Issiqlik almashinuv apparatlari

Issiqlik almashinuv apparatlari

O'quvchilarga / Fizika
Issiqlik almashinuv apparatlari - rasmi

Material tavsifi

Issiqlik almashinuv apparatlari REJA: Asosiy tushunchalar. Issiqlik almashinuv apparatlarini hisoblash metodikasi. O'rtacha temperaturalar farqi. ADABIYOTLAR Nashokin V.V. Texnicheskaya termodinamika i teploperedacha M., 1980. 424-432 b. Larikov N.N. Teplotexnika. M.,1986 y. 285-294 b. Asraev R.A., efendiev A.M., Safarov R.T. Issiqlik texnikasi. Buxoro 2001 y. 169-173 b. 15.1 ASOSIY TUSHUNCHALAR Issiqlik tashuvchini qizdirish yoki sovitish uchun mo'ljallangan qurilma issiqlik almashinuv apparati deyiladi. Issiqlik tashuvchi sifatida suyuqlik yoki gaz ishlatiladi. Issiqlik almashinuv apparatlarini ishlash prinsipiga ko'ra reko'perativ, regenerativ va aralashtirgichli apparatlarga bo'lish mumkin. Regenerativ issiqlik almashinuv apparatlarida bitta isitilish sirtining o'zi goh kaynok, goh soviq issiqlik tashuvchi bilan yuvilib turadi. Dastlab regenerator kanallaridan qizigan issiqlik tashuvchi yuboriladi va regeneratorning isitish sirti qiziydi. So'ngra soviq issiqlik tashuvchi yuboriladi va qizigan sirt issiqligini unga beradi. Regenerativ issiqlik almashtirgichlar metallurgiya, shisha pishirish va shunga o'xshash qizigan havo beriladigan boshqa pechlarda ishlatiladi. Aralashtirgichli issiqlik almashtirgichlarda issiqlik almashinuvi qizigan va soviq issiqlik tashuvchilarning bir-biriga bevosita tegishi va aralashishi yo'li bilan amalga oshiriladi. Aralashtiruvchi issiqlik almashinuv apparatlariga gradirnyalar, skrubberlar va boshqa qurilmalar kiradi. Reko'perativ issiqlik almashinuv apparatlarida issiqlik isituvchi issiqlik tashuvchidan isitiladigan issiqlik tashuvchiga ajratgich devor orqali uzatiladi. Bunday apparatlarga bug' generatorlari,bug' qizdirgichlari, suv isitgichlari, havo isitgichlari va turli xil bug'latish apparatlari kiradi. Reko'perativ issiqlik almashinuv apparatlari texnikada eng ko'p qo'llaniladi.Ularda suyuqlikning harakati asosan uch xil sxemada amalga oshiriladi. 1 1 1 a) b) v) 15.1 - rasm. To'g'ri oqimli issiqlik almashinuv apparatida soviq va kaynok issiqlik tashuvchilar bir yo'nalishda bir-biriga parallel ravishda oqadi (15.1-rasm, a). Qarshi oqimli apparatda issiqlik tashuvchilar bir-biriga parallel, lekin qarama-qarshi yo'nalishda oqadi (15.1-rasm , b). Ko'ndalang oqimli apparatda issiqlik tashuvchilar perpendikulyar yo'nalishda oqadi (15.1-rasm, v). 15.2 ISSIQLIK ALMASHINUV APPARATLARINI HISOBLASH METODIKASI YAngi issiqlik almashinuv apparatlarini loyihalashda quyidagi kattaliklarni topishga to'g'ri kelishi mumkin: Qaynok issiqlik tashuvchidan soviq issiqlik tashuvchiga uzatiladigan issiqlik miqdorini ta'minlaydigan, qizigan sirt yuzasi F ; YUza F ma'lum bo'lganda, issiq muhitdan soviq muhitga uzatiladigan issiqlik miqdori Q ; Q va F ma'lum bo'lganda issiqlik tashuvchilarning oxirgi temperaturalari. Barqaror holatda issiqlik almashinuvini hisoblashda issiqlik uzatish va issiqlik balansi tenglamalari asosiy hisoblanadi. (15.1) bu yerda: Q -issiqlik oqimi, Vt; K -o'rtacha issiqlik uzatish koeffitsiyenti, Vt m2 gr; F - issiqlik almashinuv sirti yuzasi, m2 ; t1 va t2 - issiq va soviq issiqlik tushuvchilar temperaturasi, 0S. Issiqlik yo'qotilishi va agregat holatlar o'zgarishi bo'lmaganda issiqlik balansi tenglamasi: (15.2) bu yerda: W = V ρ C - muhitning suvli ekvivalenti; M1 ,V1 , ρ1 ,C1 - issiq muhitning massasi, hajmi,zichligi va issiqlik sig'imi; M2,V2 , ρ2 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 92.91 KB
Ko'rishlar soni 445 marta
Ko'chirishlar soni 65 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:31 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 92.91 KB
Ko'rishlar soni 445 marta
Ko'chirishlar soni 65 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga