Legirlangan po'latlar Tarkibida ataylab kushilgan elementlar, masalan Sr, Ni,Mo, V, W va boshqalar yoki ortikcharok miqdorda doimiy kushimchalar, masalan kremniy, marganets va boshqalar bo'lgan pulatlar maxsus yoki legirlangan pulatlar deb, kushilgan va ortikcharok bo'lgan doimiy elementlar esa maxsus yoki legtrlovchi elementlar deb ataladi. Pulat tarkibida kaysi legirlovchi element yoki elementlar bulsa pulatning nomi shunga karab aytiladi (marganetsli pulat, xromnikel'-molibdenli pulat va x.k.). Pulatni legirlashdan maqsad uning xossalarini zarur tomonga uzgartirishdan iborat. Mis, xrom, nikel', titan, molibden, niobiy va boshqalar pulatning korroziyabardoshligini oshiradi va uning boshqa xossalariga xam ijobiy ta'sir etadi. Legirlangan pulatlar kimyoviy tarkibi jihatdan ma'lum guruhlarga bulinadi. Bunday pulatlar o'z tarkibidagi legirlovchi elementlar miqdoriga ko'ra uch guruhga bulinadi: Kam legirlangan (2,5% gacha legirlovchi elementi bo'lgan pulatlar), o'rtacha legirlangan (2,5 - 10,0%) va ko'p legirlangan (10,0% dan ko'p) pulatlar. Kam legirlangan pulatlar asosan konstruktsion pulatlar sifatida, o'rtacha legirlangan pulatlar konstruktsion va asbobsozlik pulatlar sifatida, ko'p legirlangan pulatlar esa asosan maxsus xossali pulatlar sifatida ishlatiladi. Legirlangan pulatlar vazifasiga ko'ra uch guruhga - konstruktsion pulatlar guruhi, asbobsozlik pulatlar guruhi va maxsus xossali pulatlar guruhiga bulinadi. Uchinchi guruh pulatlarga quyidagi maxsus pulatlarni ko'rsatish mumkin: korroziyabardosh pulatlar, olovbardosh pulatlar, issikbardosh pulatlar, elektr qarshiligi yuqori bo'lgan kotishmalar, alohida termik xossalarga ega bo'lgan kotishmalar, magnitli kotishmalar va x.k. alohida fizikaviy va kimyoviy xossalarga ega bo'lgan pulatlar va kotishmalar hozirgi zamon texnikasining turli sohalarida va ayniqsa, elektrotexnika va radiotexnika sanoatida, raketasozlik va turbinasozlikda, aviatsiya va kimyo sanoatda ko'p ishlatiladi. GOST ga ko'ra, xar kaysi legirlovchi element ma'lum xarf bilan belgilanadi. Masalan: A-azot, YU-alyuminiy, R-bor, F-vanadiy, V-vol'fram, K-kobal't, S-kremniy, G-marganets, D-mis, E-selen, CH-siyrak yer elementlari, T-titan, X-xrom, P-fosfor, TS-tsirkoniy, N-nikel', M-molibden, B-niobiy. Legirlangan pulatlar tegishli xarflar va rakamlar bilan markalanadi. Xarflar legirlovchi elementlarni, rakamlar esa ularning miqdorini kursatadi. Legirlangan pulat markasida rakamlar va xarflar muayyan tartibda kuyiladi. Pulat markasida eng oldin turgan rakamlar shu pulat tarkibidagi uglerod miqdorini foyizning yuzdan bir ulushlari hisobida ifodalaydi, xarflardan keyin turgan rakamlar esa shu xarflar bilan belgilangan elementlarning foyiz hisobidagi o'rtacha miqdorini bildiradi. Legirlovchi elementning miqdori 1% dan kam yoki 1% dan sal kuprok bulsa rakam yozilmaydi. Masalan: 20XN markali pulat tarkibida 0,17 -0,23% S, 0,45 - 0,75% Sr va 1,0 - 1,4% Ni borligini kursatadi. 18X2N4V markali pulatda esa 0,14 - 0,20% S, 1,35 - 2,65% Sr, 4,0 - 4,4% Ni va 0,8 - 1,2% vol'fram bo'ladi. Ba'zi guruhdagi pulatlar qo'shimcha ravishda ravishda tegishli xarflar bilan belgilanadi. Masalan: zoldirli va rolikli podshipniklarga mo'ljallangan pulatlar - SH, magnitlangan pulatlar - E, elektrotexnikviy ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 02:53:06
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.02 KB
Ko'rishlar soni
361 marta
Ko'chirishlar soni
37 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 02:53 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.02 KB
Ko'rishlar soni
361 marta
Ko'chirishlar soni
37 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:41 ]
Arxiv ichida: docx