Kritik xolat. Eksperimental izotermalar

Kritik xolat. Eksperimental izotermalar

O'quvchilarga / Fizika
Kritik xolat. Eksperimental izotermalar - rasmi

Material tavsifi

Eksperimental izotermalar. Kritik holat 1866 yilda ingliz fizigi T. Endryus tomonidan amalga oshirilgan tajribalarda karbonat angidrid gazi uchun izotermik protsesslardagi bosim va xajm orasidagi bog'lanish tekshirildi. Tajriba sxemasi tasvirlangan. Tajribada gaz temperaturasi uzgarmas saqlanadi, albatta. Tajribada aniqlangan izotermalardan biri aks ettirilgan. Xajmning katta qiymatlariga mos keluvchi sohada gaz xajmi kamaytirilgan sari bosim monoton ravishda ortib boradi. Izoterma mazkur sohasining shakli giperbolaga yaqin. Binobarin, bu sohada karbonat angidrid gazining xossalari ideal gaz xossalariga uxshab ketadi. Lekin bosim biror qiymatga erishganda (izotermaning A nuqtasiga k.) karbonat angidrid xossasida o'zgarish ruy Bera boshlaydi: porshenni yanada pastrok tushirib gaz xajmini kamaytirganimiz bilan bosimning qiymati uzgarmaydi. Bu holda gazning ibr kismi suyuqlikka aylana boshlaydi. Porshen kanchalik pastga tushirilsa, karbonat angidrid gazining shunchalik kuprok kismi suyuqlikka aylangan bo'ladi. Xajm biror qiymatgacha kamaytirilganda gaz butunlay suyuqlikka aylangan bo'ladi. Porshen ostidagi xajmini yanada kamaytirish uchun juda katta bosim talab etiladi, chunki suyuqlik juda kam sikiladi. Izotermaning va sohalari karbonat angidridning bir fazali holatlarini ( sohada fakat gazsimon holat, sohada fakat suyuk holat mavjud), AS sohasi, esa ikki fazali holatini xarakterlaydi. Ikki fazali holat amalga oshganda (xajmning dan gacha qiymatlarida) dastlabki karbonat angidrid gazining bir kismi suyuqlikka aylanib, kolgan kismi gazsimon holatda koladi koladi. suyuqlik bilan muvozanatda bo'lgan bug to'yingan Bug deyiladi. Ikki fazali holatga mos keladigan bosim qiymati to'yinish bosimi () deb ataladi. To'yinish bosimining qiymati turli temperaturalar uchun turilicha bo'ladi. Turli temperaturalar uchun bosimning xajmga bog'liqligini tekshirish asosida bir kator izotermalarni hosil kilamiz. Temperaturalar ortgan sari izotermalardagi ikki fazali holatni aks ettiruvchi sohalar ensizrok bo'lib boradi. Nixoyat, biror temperaturaga mos keluvchi izotermada to'yinish sohasi nuqtaga aylanadi. Bu nuqta kritik nuqta deb, unga mos bo'lgan bosim va xajmning qiymatlari esa kritik bosim va kritik xajm deb ataladi. Kritik parametrlar - moddaning kritik holatini xarakterlaydi. Kritik holatdagi moda uchun suyuqlik va bug orasidagi farq yukoladi. Kritik holatda bugning suyuqlikka, suyuqlikning solishtirma buglanish issikligi va sirt taranglik koeffitsenti nolga teng bo'ladi. Kritik temperaturaning qiymati karbonat angidrid uchun 304 K, suv uchun 647 K, geliy uchun 5K. Sof moda ustida tajriba o'tkazilsa hamda izotermik xajm o'zgarishlarini juda sekin amalga oshirilsa, nazariy izotermaning va qismlarini xam kuzatish mumkin. Bundagi soha o'ta kizigan suyuqlik, soha esa o'ta to'yingan Bug holatiga mos bo'ladi. Nazariy izotermaning kismi esa umuman kuzatilmagan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.61 KB
Ko'rishlar soni 422 marta
Ko'chirishlar soni 36 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:06 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.61 KB
Ko'rishlar soni 422 marta
Ko'chirishlar soni 36 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga