Markaziy bo'lmagan cho'zilish yoki siqilish

Markaziy bo'lmagan cho'zilish yoki siqilish

O'quvchilarga / Fizika
Markaziy bo'lmagan cho'zilish yoki siqilish - rasmi

Material tavsifi

Markaziy bo'lmagan cho'zilish yoki siqilish. Agar F tashqi kuch x o'qiga parallel bo'lib, kesim markazidan e masofada joylashgan bo'lsa markaziy bo'lmagan cho'zilish yoki siqilish deformatsiyasi hosil bo'ladi (31-chizma). Ko'ndalang kesimda N - bo'ylama, kuch Mz, My- eguvchi momentlar hosil bo'ladi. (98a) 31-chizma. To'la normal kuchlanish (99) formula bilan hisoblanadi. F -kesim yuzasi. (98a) formulani hisobga olsak, to'la normal kuchlanish qo'yidagicha hisoblanadi. (100) iz, iy, -z, y o'qlarga nisbatan inertsiya radiuslari. Neytral chiziq tenglamasi esa (101) ko'rinishga keladi. Neytral chiziqning bir tomonida kuchlanish musbat ishorali bo'lsa, ikkinchi tomonida manfiy ishorali bo'ladi va aksincha. Kuchlanish kesimda bir xil ishorali bo'ladigan R kuchning qo'yilish sohasini aniqlab, kesim yadrosini ko'riladi. Kesim yadrosini qo'rish uchun neytral chiziqni kesimning tomonlariga urinmalar qilib o'tkazib, R kuchning qo'yilish mumkin bo'lgan sohalari aniqlanadi. Markaziy bo'lmagan cho'zilish yoki siqilishda mustahkamlikka qo'yidagicha tekshiriladi. (102) Bunda zj, yj - neytral o'qdan eng uzoq nuqtalar koordinatalari. EGILISh BILAN BURALIShNING BIRGALIKDAGI TA'SIRI. Agar sterjen markazdan utmaydigan R kuch ta'sirida bo'lsa va R x ga perpendikulyar bo'lganda ko'ndalang kesimda Mz, My, Qz, Qy lardan tashqari Mb burovchi moment ham hosil bo'ladi(30-shakl). R kuchi bilan z uki orasidagi burchak. (103a) Buralishda urinma kuchlanishlar (103) formula bilan hisoblanadi. Egilishda urinma kuchlanishlar buralishda urinma kuchlanishlardan kichik bo'lib, ko'p hollarda hisobga olinmaydi. Egilishda buralishni hisobga olishda mustahkamlikka II, IV nazariyalar asosida tekshiriladi. II - nazariyaga asosan (104) IV - nazariyaga asosan Agar ko'ndalang kesimda N bo'ylama kuchlar ham hosil bo'lsa, u holda kuchlanish ham hisobga olinadi. Bunda IV mustahkamlik nazariyasi qo'yidagicha bo'ladi. (105) Ko'ndalang kesimi doiraviy bo'lmagan brus yoki sterjenlarni buralishga tekshirish elastiklik nazariyasining usullarida hisoblanadi. Egilishda buralishni hisobga olishda ko'ndalang kesimi turtburchak bo'lgan bruslar uchun qo'yidagi tuzatish koeffitsiyentlari kiritiladi. b - turtburchakli kesimning kichik tomoni . -koeffitsiyentlar spravochniklardan olinadi. Masala : D1 diametrli shkiv minutiga N marta aylanib, N kvt quvvatni uzatadi. Shkiv tasmalari gorizontal tekislik bilan burchak hosil qiladi. D2 diametrli 2 ta shkiv tasmalari gorizontal tekislik bilan burchak tashkil qilib, har qaysi N2 quvvatni uzatadi. Eguvchi moment va burovchi moment epyuralari qurilsin. 3 - mustahkamlik nazariyasidan valning diametri aniqlansin. Ruxsat etilgan kuchlanish []=2 104 kgsm2. Tasmalaridagi taranglik kuchlari o'zaro T = 2t munosabatda deb olinsin. Qo'yidagilar berilgan: N=100 kvt; n = 400 aylmin; a=2m; D1=0,4m; D2=0,3m; 1=300 ; 2 =600 ; 3 =450 Bir vaqtda buralish bilan egilishga ishlaydigan valning mustahkamlikka hisoblaylik (32-shakl). 32-shakl. Berilgan N va n lardan shkivlardagi burovchi momentlar qo'yidagicha hisoblanadi. Podshipniklarda ishqalanishni hisobga olmasdan M( burovchi moment epyurasini qo'ramiz. Tasmalardagi t1, t2 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 112.34 KB
Ko'rishlar soni 410 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:44 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 112.34 KB
Ko'rishlar soni 410 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga