Fizikaviy kimyo

Fizikaviy kimyo

O'quvchilarga / Fizika
Fizikaviy kimyo - rasmi

Material tavsifi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI Kamolov L.S, Hakimova Z.M, Shodiyev G'.CH. FIZIKAVIY KIMYODAN LABORATORIYA ISHLARI UCHUN USLUBIY QO'LLANMA Qarshi «Nasaf» nashriyoti 2007 Ushbu uslubiy qo'llanmada fizikaviy kimyoning asosiy va zamonaviy laboratoriya ishlari keltirilgan bo'lib, kimyo yo'nalishi bo'yicha bakalavrlarni tayyorlovchi oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan. Mualliflar: Kamolov Luqmon, kimyo fanlari nomzodi. Hakimova Zuhra, QDU kimyo kafedrasi katta o'qituvchisi. Shodiyev G'olib, QDU kimyo kafedrasi o'qituvchisi. Taqrizchilar: Naxatov Inat, Qarshi Davlat universiteti Kimyo kafedrasining mudiri, kimyo fanlari nomzodi, dotsent. Rahmatov Xudoyor, Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot instituti Kimyo kafedrasining mudiri, kimyo fanlari nomzodi, dotsent. ISBN 5-7323-0515-0 Ustozimiz, dotsent N.Raupovning o'lmas va yorqin xotirasiga bag'ishlaymiz. So'z boshi Ushbu uslubiy qo'llanma Qarshi Davlat universiteti Kimyo kafedrasi professor-o'qituvchilarining laboratoriya tajribalari va fikr-mulohazalarini hisobga olgan holda tuzilgan. Uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tomonidan tuzilgan 5440400 - kimyo bakalavr ta'lim yo'nalishi bo'yicha namunaviy o'quv dasturi asosida yozilgan. Mazkur o'quv qo'llanmada fizikaviy kimyo fani bo'yicha termokimyo, eritmalar, elektrokimyo, refrakto-metriya va sirt tarangligi bo'limlariga xos bo'lgan laboratoriya ishlari yoritilgan hamda shu ishlarda qo'llaniladigan asboblar bilan ishlash uslublari ko'rsatilgan. Fizikaviy kimyo fanidan laboratoriya ishlarini baja-rishdan asosiy maqsad fizikaviy kimyoning nazariy qonun-laridan turli masalalarni hal qilishda uddaburonlik bilan foydalanish qobiliyatini rivojlantirish, kimyoviy reaksiyalar mahsuldorligini aniq hisoblash, turli hisoblash ishlarida ma'lumotlardan unumli foydalana olishdir. I bob. TERMOKIMYO Fizik kimyo fanining ximiyaviy protsesslar issiqlik effektini va uning turli faktorlar bilan qay darajada bog'langanligini o'rganadigan qismini termoximiya fani deyiladi. Termoximiya fanining asosiy qonuni G.I.Gess tomonidan yaratilgan bo'lib, u quyidagicha ta'riflanadi: dastlabki moddalardan oxirgi moddalar turli yo'l bilan olinishi mumkin bo'lsa, bu yo'llarda qanday oraliq reaksiyalar bo'lishidan qat'iy nazar, umumiy issiqlik effekti har bir yo'l uchun bir xil qiymatga ega va oraliq reaksiyalar issiqlik effektlarining yig'indisiga teng bo'ladi yoki ximiyaviy reaksiyalarining issiqlik effekti dastlabki va oxirgi moddalar xolati va tarkibiga bog'liq bo'lib, reaksiya olib borilgan yo'lga bog'liq emas. Bu holni biz quyidagi misolda ko'rib chiqaylik: masalan, A moddasidan V moddasini olish kerak bo'lsin. Reaksiyani uch xil yo'l bilan olib borish mumkin (2-rasm). Birinchi yo'l A moddasidan to'g'ridan-to'g'ri V moddasi olinsin: Bunda issiqlik effekti bo'lsin, ikkinchi yo'l bo'yicha, dastlab oraliq C moddasi, so'ngra C moddasidan B moddasi hosil bo'lsin deylik. Bu reaksiyalar issiqlik effektlarini vabilan belgilaydi. Uchinchi yo'l orqali dastlab E, so'ngra D va nihoyat В moddalari hosil bo'lsin, bundagi issiqlik effektlarini va lar orqali belgilaylik, Gess qonuniga binoan bo'ladi. Masalan, ugrelod va vodoroddan metan olish reaksiyasini ko'rib chiqaylik: Bu reaksiyaning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 625.65 KB
Ko'rishlar soni 243 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:21 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 625.65 KB
Ko'rishlar soni 243 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga