniqlandiki, fotoplastinkaga tushgan elektronlar tasodifan taqsimlangan bo'lmasdan, balki intensivliklarning maksimum va minimumlarini hosil qiladi (3.1-rasm), ularning holati difraksion formulalar bilan hisoblanishi mumkin. Har bir alohida elektronning harakati difraksion manzara bilan aniqlanishi kuzatildi. De-Broyl to'lqinlari va foton orasidagi yorug'lik to'lqini va foton orasidagi bog'lanishni qanday tushunish mumkin degan savol tug'iladi. Bor (3.8) ifodadagi de-Broyl to'lqini amplitudasi A ni fazoning ma'lum bir joyida zarrani topilish ehtimoliyati amplitudasi deb qarashni taklif qildi. Ehtimoliyatamplitudasi degan iborani shundayma'noda tushunish kerakki, bunda zarraning topilish ehtimoliyati to'lqin amplitudasi A bilan emas, balki amplituda moduli kvadrati |A|2 bilan aniqlanadi. De-Broyl to'lqinlarining ehtimolli xossasi intensivligi kichik bo'lgan elektronlar dastasining difraksiyasida ham namoyon bo'ladi. Har bir alohida elektronlarning harakati difraksion manzara bilan aniqlanadi, lekin bu aniqlanishga ehtimoliyat bilan qaraladi. Alohida elektronning fotoplastinkaga tushish joyini oldindan aytish mumkin emas. Lekin sochilayotgan elektronlar sonining ortishi bilan ularning taqsimlanishi ehtimoliyatining taqsimlanish qonunidan, ya'ni |A|2 dan oz farq qiladi.  funksiyaning ehtimoliyatli ma'nosi ba'zan noto'g'ri tushuniladi. Klassik fizika bo'yicha mikrozarra doim bir joyda bo'ladi, lekin bu joy bizga ma'lum emas, to'lqin funksiyasi esa mikrozarraning fazoning turli nuqtalarida topilish ehtimoliyatini ko'rsatadi, deb qarash mumkin emas. Bunday hol gazlarning klassik kinetik nazariyasida kuzatiladi. Bu nazariyada ma'lum vaqtda har bir zarraning o'z o'rni bor, lekin zarralar soni ko'p, hammasini kuzatish mumkin emas, shuning uchun ularning faqat taqsimlanish ehtimoliyatini hisoblash mumkin. Bunday nuqtai nazar esa interferensiya hodisasiga qarama-qarshidir. Zarra turgan nuqtadan kelayotgan to'lqinlarning Gyugens tamoyiliga asosan bir-birini ustiga tushishini qarash ma'noga ega emas. Interferension hisoblar hamma nuqtalarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 82.2 KB
Ko'rishlar soni 240 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:04 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 82.2 KB
Ko'rishlar soni 240 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga