Elektrostatik maydon kuchlanganligi

Elektrostatik maydon kuchlanganligi

O'quvchilarga / Fizika
Elektrostatik maydon kuchlanganligi - rasmi

Material tavsifi

Elektrostatik maydon kuchlanganligi Elektrlangan jismlar bilan o'tkaziladigan tajribalar asosida, olimlar elektr zaryadining bu o'zaro ta'siri, zaryad bilan bevosita bog'liq bo'lgan, elektr maydoni deb ataladigan materiyaning o'ziga xos formasi orqali uzatiladi degan xulosaga keldilar, lekin shu bilan bir qatorda uni boshqa maydonlar (gravitasion, yadroviy) bilan aralashtirib yuborishga yo'l qo'yilmaydi: Elektr maydoni boshqa xil maydonlar kabi moddiy olam materiyasining o'ziga xos yashash formasi bo'lib, u obyektiv reallikdir. Elektr maydoni faqat zaryadga bo'lgan ta'sir orqali namoyon bo'ladi. Elektr maydoni faqat zaryadlangan jismlar atrofidagi fazoda mavjud. Elektromagnit o'zaro ta'sir juda katta, lekin chekli tezlik bilan uzatiladi. (3·108msek) Elektr maydonini miqdoriy jihatdan xarakterlash uchun maydon kuchlanganligi tushunchasidan foydalanadilar. Qo'zg' q-zaryad maydoniga qs-sinov zaryadini kiritamiz (1.3-rasm). Kulon qonuniga muvofiq, sinov zaryadiga ta'sir etadigan kuch: (1.8) Vektor ko'rinishda (1.9) Tajribalar ko'rsatishicha, har xil kattalikdagi sinov zaryadiga har xil kuchlar ta'sir etadi: (1.10) Bu kuchlarning sinov zaryadiga nisbati maydonning har bir nuqtasi va har qanday sinov zaryadi uchun o'zgarmas kattalik bo'lib, maydonning asosiy kuch xarakteristikasi hisoblanadi va elektr maydon kuchlanganligi deb yuritiladi. Elektr maydon kuchlanganligi birlik musbat zaryadga ta'sir etuvchi kuchga son jihatdan teng kattalik bo'lib, u quyidagicha ifodalanadi: (1.11) Kulon qonuniga muvofiq: (1.12) (1.12) vakuumda joylashgan nuqtaviy zaryad maydonining kuchlanganligi ifodasidir. Elektr maydon kuchlanganligi vektor kattalik bo'lib, uning yo'nalishi musbat zaryaddan tashqariga, manfiy zaryad uchun zaryadga tomon yo'nalgan bo'ladi. (1.4-rasm) 1.4 - rasm (1.13) ifodaga muvofiq, maydon kuchlanganligining birligi qilib, xalqaro birliklar sistemasi (SI)da qabul qilingan, u shunday maydon kuchlanganligiki, miqdori 1-Kulon bo'lgan zaryadga 1 Nyuton kuch ta'sir qiladi: Agar elektr maydonini ikki yoki undan ortiq zaryadlar sistemasi vujudga keltirsa, u holda maydon kuchlanganligi, alohida zaryadlar maydoni kuchlanganligi vektorining geometrik yig'indisi tarzida aniqlanadi. Bu usul superpozitsiya prinsipi deb yuritiladi. q1 va q2 zaryadlarning elektr maydoni ustma - ust tushgan bo'lsin (1.5-rasm). U holda maydonning istalgan nuqtasidagi kuchlanganlik vektori superpozitsiya prinsipiga ko'ra aniqlanadi: (1.14) Kuchlanganlik vektorining moduli: (1.15) bu yerda, va vektorlar hosil qilgan burchak. Agar bo'lsa, 1.5 - rasm Zaryadlar sistemasi maydonidagi sinov zaryadiga har bir zaryad mustaqil ta'sir etadi. (1.6) Bu kuchlarning bosh vektori: (1.17) (3)-ifodaga asosan maydon kuchlanganligi: (1.18) yoki (1.19) (1.19) superpozitsiya prinsipining ifodasi bo'lib, istalgan zaryadlar sistemasining maydon kuchlanganligini hisoblash imkoniyatini yaratadi. Zaryadlar sistemasi ikkita qarama - qarshi, birday miqdordagi (l ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 454.14 KB
Ko'rishlar soni 303 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:13 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 454.14 KB
Ko'rishlar soni 303 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga