Elektr va magnitizm laboratoriya ishlari

Elektr va magnitizm laboratoriya ishlari

O'quvchilarga / Fizika
Elektr va magnitizm laboratoriya ishlari - rasmi

Material tavsifi

Shakarov X. O. Ma'sul muharrir: prof. O.Q.Quvondiqov Elektr va magnetizm kursidan laboratoriya ishlari (uslubiy qo'llanma). SamDU fizika fakultetining Ilmiy va universitet o'quv-uslubiy kengashlari tomonidan bakalavriat yo'nalishidagi №5440100 - fizika va №5521700 - Elektronika va mikroelektronika mutaxassisliklarida o'qiyotgan talabalar uchun uslubiy qo'llanma sifatida tavsiya etilgan. Samarqand - 2007. Taqrizchilar: SamDAQI dosenti O'sarov O'. T. va SamDU dotsenti Yusupov A.A. Qo'llanmaning ushbu birinchi qismida umumiy fizika elektr va magnetizm kursining elektrostatika va o'zgarmas tok qonunlari bo'limlariga oid 8 - ta laboratoriya ishining tavsifi berilgan. U, muallifning oliy ta'limdagi 30-yillik ish tajribasining mahsulidir. Barcha laboratoriya ishlari o'quv jarayonida sinab ko'rilgan. Qo'llanma to'rt yillik bakalavriat yo'nalishidagi №5440100 - fizika va №5521700 - elektronika va mikroelektronika mutaxassisliklariga tavsiya etilgan yangi o'quv dasturi bo'yicha o'qiyotgan universitetlarning talabalariga mo'ljallangan. MUNDARIJA SO'Z BOSHI Respublikamizda yosh avlodni tarbiyalash va ularni taraqqiy etgan mamlakatlardagi kabi, jahon standartlariga mos darajada bilim olishlari uchun sharoitlar yaratilmoqda, har tomonlama yetuk kadrlar bo'lib yetishishlari uchun ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risidagi qonuni ta'lim - tarbiya tizimida tubdan amalga oshirilayotgan islohotlarning yaqqol na'munasidir. Qisqa fursatda ta'limning barcha turlari uchun Davlat ta'lim standartlari yaratildi. Ta'lim tizimida uzluksizlik ta'minlanib. erkin fikrlaydigan, Vatan va millat manfaatlarini yurakdan his qiladigan, o'z ona yurtini ulug'lashga qodir, har tomonlama barkomol, yetuk, yuksak ma'naviyatli va ma'rifatli, ulkan salohiyatga ega bo'lgan, zamonaviy va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni maqsad qilib qo'yilgan. Hozirgi kunda Respublikamizda shunday ulug' maqsadni ko'zlab ta'limni isloh qilishning ikkinchi - Milliy dasturni ro'yobga chiqarish bosqichida rejalangan ishlarni amalga oshirish nihoyasiga etmoqda. Bu bosqichda ta'lim barcha turlarining, shu jumladan oliy ta'limning bo'lajak mutaxassislarini jahon standartlariga mos keladigan amaliy malaka va ko'nikmalarni shakllantirishda muhim rol o'ynaydigan, o'quv - tarbiya jarayonini moddiy - texnika bazasini mustahkamlash va uni yuqori sifatli adabiyotlar bilan ta'minlashga asosiy e'tibor berilmog'i zarur. Fundamental fan ma'lumotlari hamma vaqt amaliyotda, tajribada tekshirilib isbotlangandagina hayotiy ma'lumotlar bo'lib qolgan. Fizika fani tajribaga asoslangan fandir. Nazariy ma'lumotlarni tajribada tekshirib ko'rishning eng samarali yo'li laboratoriya ishlaridir. Shundan kelib chiqqan holda, umumiy fizika faniga oid laboratoriya ishlarini takomillashtirish va sifatini oshirish hamda talabalarning amaliy malakasini oshirishga yordam beruvchi o'quv - uslubiy ko'llanmalar va darsliklarni yaratish universitetlarning professor - o'qituvchilari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur uslubiy qo'llanma umumiy fizikaning elektr va magnetizm kursidan bajariladigan laboratoriya ishlarini 4 - yillik bakalavr yo'nalishi uchun mo'ljallangan o'quv dasturiga moslashtirish maqsadida yozilgan bo'lib, unda №5440100 Fizika va №5521700 Elektronika va mikroelektronika mutaxassisliklari uchun mo'ljallangan yangi o'quv dasturlari asos qilib olingan. Ikkinchi tomondan, hozirgi laboratoriya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 3.08 MB
Ko'rishlar soni 238 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 3.08 MB
Ko'rishlar soni 238 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga