Gazlarning solishtirma issiqlik sig'imlari nisbatini Klemon -dezorma usuli bilan aniqlash. Ishning maqsadi: Gazlarning solishtirma issiqlik sig'imlari nisbatini tajribada aniqlash uni molekulyar kinetik nazariyaga asoslanib hisoblangan qiymati bilan solishtirish. Kerakli asboblar: katta shisha idish, suvli manometr, qo'l nasosi. Nazariy qism. Jismning haroratini 1K ga ko'tarish uchun ketgan issiqlik miqdoriga teng bolgan kattalik shu jismning issiqlik miqdori deyiladi. (1) Modda birlik massasining issiqlik sig'imi solishtirma issiqlik sig'imi deb ataladi. (2) Bir mol moddaning issiqlik sig'imi molyar issiqlik sig'imi deyiladi. (3) Moddalarning ya'ni gazlarning issiqlik sig'imi ularning qizdirilish vaqtidagi sharoitiga bog'liq bo'ladi. Jismning hajmi o'zgarmaydigan sharoitda qizdirilsa, bajarilgan ish dA=0 bo'ladi, u holda bu yerda bo'lgani uchun o'zgarmas hajmdagi molyar issiqlik sig'imi CV yoki solishtirma issiqlik sig'imi cv quyidagi ifoda bilan topiladi: (4) Gaz bosim o'zgarmas sharoitda qizdirilganda esa, gazga berilgan issiqlik miqdori termodinamikaning I qonuniga ko'ra aniqlanfdi, u holda . Bu ifodani dT ga bo'lib, quyidagini hosil qilamiz: ; Bir mol gaz uchun holat tenglamasidan ekanligini aniqlab, ozgarmas bosimdagi molyar issiqlik sig'imi CP yoki solishtirma issiqlik sig'imi cp quyidagi ifoda bilan topiladi: (5) Bu yerda i- molekulalarning erkinlik darajasi deyilib, molekulalar holatini aniqlash uchun kerak bo'lgan erkli koordinatalar sonini ko'rsatadi. Bir atomli gaz uchun i=3, ikki atomli gaz uchun i=5, uch va ko'p atomli gaz uchun i=6 deb olingan. Ixtiyoriy gazlar uchun ozgarmas bosimdagi solishtirma molyar issiqlik sig'imining o'zgarmas hajmdagi molyar issiqlik sig'imiga nisbati berilgan gaz uchun o'zgarmas kattalik bo'lib, Puasson koeffitsiyenti yoki adiabata ko'rsatkichi deb ataladi. (6) Adiabatik jarayon uchun o'rinli bo'lgan tenglama Puasson tenglamasi deyilib, u quyidagicha yoziladi: O'lchash usuli va qurilmasi. Gaz hajmining adiabatik kengayishidan foydalanib, γ ni aniqlash mumkin.Bunda bizga 12 -20 litrli katta shisha A idish va unga biriktirilgan B suvli manometer hamda C va D jumraklar kerak bo'ladi. (rasmda keltirgan). 1. Manometrga rangli suv quyilgan. C jumrak yopiq holda D jumrakni ochib, A idishga manometrdagi suyuqlik ustunlarining farqi 20-25sm bo'lganga qadar K nasos bilan havo damlanadi. So'ngra D jumrak yopib qo'yiladi. Bunda damlangan havoning zichlanishi natijasida A idishdagi havoning temperaturasi va bosimi p1=p0+h1, hajmi V1 teng bo'ladi. Natijada bosim ortishi natijasida manometrning chap tarmog'ida suyuqlik ko'tariladi.Bu yerda p0 -atmosfera bosimi, h1-suv manometri bilan o'lchanadigan qo'shimcha bosim. 2. Ballondagi havo harorati atrofadagiga tenglashgandan keyin,C jumrak ochilib,havo tashqariga chiqariladi va ballondagi bosim atmosfera bosimigacha kamaytiriladi. Ballondagi havo tashqariga tez chiqarilgani uchun issiqlik almashish kuzatilmaydi deb, ballondagi havo adiabatik kengayib atmosfera bosimi kuchiga qarshi ish bajaradi. Natijada ballondagi harorat kamayadi. 3. Agar C jumrak yopilib,ballondagi havo harorati atrofadagi haroratgacha ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 02:53:06
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
130.71 KB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 02:53 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
130.71 KB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:25 ]
Arxiv ichida: docx