Fizika va Astronomiya. Kollejlar uchun o'quv dastur

Fizika va Astronomiya. Kollejlar uchun o'quv dastur

O'quvchilarga / Fizika
Fizika va Astronomiya. Kollejlar uchun o'quv dastur - rasmi

Material tavsifi

Fizika va Astronomiya fanidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o'quv dastur

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI O'RTA MAXSUS, KASB - HUNAR TA'LIMI MARKAZI Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar O'zbekiston Respublikasi Oliy va ta'limi yo'nalishlari bo'yicha o'rta maxsus ta'lim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2016-yil 25 avgustdagi 355-sonli 2016-yil 8 avgustdagi 3-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan majlis bayonnomasi F I Z I K A (154 soat) fanidan akademik litsey va kasb- hunar kollejlari uchun o'quv dasturi Toshkent-2016 Ushbu dastur O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo'nalishlari bo'yicha o'quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2016 yil 8 avgustdagi 3-sonli yig'ilish bayoni qaroriga muvofiq, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2016 yil 25 avgustdagi 355-sonli buyrug'i bilan tasdiqlandi va amaliyotga joriy etildi. Dasturni optimallashtirishda ishtirok etgan ishchi guruhi a'zolari: 1. Q.Suyarov - TATU qoshidagi akademik litsey o'qituvchisi 2. J.O'sarov - TDYuI qoshidagi akademik litsey o'qituvchisi, fizika- matematika fanlari nomzodi 3.M.Miraxmedov TATU qoshidagi 2-sonli akademik litsey bosh o'qituvchisi, fizika-matematika fanlari nomzodi 4. F.Jo'rayev O'zMU qoshidagi S.H.Sirojiddinov nomli akademik litseyi bosh o'qituvchisi 5.O'.Ernazarova - Chilonzor tibbiyot kolleji fizika fani o'qituvchisi Taqrizchi: Sh. Usmonov, fizika- matematika fanlari nomzodi, TIMI qoshidagi akademik litsey o'qituvchisi Fizika fanidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o'quv dasturi Tushuntirish xati Fizika o'quv fanidan ta'lim berishning II bosqichida akademik litsey, kasb- hunar kollejlarida umumiy ta'lim predmeti sifatida o'qitiladigan fizika kursining maqsadi umumiy o'rta ta'lim negizida fizikadan fundamental bilim berish, fizik hodisalar va olamning fizik manzarasini ilmiy asosda tushuntirish orqali o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va falsafiy mushohada yuritish qobiliyatini rivojlantirish, nazariya va amaliyotning dialektik bog'liqligini ochib berish, tabiatda va texnikadagi fizik jarayonlarni idrok etish salohiyatlarini oshirish, olgan bilimlarini kundalik hayotiy ehtiyojlarida va xalq xo'jaligidagi faoliyatlari uchun tayyorlash, ta'lim olishni davom ettirish uchun zamin yaratishni ta'minlashdan iborat. Dasturning asosiy vazifasi: - akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizika kursining o'qitilish izchilligini ta'minlash; - fizik tushuncha, hodisa va qonunlarning o'qitish ketma-ketligida oddiydan murakkablikka qarab borish tizimini saqlash; - oliy o'quv yurtiga kirish uchun zaruriy bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish; - o'qituvchilar tomonidan ta'lim berish jarayonining bir me'yorda bo'lishiga erishish; - o'qituvchining ish rejalarini tartibga tushirishdan iboratdir. Dasturni tuzishda quyidagi g'oyalar asos qilib olindi: - umumiy o'rta ta'limning 6-9-sinflarida fizikaning ma'lum darajada mantiqan yakunlangan kursining yuzaga kelganligi, bu bosqich bitiruvchilarini akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida fizika predmetidan bilim olishning uzluksizligi va uzviyligini ta'minlash zaruriyati; - o'quvchilarni hozirgi zamon fizika bilimlari bilan qurollantirish, uning amaliy tatbig'iga doir tajribalar o'tkazish, tajriba natijalarini qayta tahlil qilib, xulosalar chiqarish, tabiat va texnikada kechadigan fizik jarayonlar mohiyatini bilish, ularning texnik tatbiqlarini o'rganishlari zarurligi; - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 457.35 KB
Ko'rishlar soni 252 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:20 Arxiv ichida: pdf
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 457.35 KB
Ko'rishlar soni 252 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf
Tepaga