Elektr to'g'risida asosiy tushuncha Elektr O'tkazgichlar va izolyatorlar O'zgarmas tok elektr zanjiri Tok kuchi Om qonuni Joul-Lens qonuni O'zgarmas tok ishi va quvvati Qarshiliklarni ketma-ket ulash Qarshiliklarni aralash ulash Kirxgofning birinchi qonuni Kirxgofning ikkinchi qonuni Elektr Energiya holati ko'rinishining bir turi elektr deyiladi. Energiya har xil ko'rinishda mavjud bo'lishi mumkin. Chunonchi, suv energiyasi, shamol energiyasi. Tabiatda ko'mir, neft, o'tin ener-giyasi ham bor. Bu energiya kimyoviy energiya deyiladi. Energiya bir turdan ikkinchi boshqa bir turga o'tishi mumkin. Misol uchun, bug' energiyasini mexanik energiya orqali elektr mashinasi yordamida elektr energiyasiga aylantirish yoki bo'lmasa suvning harakatini elektr mashinasi yordamida elektr energiyasiga aylantirish mumkin. «Elektr» so'zi yunoncha «elektron» so'zidan olingan bo'lib, yantar ma'nosini bildiradi. Eramizdan oldingi VII asrda yunonlar musbat va manfiy jismlar bir-biriga tortilishi va bir xil zaryadlar bir-biridan qochishini aniqlaganlar. 1.1-1.2-rasmlarda elektr zaryadlarining o'zaro ta'sir O'tkazgichlar va izolyatorlar Tabiatdagi jismlarni ikki turga bo'lish mumkin. Ular bir-biridan elektr xususiyatlari bilan farq qiladi. Biri o'tkazgichlar, boshqalari esa izolatorlar yoki dielektriklar deb ataladi. O'tkazgichlarning atomlari yadrolarida bir xil elektronlar yadrolari bilan bo'sh bog'langan, shuning uchun tashqi elektr zaryadlari ta'sirida ular yadrolarni yengil tashlab ketadi. Bunday elektronlar bo'sh yoki ozod elektronlardir. Bo'sh yoki ozod elektronlar o'tkazgich jismlarda doimo harakatda bo'lib, tartibsiz bo'ladi. Bo'sh yoki ozod elektronlar harakat jarayoni davrida kichkina molekulalar bilan to'qnashib, ulardan yangi ozod elektronlarni chiqarib yuboradi. Chiqib ketgan elektronlarning o'rniga yangilari kelib joylashadi. Agarda o'tkazgichga tashqaridan elektr maydoni ta'sir etsa, bo'sh tartibsiz elektronlar bir tomonga qarab harakatlanadi. Metall, ko'mir, suvdagi kislotalar va tuzlar elektrni yaxshi o'tkazuvchi hisoblanadi (1.3-rasm). Tabiatdagi ko'p jismlar bo'sh elektronlarga ega emas. Ularda elektronlar tashqi elektr maydoni ta'sirida atomdan og'adi, lekin ularni tashlab ketmaydi. Bunday jismlarga shisha, marmar, ñhinni, rezina, ebonit, mum va boshqalar kiradi. Izolatorlarga mineral moylar, havo va har xil loklar kiradi. Ular o'zgarmas tokni butunlay o'tkazmaydi. O'tkazgichlar va izolatorlardan tashqari, yarimo'tkazgichlar ham bo'ladi. Yarim-o'tkazgichlarga selen, misning chala oksidi, germaniy, kadmiy (oltingugurtli kumushsimon yumshoq metall), oltingugurtli 1.3-rasm. Polivinilxlorid izolatsiyali tok o'tkazgich metall: 1 - tok o'tkazgich metall; 2 - izolatsiya. qo'rg'oshin va boshqalar kiradi. Shuni esda tutish kerakki, tabiatda toza o'tkazgichlar, toza izolatorlar yo'q. Birinchi turli metall o'tkazgichlardan tashqari, elektrotexnikada ikkinchi turdagi o'tkazgichlar ham ishlatiladi. Bular kislota eritmalari, tuzlari va ishqorlardir. Bunday eritmalarni elektrolitlar deb ataladi. Ikkinchi turdagi o'tkazgichlarda molekulalar musbat va manfiy ionlardan iborat bo'ladi. Agarda bunday eritmalarga ikkita metall tayoqchasini o'rnatib, elektr energiyasiga ulasak, bunda ionlar ma'lum holatdagi zaryadlar tomoniga surila boshlaydi. O'zgarmas tok elektr zanjiri Elektr tokini hosil qiluvchi va uning oqib o'tishini ta'minlovchi qurilmalar ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 02:53:06
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
78.04 KB
Ko'rishlar soni
247 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 02:53 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
78.04 KB
Ko'rishlar soni
247 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:08 ]
Arxiv ichida: docx