Gaz turbina qurilmalari sikllari REJA: Asosiy tushunchalar. YOqilg'i o'zgarmas bosimda yonadigan GTQ va uning sikli. YOqilg'i o'zgarmas hajmda yonadigan GTQ va uning sikli. ADABIYOTLAR Nashokin V.V. Texnicheskaya termodinamika i teploperedacha M., 1980. 244-256 b. Larikov N.N. Teplotexnika. M.,1986 y. 160-163 b. Asraev R.A., efendiev A.M., Safarov R.T. Issiqlik texnikasi. Buxoro 2001 y. 99-106 b. ASOSIY TUSHUNCHALAR Porshenli ichki yonuv dvigatellarining asosiy kamchiligi katta quvvatni bitta agregatda to'plash va ishchi jismni atmosfera bosimigacha adiabatik kengaytirish imkoniyatining bo'lmasligidir. Suyuq yoki gazsimon yoqilg'ining yonish mahsulotlari ishchi jism bo'lgan gaz turbina qurilmalarida bunday kamchiliklar bo'lmaydi. YUqori bosim va temperaturali ishchi jism yonish kamerasidan soploga yo'naltiriladi. Unda kengayib, katta tezlikda gaz turbinasi kuraklariga kiradi va uning kinetik energiyasidan mexanik ish olinadi. GTQ porshenli dvigatellardan bir muncha avfzalliklarga ega. Ular nisbatan kam massali, kichik o'lchamli, sovitish suyuqligi va moy sarfi kamligi uchun xalq xo'jaligining turli sohalarida keng qo'llanilishi mumkin. Hozirgi vaqtda gaz turbinalari aviatsiya, kemasozlik, temir yo'l transportida ishlatiladi va asta-sekin energetikaga joriy etilmokda. Gaz turbinalarini yirik energetik qurilmalarda chekli qo'llanilishiga asosiy sabab shuki, zamonaviy konstruktsion materiallarning issiqlikka bardoshligi etarli bo'lmaganligidan turbina porshenli tipdagi ichki yonuv dvigatellariga qaraganda ancha past temperaturalar sohasida yaxshi ishlay oladi, bu esa qurilmaning termik f.i.k. qiymatining pasayishiga olib keladi. mustahkam va issiqka chidamli yangi materiallar yaratishdagi bundan keyingi yutuklar gaz turbinani ancha yuqori temperaturalar sohasida ishlashiga imkon beradi. Umuman GTQ istiqbolli dvigateldir va uning qo'llanilishi energetikani rivojlanishiga katta hissa qo'shadi. Gaz turbinalari ikkita asosiy turga bo'linadi: yoqilg'i p=const da yonadigan GTQ , yoqilg'i =const da yonadigan GTQ. 10.2 YOQILG'I O'ZGARMAS BOSIMDA YONADIGAN GTQ VA UNING siklI 10.1-rasmda yoqilg'i P = const da yonadigan GTQ sxemasi tasvirlangan. Umumiy valda gaz turbinasi - I, kompressor-2, yonilg'i nasosi- 3 va energiya iste'molchisi - 4 o'rnatilgan. Kompressor atmosfera havosini so'radi, uni kerakli bosimgacha siqadi va yonish kamerasi -5 ga yuboradi. SHu kameraga yonilg'i nasosi vositasida bak-9 dan yoqilg'i beriladi yoqilg'i gazsimon bo'lsa, nasos o'rniga gazaviy kompressor ishlatiladi. YOqilg'i yonish kamerasida 1 da yonadi. YOnish mahsulotlari gaz turbina soplolari-6 da kengayib, turbina kuraklari-7 ga kiradi, u yerda ish bajaradi va so'ngra chiqarish patrubogi-8 orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Ish bajargan gazlar bosimi atmosfera bosimidan bir oz yuqori bo'ladi. 10.1 - rasm. 10.2 - va 10.3 - rasmlarda va P va TS- diagrammalarda GTQ ning P=const da issiqlik berilishi bilan boradigan ideal sikllari tasvirlangan. Bu siklda ishchi jismdan issiqlik olinishi o'zgarmas bosimda amalga oshadi. P T 3 3 q1 2 P3 2 4 P2 1 4 1 q2 ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 02:53:06
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
127.92 KB
Ko'rishlar soni
277 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:24
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 02:53 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
127.92 KB
Ko'rishlar soni
277 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:24 ]
Arxiv ichida: docx