Issiqlik nur chiqarishi va nur yutishi. Absolyut qora jism. Kirxgof qonuni Reja: 1.Issiqlik nur chiqarishi va nur yutishi. 2.Fotoelektrik effekt. 3.Fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi. 4.Fotoelementlar va ularning qo'llanilishi. 1.Issiqlik nur chiqarishi va nur yutishi. Avval bir necha marta qaid qilinganidek, elektromagnit nurlanishi elektr zaryadlarining hususan moddaning atomlari va molekulalari tarkibiga kiruvchi zaryadlarning tebranishi sababli bo'ladi. Masalan, molekulalar va atomlarning tebranma va aylanma harakati infraqizil nurlanishini, atomda elektronlarning muayyan kuchishlari ko'rinadigan va infraqizil nurlanishni, erkin elektronlarning tomozlanishi esa rentgen nurlanishini va hoka'zolarni vujudga keltiradi. Tabiatda elektromagnit nurlanishning eng keng tarqalgan turi issiqlik nurlanishi yoki nur chiqarishdan iborat bo'lib, umoddaning atomlari va molekulalarining issiqlik harakati energiyasi hisobiga, yani moddaning ichki energiyasi hisobiga bajariladi va shuning uchun nurlanayotgan jismning sovishiga olib keladi. Nur chiqarish, temperaturasi absolyut noldan farq qiladigan istalgan temperaturadagi barcha jismlarga hosdir. Issiqlik nurlanishi tutash spektrga ega bo'lsa-da, ammo unda energiya taqsimoti temperaturaga bog'liq: past temperaturalarda issiqlik nurlanishi asosan infraqizil nurlanishdan, yuqori temperaturalarda esa ko'rinadigan va ultrabinafsha nurlanishdan iborat. Har qanday jism o'zi nurlanishi bilan birga boshqa (atrofdagi) jismlar chiqayotgan nur energiyasining bir qismini yutadi; bu prosessni nur yutish deb ataladi. Nur yutish prosessi muayyan jismning isishiga olib keladi. Ravshanki, muayyan jism nur chiqarish yo'li bilan energiyasini yuqota borib, aynan shu vaqtda nur yutishi bilan energiya olib ohiri issiqlik yoki nur yuitishi bilan energiya olib ohiri issiqlik yoki nur muvozanati holatini olish kerak, bunda nur chiqarish hisobiga energiya yuqolishi, nur yutish hisobiga energiya olinishi kompensasiyalanadi. Shu holatga mos keladigan temperaturani nur muvozanati temperaturasi deb ataladi. Nur muvozanati o'z holiga qo'yilgan jismlarning odatdagi holatidan iborat. Nur chiqarish va nur yutish prosesslarini miqdoriy jihatdan baholash uchun ushbu xarakteristikalar kiritiladi. Jismning to'la nur chiqarish qobiliyati E-jism sirtining birlik yuzidan 1 sekundda chiqariladigan energiya kattaligidir, uning o'lchovi (jm2.sek). Ichki sirti qoraytirilgan va devorida kichkina teshigi bor berk kovakdan iborat jism amalda absolyut qora jismga ancha yaqin bo'ladi. Teshikka tushgan nur kovakning ichki sirtidan ko'p marta qaytganidan keyin amalda qaytib qisman yutiladi.Absolyut qora jism o'ziga tushuvchi nurni yutishi bilan birga, o'zi ham nurlanadi. Past temperaturada kovakning teshigi qoraga o'hshab ko'rinadi. Agar kovak yuqori temperaturagacha qizdirilsa, u vaqtda teshik ravshan nurlanayotganday bo'lib ko'rinadi. Ko'z qorachigi va marten pechidagi kuzatish (qarash) teshigi absolyut qora jismlarga misol oladi. Endi jismning nur chiqarish va nur yutish qobiliyatlari o'zaro qanday boglanganligini aniqlaymiz. Temperaturalari turlicha bo'lgan va faqat nur chiqarish va nur yutish yo'li bilangina energiya almasha oladigan ikkita jismdan iborat izolyasiyalangan sistemani tasavvur qilaylik. Bir oz vaqt o'tgandan keyin bunday sistemada ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 02:53:06
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
51.54 KB
Ko'rishlar soni
202 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:32
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 02:53 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
51.54 KB
Ko'rishlar soni
202 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:32 ]
Arxiv ichida: docx