Elektrradio o'lchashlar fanidan. Chastotani o'lchashning ossillografik usullari Reja: 14.1. Chastotani o'lchashning ossillografik usullari. 14.2. Davriy jarayonning vaqt diagrammasi. 14.3. Chastotalar nisbati usuli. 14.4. Doiraviy yoyma ossillogrammalari. Tebranish chastotasi deb, vaqt birligi ichidagi to'la tebranishlar soniga teng bo'lgan fizik kattalikka aytiladi. ; (1) Tebranish chastotasining birligi qilib Gers (Gs) qabul qilingan 1 Gs deb, bir sekundda bir marta to'la tebranadigan nuqtaning tebranish chastotasiga aytiladi. Chastotani ossillograf yordamida o'lchashda chiziqli, doiraviy, sinusoidal va spiral yoyma ishlatiladi. Chastotani ossillograf yordamida o'lchashda solishtirish usullaridan foydalaniladi. Noma'lum chastotani o'lchash uchun bu chastota manbaidan tashqari namuna chastotali generator va indikator bo'lishi shart. Chastotani ossillografik usullar bilan o'lchashda indikator sifatida ossillograf ishlatiladi. Birinchi usul. Chastotani o'lchashda chiziqli yoymadan keng foydalaniladi. Namuna generatori sifatida ossillografning yoyma generatori ishlatiladi. Noma'lum chastotali kuchlanish ossillografning vertikal og'dirish kanaliga beriladi, yoyma generator chastotasi o'zgartiriladi. Ekranda noma'lum chastotaning bir yoki bir nechta davri paydo bo'ladi. Agar ossillograf yoymasi kalibrlangan bo'lsa, noma'lum chastotaning davrini ossillograf shkalasi bo'yicha o'lchash mumkin. ƒx== ; (2) bu yerda fx - tekshirilayotgan signalning chastotasi, Tx = l * Kp - tekshirilayotgan signalning davri - ossillograf ekranida tasvirlangan davr kattaligi, Kyo - ossillografning yoyma koeffitsiyenti. Bu usulning chastotani o'lchashdagi xatoligi namuna generatorida chastotani aniq qo'yish bilan aniqlanadi va yoyish koeffitsiyentining aniqligi bilan belgilanadi. Bu kattaliklar ossillografning texnik ma'lumotnomasida ko'rsatilgan. 1-rasm. Davriy jarayonning vaqt bo'yicha diagrammasi Chastotani o'lchashda sinusoidal yoymadan foydalanilganda ossillografning yoyma generatori o'chiriladi. Noma'lum chastotali kuchlanish ossillografning X yoki U kirishiga beriladi, masalan «U» ga, namuna chastotali kuchlanish ikkinchi kirishga, masalan «X»ga beriladi. Namuna generatorning chastotasi ekranda asta-sekin aylanayotgan yoki o'zgarmas Lissaju figurasi paydo bo'lgunicha o'zgartiriladi. Bu usul chastotalar nisbati 1:10 gacha qulay. Shaklning ko'rinishi namuna va noma'lum chastotalarning karraligi va faza siljishi bilan aniqlanadi, aylanish chastotasi - chastotalar ayirmasiga bog'liq . 2-rasmda namuna va noma'lum chastotalarning har xil nisbati va faza siljishidagi hosil bo'ladigan Lissaju shakllari ko'rsatilgan. Ekranda murakkab shakl paydo bo'lganida, chastotalar nisbatini topish uchun shaklda tugunlarni chestlab ikkita to'g'ri - gorizontal va vertikal chiziqlarni o'tkazamiz. 2 - rasm. Lissaju shakli. Chastotalar nisbati 3:1 ga teng Bunda to'g'ri gorizontal chiziq Lissaju shaklining kesib o'tgan nuqtalar soniga nisbati noma'lum va namunali chastotalarni nisbatini beradi, ya'ni: Namuna chastotali kuchlanishni vertikal og'ish kanali kirishiga ham berish mumkin. Unda noma'lum chastotali kuchlanish gorizontal og'ish kanali kirishiga beriladi. Bu holda ekranda 3-rasmda ko'rsatilgan ko'rinishdagi Lissaju shaklini olamiz. U holda chastotalar nisbati fx va fn chastotalar teng yoki karrali bo'lganda ekranda qo'zg'almas shakl paydo bo'ladi. Bu usul bilan foydalanganda, xatolik namuna generatorida chastotani ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 02:53:06
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
61.23 KB
Ko'rishlar soni
208 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:14
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 02:53 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
61.23 KB
Ko'rishlar soni
208 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:14 ]
Arxiv ichida: docx