Fizik qonunlar haqida qisqacha ma'lumotlar

Fizik qonunlar haqida qisqacha ma'lumotlar

O'quvchilarga / Fizika
Fizik qonunlar haqida qisqacha ma'lumotlar - rasmi

Material tavsifi

Fizika - asosiy tabiiy fanlarning biri bo'lib, u jonsiz tabiatning qonunlarini o'rganadi. Tabiatda sodir bo'ladigan hodisa va jarayonlar ma'lum qonunlar asosida ro'y beradi. Bu hodisalar va ularning qonuniyatlari orasidagi bog'lanishni o'rganish har bir fanning asosiy vazifasidir. Fizika sohasiga asosan, jismlarning o'zaro ta'siri va ularning harakat qonunlari hamda elektromagnit va yorug'lik bilan bog'langan hodisalar, atom va uning yadrosini o'rganish kiradi. Ammo fizika fanining aniq chegarasini hozirgi vaqtda ko'rsatish qiyin. Chunki har bir yangi ochilgan va ochilayotgan kashfiyotlar - fizikaning qo'llanish chegaralarini yanada kengaytirmoqda deb aytish mumkin. Fizikaning asosiy qonunlarini bayon etishdan avval ba'zi fizik tushunchalar bilan tanishamiz. Fizik hodisa: Fizik hodisa yoki fizik jarayon deb berilgan jismlarda vaqt o'tishi bilan ma'lum qonuniyatlar asosida sodir bo'ladigan o'zgarishlarga aytiladi. Bu o'zgarishlar o'lchov vositasida miqdoriy baholanadilar. Fizik tajriba: Jismlar bilan bog'liq bo'lgan o'zgarishlar kuzatish yoki laboratoriyalarda amalga oshiriladigan maxsus tajribalar orqali o'rganiladi. Tajribalarda olingan xulosalar u yoki bu fizik hodisaning, jarayonning qonuniyatlarini ochishga yordam beradi. Fizik o'lchashlar, fizik kattaliklar: Fizikada aniq o'lchashlar asosiy rol o'ynaydi. Bu o'lchashlarda fizik kattaliklar aniqlanadi. Fizik kattaliklarga misollar sifatida kuch, tezlik, tezlanish va boshqa kattaliklarni keltirish mumkin. Fizik kattaliklar jismning xossasini yoki fizik jarayonning xarakteristikasini ifoda etadilar va ularni aniq miqdoriy tomondan o'lchash mumkin. Fizik kattaliklarni o'lchaganda ularni birlik deb qabul qilingan kattalikka nisbatan solishtirib, miqdoriy belgilanadi. Fizikadagi barcha ilmiy ishlarda fizik kattaliklarni aniq o'lchash tajribaning asosiy qismi hisoblanadi. Fizik qonunlar: Barcha hodisalar va jarayonlar o'zaro bir-biri bilan bog'langan holda sodir bo'ladi. Kuzatish va tajriba yo'li bilan bu bog'lanishlar qonuniyatlari aniqlanadi va ulardan umumiy xarakterga ega bo'lgan qonuniyatlar fizik qonunlarni tashkil etadi. Har bir fizik hodisa tekshirilganda bu fizik qonunlar asos qilib olinadi. 1-Bo'lim MEXANIKA 1-§. MODDIY NUQTANING HARAKATI Jismlarning yoki bir jism qismlarining fazoda bir-biriga nisbatan siljishiga mexanik harakat deyiladi. Jismlarning mexanik harakatini o'rganganda ko'pincha ularning shakllari va o'lchamlarini hisobga olmasa ham bo'ladigan hollar uchraydi. Bunday sharoitlarda jismni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Masalan, bir bola uyidan maktabgacha ma'lum masofa bosib o'tsa, bolaning harakatini o'rganganda uni moddiy nuqta deb qarash masalani osonlashtiradi. Lekin shu bola qo'l va oyoqlarini qimirlatib gimnastika bilan shug'ullansa, uni endi moddiy nuqta deb qarash mumkin bo'lmaydi. Xuddi shunday yerning Quyosh atrofida aylanishini o'rganganda yerni moddiy nuqta deb qarash mumkin, lekin yerni o'z o'qi atrofida sutkalik aylanishini ko'rganda Yerni moddiy nuqta deb qarash mumkin emas. Demak, moddiy nuqta deb ko'rilayotgan masalada shakli va o'lchamlarini hisobga olmaslik mumkin bo'lgan jismga aytiladi. Jismning vaziyatini yoki harakatini har doim boshqa jismga nisbatan ko'riladi, shu sababli oxirgi jismni sanoq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.66 KB
Ko'rishlar soni 678 marta
Ko'chirishlar soni 59 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.66 KB
Ko'rishlar soni 678 marta
Ko'chirishlar soni 59 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga