Bor postulatlari Atom tuzilishining Bor nazariyasi

Bor postulatlari Atom tuzilishining Bor nazariyasi

O'quvchilarga / Fizika
Bor postulatlari Atom tuzilishining Bor nazariyasi - rasmi

Material tavsifi

Bor postulatlari. Atom tuzilishining Bor nazariyasi Klassik fizika qonunlari o'z mohiyatiga ko'ra, uzluksiz jarayonlarni ifodalashga qodirdir. Kimyoviy elementlar atomlari nurlanish spektridagi spektral chiziqlarning xarakteri atom ichidagi jarayonlar uzlukli ekanligini ko'rsatadi. Buni birinchi bo'lib Nils Bor tushundi va klassik fizika qonunlarini atom ichkarisidagi jarayonlarga tatbiq qilib bo'lmasligini ko'rsatdi. Rezerfordning atom tuzilishi planetar modeli to'g'ri hisoblansada, lekin atomning energiya nurlashi jarayonini, atomlarning turg'unligini tushuntirishda qiyinchiliklarga duch keldi. 1913 yilda Rezerfordning atom tuzilishi modeli daniyalik fizik Nils 93 Bor tomonidan mukammallashtirildi va bu qiyinchiliklar bartaraf qilindi. Bor Rezerford tajribalarida kuzatilgan, lekin klassik fizika tushuntira olmaydigan natijalarni, qonuniyatlarni tushuntirishda o'zining vodorod atomi tuzilishi modelini taklif qildi. Bor modeli vodorod atomi tuzilishining birinchi muvaffaqiyatli modeli bo'lib, atom tuzilishi to'g'risidagi tasavvurlarning rivojlanishida muhim o'rin tutdi. Bor modeli de-Broyl gipotezasining vujudga kelishida ham katta ahamiyatga ega bo'ldi. Atom nurlanishi spektridagi qonuniyatlar, atomdagi energetik sathlar birinchi marta Bor tomonidan tushuntirildi. Vodorod atomi tuzilishining Bor taklif qilgan modeli uning quyidagi postulatlarida asoslanadi: Atom uzoq vaqt stasionar holatlarda bo'la oladi. Atom stasionar holatlarda energiyaning E1,E2,E3,,En diskret qiymatlariga ega bo'ladi. Atom stasionar holatlarda energiya nurlamaydi. Shuning uchun bunday holatlar stasionar holatlar deyiladi. Atomning stasionar holatlariga stasionar orbitalar mos keladi. Atomda bo'lishi mumkin bo'lgan stasionar orbitalardan elektronning impuls momenti shartni qanoatlantiradigan stasionar orbitalargina mavjud bo'ladi. Bunday orbitalar ijozat etilgan stasionar orbitalar deyiladi. Atomdagi stasionar orbitalar kvantlangan bo'lib, diskret energetik sathlarni hosil qiladi. 3. Elektron energiyasi Ei bo'lgan orbitadan energiyasi Ef bo'lgan (EiEf) orbitaga o'tganda atom energiya chiqaradi. Chiqarilgan (4.24) formulada Yei - birinchi orbita energiyasi, Yef - ikkinchi orbita energiyasi,  - chiqarilgan energiya chastotasi. (4.23) munosabat atom energiya yutganda ham o'rinli bo'ladi. YefEi bo'lganda energiya yutiladi. Bunda atomga tushgan foton energiyasi atomni pastgi energetik holatdan yuqorigi enrgetik holatga o'tkazadi. 94 Masalan, agar elektron n=5 orbitadan n=4 bo'lgan orbitaga o'tsa, u vaqtda atom chastotasi (4.9-rasm) =Е5 Е4 ,h bo'lgan energiya chiqaradi (chiqarish spektri hosil bo'ladi). Agar atomga energiyasi h= E5-E4 bo'lgan foton tushsa, bu foton atomda yutiladi va elektron bu foton energiyasi ta'sirida n=4 orbitadan n=5 orbitaga o'tadi (yutilish spektri hosil bo'ladi). Demak, atom energiyasi katta bo'lgan holatdan energiyasi kichik bo'lgan holatga o'tsa energiya chiqaradi. Agar atom energiyasi kichik bo'lgan holatdan energiyasi katta bo'lgan holatga o'tsa energiya yutadi. Buning uchun atomga tashqaridan energiya berish kerak. (4.24) ifodaga esa Bor chastotalari qoidasi deyiladi. h - Plank doimiyligi bo'lib, uning son qiymati quyidagicha: h=6,62∙10-34J∙s. Bor modeli atom stasionar holatda nima uchun energiya nurlamasligini tushuntira olmaydi. Bundan tashqari, elektron yadro atrofida doiraviy orbita bo'ylab harakatlanishini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 56.43 KB
Ko'rishlar soni 593 marta
Ko'chirishlar soni 49 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 56.43 KB
Ko'rishlar soni 593 marta
Ko'chirishlar soni 49 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga