Elektr mаydоnidаgi dielektriklаr

Elektr mаydоnidаgi dielektriklаr

O'quvchilarga / Fizika
Elektr mаydоnidаgi dielektriklаr - rasmi

Material tavsifi

Elektr mаydоnidаgi dielektriklаr. Dielektriklаrni qutblаnishi

Elektr maydonda dielektirklar. Hamma moddalar o'zlarining elektr xossalariga qarab, o'tkazgichlarga, dielektriklarga (izolatorlarga) va yarimo'tkazgichlarga bo'linadi. Erkin zaryadlari bo'lgan va bu zaryadlar elektr maydon ta'sirida erkin harakatlana oladigan moddalar o ' t k a z g i c h l a r deyiladi. Barcha metallar, ko'mir, grafit, kislota, tuz va asoslarning eritmalari o'tkazgichlarga misol bo'la oladi. Elektr zaryadlari erkin ko'cha olmaydigan moddalar o'tkazgichmaslar - dielektri k l a r ( i z o l a t o r l a r ) deb ataladi. Bunday moddalarda tajriba vaqtida elektr zaryadlari ularning qayerida hosil bo'lsa, o'sha joyda turaveradi. Bularga shisha, smola, chinni, kauchuk, ebonit, ipak, toza suv, kerosin, sluda, parafin, moylar va boshqa ko'p moddalar kiradi. Ma'lumki, dielektriklarda o'tkazgichlardan faqr qilib, erkin harakatlanuvchi zaryadlar bo'lmaydi. Dielektriklarning atom va molekulalari ichida manfiy va musbat zaryadlangan zarralar elektrkuchlari bilan o'zaro bog'langan bo'ladi-yu, ammo bu bog'lanish mutlaqo qattiq bo'lmay, zarralar ularga qo'yilgan tashqi kuchlarning ta'siri ostida ma'lum darajada siljishi mumkin. Har bir molekulada manfiy va musbat zaryadlarning miqdori bir xil bo'lganligi uchun har qanday molekula, umuman olganda, zaryadlanmagan- neytral bo'ladi. Dielektriklarni uch turga bo'lish mumkin: 1) musbat va manfiy zaryadlar taqsimotining markazlari ustmaust tushmaydigan molekulalardan tuzilgan q u t b l i d i e l e k t r i k l a r (masalan, suv, spirt, aseton, efir, organik kislotalar); 2) musbat va manfiy zaryadlar taqsimotining markazlari ustmaust tushadigan atom va molekulalardan tuzilgan qutbsiz bo'ladi. Elektr sig'imi. Elektr sig'imi tushunchasini aniqlab olish uchun quyidagi tajribaga murojaat qilamiz. Buning uchun elektrometr sterjeniga kovak metall shar o'rnatiladi va elektrometrning korpusi yerga ulanadi. Elektrofor mashinada zaryadlar hosil qilinib, uning konduktoriga sinash sharchasini izolatsiyalangan dastasidan ushlagan holda tekkizib olinadi, so'ngra bu zaryadlangan sharchani shar o'rnatilgan elektrometrga tekkiziladi (43- rasm). Sinash sharchasini zaryadlab, sharga bir necha marta ketma-ket tekkizganimizda, elektrometrga o'rnatilgan shardagi zaryad ko'payadi. Bu shardagi zaryad ko'paygan sari sharning potensiali ham proporsional ravishda ortib borishini elektrometr strelkasining og'ishidan ko'ramiz. Elektr mаydоnidаgi dielektriklаr. Dielektriklаrni qutblаnishi. Tаjribа shuni ko'rsatadiki аgаr dielektrlikni tаshki elektr mаydоnigа kiritsаk, u hоldа dielеkrikning kuch chiziqlаri kirаdigаn qism mаnfiy zаryadlаnаdi, qismi esа musbаt zаryadlаnаdi. Bu hоdisа esа dielektrikning qutblаnishi dеb yuritilаdi. Qutblаnishnig bir nеchа turi bo'lаdi: 1.Qutbsiz mоlеkulаlаrdаn tuzilgаn dielektriklаrning qutblаnishi. Qutbsiz mоlеkulа (yoki аtоm) shеmаtik rаvishdа mаnfiy zаryadlаngаn qobiq (elektrron qobig'i) bilаn simmеtrik o'ralgаn musbаt zаryadlаngаn mаrkаziy sоhа (аtоm yadrоsi) ko'rinishidа tаsvirlаnishi mumkin. tаshki elektr mаydоni tа'siridа musbаt zаryad mаydоn yo'nalishidа siljiydi, elektrron qobiq esа tоmоngа tоrtilаdi vа mоlеkulа dipоl'gа uhshаb qutblаnаdi. Bundаy tur ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 1.06 MB
Ko'rishlar soni 234 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:07 Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 1.06 MB
Ko'rishlar soni 234 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, docx
Tepaga